Tesla va SpaceX kabi yirik kompaniyalarning egasi Ilon Mask OpenAI’ni sotib olish uchun Facebook asoschisi Mark Sukerbergdan yordam so‘ragan. Biroq Sukerberg bu taklifni rad etgan. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, OpenAI o‘zining ChatGPT sun’iy intellekti bilan butun dunyoga mashhur. Ilon Mask esa OpenAI'ni 97 milliard dollarga sotib olishni istagandi.

Sun’iy intellekt kompaniyasining sudga bergan arizasida, Ilon Mask OpenAI’ni sotib olish va unga investitsiya kiritish masalasini Mark Sukerberg bilan muhokama qilgani aytilgan. OpenAI Mask va Sukerbergning kompaniyani sotib olish borasida o‘tkazilgan suhbatlar yozishmalarini taqdim etishni so‘ragan.
Avgust oyining boshida AQSH tuman sudyasi Ivon Gonsales Rojers milliarder Ilon Mask OpenAI’ning yozgan shikoyati bo‘yicha javob berishi kerak, degan qaror chiqargan. Kompaniya milliarderning matbuotdagi chiqishlari, ijtimoiy tarmoqlardagi postlari va sotib olish haqidagi soxta takliflari sababli zarar ko‘rganini bildirgan.
Tesla rahbari Ilon Mask 2024-yili notijorat tashkilotdan foyda olish modeliga o‘tgani uchun OpenAI’ning rahbari Sem Altmanni sudga bergan edi. Shu yilning aprel oyida OpenAI ham Ilon Maskka qarshi da’vo arizasi kiritgan.
Ilon Mask va OpenAI o‘rtasidagi masala bo‘yicha sud majlisi 2026-yilning bahorida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Izoh (0)