Hujumga uchragan mamlakat ham himoyalanish, ham javob berish huquqiga ega bo‘lishi kerak. Ammo AQSH sobiq prezidenti Jo Bayden Ukrainaga bunday imkoniyat bermagan, deb yozdi amaldagi davlat rahbari Donald Tramp o‘zining Truth Social’dagi sahifasida.

“Bosqinchi mamlakatga hujum qilmasdan urushda g‘alaba qozonish juda qiyin, hatto imkonsiz. Bu ajoyib himoyaga ega bo‘lgan, ammo hujumda o‘ynashga ruxsat berilmagan ajoyib sport jamoasiga o‘xshaydi. G‘alaba qozonish uchun hech qanday imkoniyat yo‘q! Ukraina va Rossiya bilan ham xuddi shunday. Haddan tashqari qobiliyatsiz Jo Bayden Ukrainaga JAVOB BERISHGA emas, faqat HIMOYALANISHGA IMKON BERDI. Bu esa nimaga olib keldi?”, deydi u o‘z postida.
2024-yilning 25-noyabrida Jo Bayden AQSH prezidenti bo‘lgan paytda, Oq uy birinchi marta Ukraina tomonidan Amerika yetkazib bergan uzoq masofali ATACMS ballistik taktik raketalaridan foydalanish bo‘yicha cheklovlarni yumshatganini ochiq tan oldi.
“Hozir ular (Ukraina tomoni) juda zarur bo‘lganda o‘zini himoya qilish uchun ATACMS dan foydalanishlari mumkin. Va hozir - tushunarli sabablarga ko‘ra - bu Kursk tumanida, Kursk viloyatida sodir bo‘lmoqda”, degandi Oq uy qoshidagi Milliy xavfsizlik kengashining o‘sha paytdagi strategik aloqalar bo‘yicha kordinatori Jon Kirbi.
Tramp o‘sha paytda Bayden ma’muriyatini Ukrainaga Amerika uzoq masofali qurollari bilan zarba berishga ruxsat bergani uchun tanqid qilib, buni “katta xato” deb atagan edi.
Izoh (0)