Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatida tez tibbiy yordam mashinasiga yo‘l bermay harakatlangan Spark avtomobili tasvirlangan videolar tarqalib, jamoatchilikning turli muhokamalariga sabab bo‘ldi. Ushbu holat yuzasidan viloyat IIB JXX YHXB matbuot xizmati maʼlumot berdi.
Maʼlum bo‘lishicha, bemorni shifoxonaga olib ketayotgan maxsus mashinaga yo‘l bermagan avtomobil va haydovchi topilib, transport vositasi jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Haydovchiga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-5-moddasi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, BHMning 5 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlangan.
“Tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalari ko‘k yoki qizil yoxud ko‘k va qizil rangli mayoqchani yoqqan holda tovush chiqaruvchi signallardan foydalanib kelganida transport vositalari haydovchilari tomonidan xalaqit berish javobgarlikka sabab bo‘ladi”, deyiladi xabarda.
Izoh (0)