Zamonaviy hayot stress, shoshqaloqlik va aqliy zo‘riqishga to‘la bo‘lgani sababli magniyga bo‘lgan ehtiyoj tobora ortib bormoqda. Bu mineral 300 dan ortiq biokimyoviy jarayonlarda ishtirok etib, miyadan tortib yurak faoliyatigacha, uyqu sifatidan energiya darajasigacha — barcha narsaga ta’sir ko‘rsatadi. Agar doimiy charchoq, asabiylashish yoki xavotirni his qilsangiz, organizmingizga magniy yetishmayotgan bo‘lishi mumkin.
Magniy nima uchun bu qadar muhim?
- Energiya almashinuvi: boshqa moddalar bilan birgalikda ATF ishlab chiqaradi va tananing barcha hujayralarini energiya bilan ta’minlaydi.
- Miya va asab tizimi faoliyati: xotira va e’tiborni qo‘llab-quvvatlaydi, tashvish va stressni yengishga yordam beradi.
- Uyqu sifati: magniy melatonin ishlab chiqarilishini tartibga soladi va uyqudan oldin mushaklarni bo‘shashtiradi.
- Yurak va qon tomirlari salomatligi: asab impulslarini o‘tkazishda va yurak mushaklarining qisqarishida ishtirok etadi, qon bosimini barqarorlashtiradi.
- Gormonal muvozanat: kortizol miqdori va qalqonsimon bez faoliyatiga ta’sir qiladi.
- Immunitet: immunitet tizimining normal ishlashiga hissa qo‘shadi va organizmga yallig‘lanishida yordam beradi.
Magniy tanqisligini qanday aniqlash mumkin?
Yetishmovchilik turli ko‘rinishlarda namoyon bo‘lishi mumkin. Quyidagi asosiy belgilarga e’tibor qaratish lozim:
- Surunkali charchoq;
- Mushaklar yoki qovoqlar tortishishi, titrash;
- Jahldorlik, ortiqcha tashvishlanish;
- Uyqu muammolari va bedorlik;
- Yurak urishining notekisligi;
- Stressga nisbatan yuqori ta’sirchanlik.
Magniyga boy 10 ta eng foydali mahsulot
- Qovoq urug‘i — 100 grammida 535 milligram
- Kakao (tabiiy, shakarsiz) - 100 grammida 499 milligram
- Chia urug‘i - 100 grammda 335 milligram
- Kanop urug‘i - 100 grammda 400-440 milligram
- Bodom (xom) - 100 grammda 270 milligram
- Ismaloq (xom holda) - 100 grammda 9-90 milligram
- Qora loviya (pishirilgan) - 100 grammda 60-70 milligram
- Keyl karami - 100 grammda 47 milligram
- Avokado - 100 grammda 30 milligram
- Yashil grechka - 100 grammda 231-240 milligram magniy mavjud
Yana nimalarni e’tiborga olish lozim?
— Magniyga kunlik ehtiyoj taxminan 500 mg, biroq kuchli stress yoki jismoniy zo‘riqish paytida bu miqdor 1200 mg gacha oshishi mumkin.
— Magniy yaxshiroq so‘rilishi uchun uni B6 vitamini bilan birga qabul qilish mumkin.
— Magniyni kalsiy yoki rux bilan birgalikda qabul qilmaslik kerak, chunki ular organizmda so‘rilish uchun o‘zaro raqobatlashadi.
— Qabul qilishning eng qulay vaqti kechqurun, ayniqsa xavotir yoki uyqu muammolari bezovta qilayotgan bo‘lsa.
Izoh (0)