Italiya olimlari surunkali stress holati inson tanasiga foydali moddalarni qabul qilishida qanday taʼsir qilishini aniqladilar. Olimlar jamoasi keng ko‘lamli tadqiqot o‘tkazdi va 150 ishtirokchidan iborat turli yosh guruhlari misolida tananing to‘g‘ri tuzilgan ratsiondan foydali moddalarni qanday isteʼmol qilishini o‘rgandi. Tajriba ishtirokchilari O‘rta Yer dengizi diyetasiga rioya qilishdi. Bunday ovqatlanish ko‘p miqdorda meva, sabzavot, rezavorlar, baliq, parranda va dengiz mahsulotlarini isteʼmol qilishga asoslangan. Ushbu oziq-ovqat foydali yog‘lar va antioksidantlarga boy.

Ishtirokchilar qonidagi yallig‘lanish biomarkeri tahlili shuni ko‘rsatdiki, surunkali stress sharoitida tanadagi yallig‘lanishga qarshi sitokinlar (maxsus molekulalar) darajasi ratsion sifatiga qaramay yuqori bo‘lib qoldi. Bunday natija insonning foydali moddalarni samarali o‘zlashtirish qobiliyatining yomonlashishi bilan bog‘liq edi. Ayniqsa, stressning aniq taʼsiri 45 yoshdan oshgan ayollarda kuzatildi. Ushbu yosh toifasidagi ishtirokchilarda moddalar almashinuvi buzilganligi va ozuqaviy moddalarni o‘zlashtirish uchun javobgar bo‘lgan fermentlar faolligi 60-70% ga kamayganligi kuzatildi.
Biroq tadqiqot natijalari sog‘lom ovqatlanish qoidalarini unutish mumkin degani emas. Ilgari olimlar ko‘p yillar davomida noto‘g‘ri va ultra qayta ishlangan ovqatlarni isteʼmol qilgan erkakning 3D modelini eʼlon qilishdi. Shunday qilib, mutaxassislar jamoatchilikni sog‘liq va umr ko‘rish davomiyligiga taʼsir qiluvchi kundalik odatlarga eʼtibor qaratmoqchi edilar. Kadrlarda erkakning yuzida va tanasida toshmalar, sariq teri, ko‘zlar ostida qora doiralar borligi ko‘rinadi. Noto‘g‘ri ovqatlanish va buzilgan uyqu tufayli u semizlikka uchragan.
Bundan tashqari, erkakning sog‘lig‘i boshqa sabablarga ko‘ra ham aziyat chekmoqda. U astma bilan og‘riydi, depressiyaga tushib qolgan va 2-toifa diabet, to‘satdan yurak xurujlari va insult xavfi ostida yashaydi.
Izoh (0)