Saudiya Arabistonining “An-Nassr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronalduning o‘g‘li Portugaliya U-15 yoshlar terma jamoasiga ilk bor chaqirildi. U xorijiy turnirda ishtirok etish uchun Xorvatiyaga yo‘l olgan. Bu haqda Goal nashri xabar berdi.

Unga ko‘ra, mazkur turnirda Portugaliya U-15 terma jamoasi Xorvatiya, Yaponiya, Gretsiya va Angliya yoshlar jamoalariga qarshi maydonga tushadi. Ushbu musobaqa 13-maydan 18-mayga qadar bo‘lib o‘tadi.
Kichik Krishtianu “An-Nassr” akademiyasida to‘p suradi. Bungacha u “Pozuelo”, “Yuventus”, Manchester Yunayted” va “Real Madrid” klublarining yoshlar jamoasida ham harakat qilgan.
Ronaldu esa 2023-yildan beri “Al-Nasr” safida o‘ynab kelmoqda. U bungacha “Yuventus”, “Manchester Yunayted”, “Real Madrid” va “Sporting” klublarida to‘p surgan.
Izoh (0)