Muntazam yurish — kunlik faollik normasini saqlashning eng qulay usulidir. Toza havoda uzoq sayr qilish nafaqat bo‘g‘imlarni mustahkamlaydi balki yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytiradi, immunitetni mustahkamlaydi hamda ruhiy holatga ham ijobiy taʼsir ko‘rsatadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mutaxassislari kuniga 5000 qadam (taxminan, 2,5 km) shahar aholisi uchun norma deb hisoblashadi. Shunday ekan faollikni saqlash uchun 10 000 qadam yurish shart emas. Yurish tanaga va ongga foyda keltirishi uchun qanday shartlar bajarilishi kerakligi haqida bilib oling.

Sayr qilish joyi
Yurish joyingiz iloji boricha tabiiylikka yaqin bo‘lishi maʼqul, yaʼni dala o‘rtasidagi yo‘l, keraksiz toshlar, ko‘lmaklar va boshqalarsiz tekis tuproq yo‘l — bu eng yaxshi variantdir. Agar u boshqa notekis sirtda, masalan, asfaltda uzoq sayr qilish bo‘lsa, unda bu, albatta, maʼlum bir qo‘shimcha shartlarni talab qiladi.
Shuningdek, gullash va allergik reaksiyalar davri boshlanganda daraxtzorlar bo‘ylab piyoda sayrga alohida ahamiyat bermoq darkor.

Poyabzal
Agar piyoda sayringiz tog‘lar yoki boshqa toshloq, notekis va nam joylarda bo‘lsa, buning uchun maxsus trekking botinkalari kerak bo‘ladi. Agar nisbatan qulayroq sharoitlarda piyoda yurish bo‘lsa, unda bu sizning qadamlaringizni yumshatishga va to‘piqda qo‘shimcha yuk bo‘lmasligi uchun ko‘proq fiziologik harakatni yaratishga imkon beradigan poyabzal bo‘lishi kerak.
Bu, ayniqsa, ortiqcha vaznga ega odamlarga tegishli. Ular qanday vaznda bo‘lishidan qatʼi nazar, mushak yoki yog‘ bo‘lsin, tana massasi indeksi 25 dan yuqori bo‘lganlar ortoped nazorati ostida bo‘lishlari va maxsus poyabzal kiyishlari kerak, aks holda bunday uzoq sayrlar ilhom, sog‘liq va uzoq umr manbayi bo‘lmaydi, balki hamma narsa juda achinarli tarzda tugaydi.

Suv balansi
Agar siz uzoq sayr qilishni rejalashtirgan bo‘lsangiz, suv balansingizni kuzatib borishingiz kerak. Buning uchun sizda suv uchun qulay idish bo‘lishi kerak. Suv esa qo‘shimcha minerallar, vitaminlar va boshqa narsalarsiz, H2O formulasiga imkon qadar yaqin bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.

Kiyim
Keyingi masala esa bu, albatta, kiyim. U iqlim va ob-havoga muvofiq to‘g‘ri tanlangan bo‘lishi kerak. Bu haqda, albatta, o‘ylash kerak, shunda odam terlamaydi, muzlamaydi va o‘zini maksimal darajada qulay his qiladi.

Sayr qilishning foydasi
Odam nima uchun sayr qilishga qaror qilgani ham muhim. Agar u yolg‘iz qolishni istasa, birga yurish uchun sherik izlashning hojati yo‘q. Siz o‘zingiz bilan gadjet olib, musiqa tinglab yurishingiz mumkin. Ammo buni ham qilmaslik yaxshiroq. Siz sayr qilayotgan muhitingizga maksimal darajada sho‘ng‘ishingiz, tabiat bilan yolg‘iz qolishingiz, tinglashingiz, nafas olishingiz va atrof-muhit go‘zalligidan bahramand bo‘lishingiz kerak.
Atrofingizda ko‘p yashil o‘simliklar bo‘lishi piyoda sayrga yanada ilhom baxsh etadi. Masalan, tog‘larda foydali va toza havo bor. To‘g‘ri, buning uchun maʼlum darajada tayyorgarlik kerak. Bunday vaziyatda sizda treking tayoqchalari bo‘lishi yaxshiroq, chunki “Skandinaviya yurishi” deb ataladigan usullarni qo‘llashda, birinchidan, bo‘g‘imlarga kamroq yuk tushadi, ikkinchidan, nafas olish tizimi samarali ishlatiladi, chunki odam chuqurroq nafas oladi, o‘pkaga ko‘proq kislorod kiradi, shuning uchun bunday jismoniy mashqlarning foydasi yuqori hisoblanadi.
-CGlS2hsi.avif)
Yo‘l yurganda inson hech narsaga hech qanday munosabat bildirmaydi. Bu qandaydir parallel dunyoga sayohatga o‘xshaydi. Va bunda inson, albbata, o‘z tanasi bilan ruhiy uyg‘unlikni his qiladi. O‘z-o‘zidan bu uyg‘unlik salomatlik uchun ham juda foydali.
Izoh (0)