Jahonga mashhur “Case New Holland” kompaniyasining O`zbekistondagi, 27 yildan beri faoliyat yuritayotgan “Uzkeymash” xorijiy korhonasi sizlarga jahon standartlari asosida ishlab chiqarilgan traktor va kombaynlarni, hususan mintaqa iqlim sharoitlaridan kelib chiqib o`zini mijoz maydonlarida ijobiy tamondan ko`rsatgan Case AF4088 4WD hamda New Holland TC5.90 4WD g`alla o`rish kombaynini taklif etadi.
Case AF4088 g`alla o`rish kombayni, “Uzkeymash” kompaniyasi tamonidan taklif etiladigan eng ommabop tehnikalardan biri bo`lib, bu kombayn g`alla o`rimi bilan shug`ullanuvchi barcha xo`jaliklarning talabini qondiradigan tehnika hisoblanadi. Kombayn dvigatel quvvati 210 ot kuchiga, g`alla bunkeri hajmi esa 6000 litrga ega. Kombayn 5,2 metrlik jatka bilan ta’minlangan. Boshqa kombaynlardan farqi, uning universalligidadir, ya`ni g`alla va boshqa ekin turlarini hosilini yig`ishtirib olishga tez hamda kam harajat bilan moslashuvchanligidadir. Hamda bu kombayn iqlimning yuqori namlik sharoitida ham o`zining minimal yo`qotish darajasini saqlab qoladi. Kombayn kabinasi shinam, hamda konditsioner va pechka bilan ta’minlangan, tashqi shovqindan yuqori darajada himoyalangan.
Quyida Case AF4088 g`alla o`rish kombaynining O`zbekiston hududidagi ish jarayonidan video lavha: https://t.me/cnhuzb/1760
New Holland TC5.90 4WD Yevropa sifatiga ega (CNHI kompaniyasining Belgiya va Polshadagi zavodlarida ishlab chiqarilgan) g`alla o`rish kombayni, barcha mijozlarning g`alla o`rimi bilan bog`liq talabini qondiradi. Dvigatel quvvati 240 ot kuchi bo`lgan kombaynning, bunker hajmi 6400 litrni tashkil etadi. Kombayn 5,2 metrlik jatka bilan ta’minlangan. Bug`doy yanchish agregatlari 2 ta barabandan iborat bo`lgani don yo`qotilishini minimallashtiradi va yuqori namgarchilik sharoitida ham ishlash imkoniyatini taqdim etadi.
Ushbu model, universal bo`lib, hosilga qarab, asosiy baraban va baraban ostiga o'zgartirish kiritish orqali, turli hil boshqa ekinlarni minimal yo`qotishlar bilan yigish imkoniyatiga ega. Bu kombayn ham iqlimning yuqori namlik sharoitida o`zining minimal yo`qotish darajasini saqlab qoladi Kombaynning yana bir qulayligi shundan iboratki, g`alla o`rimi davomida somonni butun chiqarish yoki dalaga maydalab o`z o`zini o`g`it qilish maqsadida bir tekis sochib yuborish imkoniyati mavjud. Kombayn operator ishlashi uchun shinam, konditsionerlik, pechkalik, elektron boshqaruvli zamonaviy kabinaga ega.
Quyida New Holland TC5.90 g`alla o`rish kombaynining O`zbekiston hududidagi ish jarayonidan video lavha: https://t.me/cnhuzb/1748
Bundan tashqari “Uzcasemash” korxonamiz fermer, klaster, tadbirkor va boshqa turdagi tashkilotlarga quyidagi texnika vositalarini ham taklif qiladi:
New Holland TT4.80 traktorini harid qilgan mijozlarga, narhi arzonlashtirilgan holda, kultivator, o`t o`rgich yoki tirkamalar taklif etiladi.
“Case New Holland” - O‘zbekiston bozorida 1996-yildan beri faoliyat ko‘rsatib kelmoqda va shu kungacha mamlakatimiz hududida 10 000 dan ortiq texnikalarni yetkazib bergan, hamda ularga servis hizmatini ko‘rsatib kelmoqda.
Mijozlar uchun texnikalar xizmatini uzluksiz tashkillashtirish, asl-sifatli ehtiyot qismlarni mijozlarga yetkazib berish hamda ta’mirtalab holatini muntazam ravishda tekshiruvdan o‘tkazish maqsadida butun respublikamiz bo‘ylab, barcha viloyatlarda hamda Qoraqalpoqiston Respublikasida servis markazlari faoliyat olib bormoqda.
Kompaniyada 150 dan ortiq malakali servis xodimlari xizmat qiladi. Ular maxsus-zamonaviy servis-xizmat avtomashinalarida to‘g‘ridan to‘g‘ri dalaga tashrif buyurib, texnikalarni qisqa muddat ichida servis va ta’mir ishlarini amalga oshirishadi. “Case New Holland” kompaniyasi servis va zarur ta’mirlash -ehtiyot qismlarni o‘z vaqtida yetkazib berishni kafolatlaydi.
Mahsulotlarni zavod bilan to`g`ridan to`g`ri shartnoma qilish orqali, bank krediti asosida yoki lizing tashkilotlari orqali harid qilishingiz mumkinligini ma`lum qilamiz.
Yuqorida qayd etilgan narhlar joriy yil 31 maygacha amal qiladi. Joriy publikatsiya ommaviy oferta hisoblanmaydi, texnikalarni xarid qilish masalasi bo‘yicha batafsil quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.
Murojaat uchun telefonlar:
+998900079420
+998909694149
+998909836609
+998909694141
“Uzkeysmash” xorijiy korhonasida ishlab chiqariladigan hamda yetkazib beriladigan tehnikalarni “Mikrolizing” lizing tashkiloti orqali 3 yildan 7 yilgacha lizing asosida olish imkoniyati mavjud.
“Mikrolizing” lizing kompaniyasi telefon raqamlari:
+998971309525
+998992142312
Original ehtiyot qismlarlarni yetkazib berish bo`limi: +99878 120 10 01
Manzil: Toshkent shahri, Ohangaron yo‘li 2
Mo‘ljal: Rohat aylanasi, 15 qavatli Artel binosi yonida
Telegram kanal: https://t.me/joinchat/AAAAAFe28OAV9lugx3aHlQ
Telegram guruh: https://t.me/+2CcF0z3RG-s3NDI6
Instagram: case_newholland (@case_newholland_uzbekistan)
Reklama huquqi asosida
Izoh (0)