• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Salomatlik

    Doimiy charchoq hissining 9 ta sababi va oldini olish choralari

    Baʼzida charchoqni his qilish odatiy holdir, lekin bu har doim sodir bo‘lsa, muammoning manbasini topish vaqti keldi. O‘zingizni shunday his qilishingiz mumkin bo‘lgan 9 ta sababni quyida bilib oling, deb yozmoqda “Noviy ochag” nashri.

    Juda kam uxlaysiz

    Statistik maʼlumotlarga ko‘ra, katta yoshdagi har uchinchi odam o‘z vaqtida uyquga yotmaydi. Oddiy uyqusizlik tufayli ham doimiy charchoqni his qilasiz.

    Ayollarda uyqu yetishmasligi dolzarb muammodir, chunki ular ko‘p hollarda bolalar va oiladagi keksalarga g‘amxo‘rlik qiladi. Ko‘pgina onalar, ayniqsa, bolalarning yoshi yaqin bo‘lsa, bir kunda uch soatdan ko‘p uxlamasdan, baʼzan yillarni shu alfozda o‘tkazadilar.

    Albatta, odamlar turlicha, uyquga bo‘lgan ehtiyoj ham individualdir. Ammo ko‘pchiligimiz kamida yetti soat uxlashimiz kerak. Bundan tashqari, bu raqam ayrim sog‘liq omillari sabab ortishi mumkin.

    ... yoki notinch uyqu

    Shifokorlarning taʼkidlashicha, yetarli miqdordagi uyqu uning tinch va xotirjam o‘tganini anglatmaydi. Sog‘lom uyqu miyaga har bir siklning bosqichlaridan to‘g‘ri o‘tishga imkon beradi, shu tariqa xotiralarni saqlaydi, kerakli gormonlarni ishlab chiqaradi va keyingi kun uchun energiya to‘playdi. Bu jarayonga tungi uyg‘onishlar to‘sqinlik qiladi. Bunday bezovtaliklarning sababi nima? Zarurat tufaylimi, shovqin yoki shunchaki kechqurun kofeinni haddan tashqari oshirib yuborganingiz uchunmi?

    Ish va dam olish kunlarida bir vaqtning o‘zida uxlash ham sifatli uyqu uchun juda muhimdir. Fan buni allaqachon isbotladi!

    Yoki umuman uxlamaysizmi?

    Deyarli har to‘rt ayoldan biri yillar davomida uyqusizlikni boshdan kechiradi va ko‘pchilikda bu uzoq vaqt davom etadi. Uyqusizlik uyquga ketish, tun bo‘yi uxlash qobiliyatiga yoki ikkalasiga birvarakayiga taʼsir ko‘rsatadi. Agar o‘z vaqtida uyquga yotsangiz-u, hali ham yetarli darajada uxlay olmasangiz, bu haqda doktorga maʼlum qiling.

    Diyetangizda nimadir nosoz

    Bu siz uchun yangilik bo‘lmasligi tabiiy, ammo ovqatlanish va energiya o‘rtasida aniq bog‘liqlik bor. Ko‘p miqdorda uglevodlarni (ayniqsa, tozalangan) isteʼmol qilinsa, kunni stolga bosh qo‘yib o‘tkazish ehtimoli yuqori. Bu jarayonda qondagi glyukoza hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Shakar, kraxmal, tozalangan uglevodlarni (masalan, oq undan tayyorlangan non yoki makaron) isteʼmol qilish bilan qondagi glyukoza darajasi keskin ko‘tariladi.

    Bu tabiiy ravishda insulinning oshishiga olib keladi, bu esa o‘z navbatida glyukoza darajasini keskin pasaytiradi. Natija — charchoq, bezovtalik va asabiylik.

    Nima yeyayotganingizni ko‘rib chiqing. Quyidagi mahsulotlarni minimallashtirish kerak:

    • Shirinliklar;
    • Konfetlar;
    • Limonad;
    • Mevali sharbatlar;
    • Oq non;
    • Fastfud.

    Kletchatkaga boy mahsulotlarni, masalan, ko‘proq barra sabzavotlar, butun don va dukkakli mahsulotlarni isteʼmol qiling.

    Uglevodlarni sog‘lom yog‘ va oqsillar bilan to‘ldirish orqali qondagi glyukoza miqdorini meʼyoriy chegaralarda ushlab turasiz.

    Yetarlicha jismoniy faol emassiz

    Ko‘rinib turibdiki, agar kun bo‘yi o‘tirsak, u holda tana charchamaydi. Ammo kun davomida jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini tashkil qilmasangiz, va ertalab/kechqurun mashq qilmasangiz, harakatsiz ish charchoq darajasini oshiradi. Muntazam jismoniy mashqlar qon aylanishini yaxshilaydi va mushaklarni kislorod va oziq moddalar bilan taʼminlashni oshiradi. Va bu charchoqni kamaytiradi, insonni yanada baquvvat qiladi.

    Qolaversa, faol bo‘lish — jismoniy mashqlar osuda uxlashga imkon beradi. Organizm ochiq kun ekanligi haqida yetarlicha signal olmasa (va ter to‘ksa), u biroz “chalkashib ketadi” va sirkad ritm tom maʼnoda buziladi.

    Balki vitaminlar kerakdir?

    Surunkali charchoq vitamin va minerallar, masalan, temir yetishmasligidan kelib chiqadi. Ayollarning taxminan 2 foizi temir tanqisligi, kamqonlikdan, 6 foizi esa ushbu elementning umumiy yetishmasligidan aziyat chekadi. Ammo bu nafaqat temirda, balki magniy, B vitaminlari va D vitaminining yetishmasligi umumiy holatni yomonlashtiradi. Charchoqning yana bir keng tarqalgan sababi ko‘pincha qalqonsimon bezning tartibsiz ishlashi bo‘lib, u gormonal muvozanatni buzadi.

    Har qanday holatda nomutanosiblikni aniqlash va dori-darmonlar qabul qilish uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tish lozim. Vitaminlar, mikroelementlar va dori-darmonlarni faqat testlar natijalariga ko‘ra shifokor buyuradi. Muammo qalqonsimon bez bilan bog‘liq bo‘lsa, baʼzi mahsulotlar orqali “foydali yod”ni organizmga singdirishga urinishlar vaziyatni sezilarli darajada yomonlashtiradi.

    Ehtimol, allergiya tinchlik bermayotgandir?

    Mavsumiy allergiya bilan yashovchi odamlarning 80 foiziga yaqini (shu jumladan, bolalar) kechalari simptomlar ancha yomonlashganini payqashadi. Bu, albatta, uyqu sifatiga taʼsir qiladi. Allergik hujayralar o‘zlarining sirkad ritmlariga ergashadilar va tunda eng faol bo‘lishadi. Uxlashga harakat qilsak-da, lekin organizm bo‘ysunmaydi — burun bitishi, suv oqishi kuchayadi, kuchli qichishish, hatto astma xurujlari tunda tez-tez zo‘rayadi.

    Haddan tashqari yorug‘ yotoqxona yoki aksincha

    Kechasi yoki yotishdan oldin yorug‘lik miqdorini nazorat qilish qanchalik muhimligi maʼlum. Ammo kun davomida umumiy yoritish ham muhim ahamiyatga ega! Olimlar kun davomida yorug‘lik spektri odamning energiya darajasiga taʼsir qilishini aniqladilar. Yorug‘ xonada ishlash miya faoliyatini yaxshilaydi va hushyor torttiradi. Aksincha, xira yoritilgan joyda ishlaganda, kechasi uxlab qolish birmuncha qiyinlashadi, hatto zim-ziyo yotoqxonada ham.

    Uxlab qolish muammosiga duch kelganda tanani quyosh soatiga tabiiy ravishda sozlashga harakat qiling. Ertalab uyg‘ongach, sayr qiling, kechqurun esa yotishdan ikki soat oldin faqat eng kerakli yorug‘lik manbalarini qoldiring. Yotoqxonadan gadjetlarni chetga olib qo‘ying. Buning iloji bo‘lmasa, LED ekranlar chalg‘itib yubormasligi uchun gadjetlarni yotoq karavotidan qo‘l yetadigan uzunlikda qoldiring.

    Muammo stress yoki depressiyada bo‘lishi mumkin

    Tungi uyquning buzilishi tush bilan bog‘liq emasdir. Surunkali charchoq depressiyaning asosiy belgilaridan biridir. Depressiya haqida gap ketganda, organizm “o‘chadi” va tashvishlanish uni doimiy ravishda hushyorlikning surunkali zo‘rayishiga olib keladi. Boshqa ruhiy holatlar ham uyquga taʼsir qilishi mumkin.

    Jiddiy holatning biror ogohlantiruvchi belgilarini sezmasangiz, muammo stress bilan bog‘liq. Surunkali stress surunkali charchoqning asosiy omilidir. Bu ish, shaxsiy hayot, moliyaviy ahvol, dunyoda sodir bo‘layotgan voqealar — bularning barchasi tanani doimiy muzlash/yugurish/jang holatida ushlab turadi va bu odamni nihoyatda charchatib yuboradi.

    Mavzuga doir:

    • Tungi notinch uyqu: nima uchun kechasi tez-tez uyg‘onasiz va muammoni qanday hal qilish kerak?
    • Uyda ish haqida o‘ylamaslik uchun nima qilish kerak?
    • 7-8 soatdan kam uxlash ortiqcha vazn yig‘ishga qanday “hissa” qo‘shadi?
    • Qanday qilib bahorgi holsizlikni yengish mumkin?
    14.03.2023, 14:40   Izoh (0)   14162
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Tungi notinch uyqu: nima uchun kechasi tez-tez uyg‘onasiz va muammoni qanday hal qilish kerak?

    12.03.2023, 20:43

    Parhez tutayotganda ham bemalol iste’mol qilish mumkin bo‘lgan 6 ta mahsulot

    12.03.2023, 16:00

    Ari chaqqanda birinchi yordam ko‘rsatish uchun nimalarni bilish kerak?

    12.03.2023, 10:12

    Uzoq umr ko‘rishni istasangiz, tark etishingiz kerak bo‘lgan 6 ta odat

    11.03.2023, 11:40

    Shoshilinch tarzda dermatologga murojaat qilish kerakligining 9 ta alomati

    11.03.2023, 09:31

    Kuniga bir choy qoshiqdan ortiq tuz iste’mol qilmang: JSST ogohlantirdi

    10.03.2023, 21:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston Xitoydan 200 ta elektrobus sotib olishi kutilmoqda

    O‘zbekiston | 20 iyun, 20:20

    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi

    Reklama | 20 iyun, 19:30

    Afsonaviy inson: Maykl Jekson haqida kutilmagan haqiqatlar

    Musiqa | 20 iyun, 20:10

    Bloomberg: Eron Isroildagi shaxsiy kameralarga ulanib hujumlarini aniqlashtirmoqda

    Dunyo | 20 iyun, 20:01

    Yangi buklanadigan iPhone 2026-yilda sotuvga chiqadi

    Gadjetlar | 20 iyun, 19:50

    Qozog‘iston politsiyasi tergovda sun’iy intellekt yordamchisini qo‘lladi

    Dunyo | 20 iyun, 19:40

    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud

    Reklama | 20 iyun, 18:00

    Jizzax va Buxoroda jami 2,7 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 19:27

    Luis Enrike “Botafogo”ga qarshi o‘yindan so‘ng nimalar dedi?

    Sport | 20 iyun, 19:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.