• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12965.34
    • RUB161.34
    • EUR14525.07
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    “Uyda yolg‘iz” 35 yoshda: film aktyorlari hozir qanday ko‘rinishda va nima bilan band? (foto)

    “Uyda yolg‘iz” filmi 1990-yilda Kris Kolambus tomonidan suratga olingan. 18 million dollarlik byudjetga ega, Rojdestvoda unutilgan bola haqidagi film deyarli 480 million dollar daromad keltiradi, bu esa uni butun kino tarixidagi eng muvaffaqiyatli komediyalardan biriga aylantiradi. Shuningdek, “Uyda yolg‘iz” filmi “Oltin globus” mukofotiga ikkita nominatsiyaga sazovor bo‘ladi — “Eng yaxshi film” va “Eng yaxshi erkak roli”. Ushbu komediyani 30 yildan buyon butun dunyoda tomosha qilishadi.

    Makoley Kalkin

    • Qahramon: Kevin Makkallister, uyda unutilgan bola
    • “Uyda yolg‘iz” filmini suratga olish paytida u 9 yoshda edi
    • Hozir 44 yoshda

    Makoley Kalkin “Uyda yolg‘iz” filmida uyda unutib qoldirilgan bola rolini ijro etgan, hozirda u 44 yoshda. O‘sha paytda yosh Kalkin roli uchun “Oltin globus” sovrinini qo‘lga kiritgan, 100 ming dollar gonorar olgan va butun dunyo bo‘ylab tomoshabinlar mehrini qozongan.

    Makoley Kalkin kinematografiyada besh yoshida — “Yarim tunda” filmida debyut qilgan. Bir yil o‘tib, Kalkin bilan “Bak amaki” filmida ishlagan Jon Hyuz rejissyor Kris Kolambusga “Uyda yolg‘iz” filmidagi bosh rolga Kalkinni taklif qilgan, lekin u avval yuzlab bolalarni kastingdan o‘tkazishni afzal ko‘rgan. Oxir-oqibat Hyuz tomonidan taklif qilingan nomzod eng mosi deb topilgan.

    “Uyda yolg‘iz 2” filmi uchun esa Kalkinning gonorari 4,5 million dollar bo‘lgan, bu uni tarixdagi eng yuqori haq olgan bolalar aktyoriga aylantiradi. “Boyvachcha Richi” filmida suratga tushish uchun esa ikki barobar ko‘proq pul to‘lanadi, ammo bu sarmoya o‘zini oqlamaydi: tanqidchilar filmni juda yomon baholaydi.

    Kalkin ishtirok etgan keyingi loyihalar ham muvaffaqiyatli bo‘lmaydi. Aktyorning karyerasiga salbiy ta’sir qilgan holat shundaki, uning otasi o‘g‘liga millionlab haq to‘lashni talab qilib, boshqa farzandlarini ham kinematografiya sanoatiga qo‘shishga harakat qilgan (Makoleyning kichik ukasi, Kiran Kalkin hozirda “Merosxo‘rlar” va “Fargo” kabi mashhur seriallarda suratga tushmoqda). Aktyorning ota-onasi ajrashgach, Kalkin ijodiy tanaffus olishga qaror qiladi. 2000-yillargacha u faqat Sonic Youth rok guruhining videoklipida kichik rol o‘ynaydi.

    2004-yilda 24 yoshli yulduz narkotik moddalar saqlagani uchun qo‘lga olingan. Shundan keyin u asosan dublyaj va reklama bilan shug‘ullanadi, shuningdek, televideniye orqali mehmon sifatida, o‘zini o‘ynab, ko‘plab dasturlarda qatnashadi.

    Makoley Kalkin sahnaga faqat 2020-yilda qaytdi, “Amerikancha dahshatli hikoyalar” seriali ijodkorlari uni epizodik rol o‘ynashga ko‘ndirishadi. Gucci brendining ijodiy direktori Alessandro Mikel esa yulduzni Gollivuddagi ko‘rgazmasiga taklif qilib, rekord miqdorda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda e’lonlar oladi. Hozirda Kalkin “Fallout” serialida “telba daho” rolini ijro etmoqda.

    Aktyor “Tailanddagi kunlar” filmini suratga olishda tanishgan aktrisa Brenda Song bilan turmush qurgan, hozirda er-xotin ikki nafar o‘g‘lini tarbiyalamoqda — katta o‘g‘lini Dakota deb atashgan, bu nom Makoleyning 2008-yilda YTHda halok bo‘lgan opasining sharafiga qo‘yilgan. Ikkinchi o‘g‘li esa 2023-yilda tug‘ilgan, unga Karson deb ism berishgan.

    2023-yil dekabr oyida Makoley Kalkin Gollivuddagi Shon-sharaf xiyobonida o‘z yulduziga ega bo‘ldi. Marosimda Kevin MakKalisterning onasi rolini o‘ynagan Ketrin O‘Hara, aktyorning rafiqasi va o‘g‘illari ishtirok etdi. 

    Jo Peshi

    • Qahramon: o‘g‘ri Garri Laym
    • “Uyda yolg‘iz” filmini suratga olish vaqtida 47 yoshda edi
    • Hozir 81 yoshda
     

    Jo Peshi “Uyda yolg‘iz” filmidan ancha avval Gollivud yulduzi maqomida edi. U “Quturgan buqa”, “Bir paytlar Amerikada” va “Yaxshi yigitlar” kabi filmlarda rol ijro etgandi. So‘nggi filmda ishtiroki uchun u hatto “Eng yaxshi ikkinchi darajali erkak roli” nominatsiyasida “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan, biroq Jon Hyuz va Kris Kolambusning Yangi yil franshizasi unga jahon miqyosida mashhurlik keltirdi.

    Shundan so‘ng, Peshi yana Martin Skorseze bilan hamkorlikda ishlashga qaytib, 1995-yilda “Kazino” filmida suratga tushdi. 1990-yillarning oxirida Peshi musiqa bilan shug‘ullanish uchun aktyorlik faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi: u “Vinsent La Guardiya Gambini faqat sen uchun kuylamoqda” nomli hazil-mutoyibaga boy jazz albomini yozdi va uni “Amakivachcham Vinni” filmidagi o‘z qahramoni sharafiga atadi.

    U ekranga faqat 11 yildan so‘ng, 2010-yildagi “Sevgi ranchosi” filmidagi bosh roli bilan qaytdi. Filmda aktyorning partnyori “Qirolicha” filmi yulduzi Helen Mirren bo‘ldi. 2019-yilda aktyor Martin Skorseze va Robert De Niro undan 50 martadan ko‘proq iltimos qilganidan keyin “Irlandiyalik” filmiga qo‘shildi.

    2025-yil fevral oyida aktyor 82 yoshga to‘ladi, hozirda ham suratga tushishni davom ettirmoqda. Aktyorning Klaudiya Haro ismli sobiq turmush o‘rtog‘idan 1992-yilda tug‘ilgan qizi Tiffani bor.

    Daniel Stern

    • Qahramon: o‘g‘ri Marvin Merchants
    • “Uyda yolg‘iz” filmini suratga olish vaqtida 33 yoshda edi
    • Hozir 67 yoshda

    Deniel Stern ham “Uyda yolg‘iz” filmida suratga tushgunga qadar o‘zining nafaqat kinodagi, balki Brodveydagi teatr sahnalaridagi komediya rollari bilan tanilgandi. Bundan tashqari, u multfilmlarga ovoz berish, ssenariylar yozish va rejissyorlik qilish tajribasiga ham ega — Daniel Stern “Ajoyib yillar” va “Manhetten” seriallarining bir necha qismlarini, “Haqiqiy yovvoyilar” mini-serialini hamda “Yilning yangi o‘yinchisi” nomli beysbol haqidagi komediyani suratga olgan. Uning so‘nggi aktyorlik ishlari orasida “Saltanat” va “Butun insoniyat uchun” seriallari bor, ammo bularning hech biri Sternni 1990-yillardagi shuhratiga yaqinlashtira olmadi.

    2024-yilda aktyor “Yolg‘iz va uyda” nomli xotiralarini nashr etdi. Unda u Gollivuddagi karyerasining yutuq va mag‘lubiyatlari, shuningdek, kamera ortidagi hayoti haqida so‘z yuritadi. U sahnadan tashqarida disleksiya (o‘qish ko‘nikmalariga bog‘liq buzilish) bilan kurashgani, haykaltarosh, chorvador va fermer sifatida o‘zini sinab ko‘rgani haqida ham hikoya qiladi. Ijtimoiy tarmoqlarda Stern tez-tez o‘z hikoyalari, suratlari va videolarini ulashib turadi.

    1980-yildan hozirgi kungacha u aktrisa Lor Mattos bilan turmush qurgan, er-xotinning uchta farzandi bor.

    Ketrin O‘Hara

    • Qahramon: Keyt Makkallister, Kevinning onasi
    • “Uyda yolg‘iz” filmini suratga olish paytida 36 yoshda edi
    • Hozir 70 yoshda

    Kanadalik aktrisa Ketrin O‘Hara mashhur oilaviy komediyada qatnashguniga qadar allaqachon o‘nlab loyihalarda, jumladan, Martin Skorsezening “Ishdan so‘ng”, Tim Byortonning “Bitljus” va Maykl Nikolsning “Hasad” filmlarida rol o‘ynagandi. Unga olamshumul mashhurlik keltirgan Kevin Makkallisterning onasi rolidan so‘ng, O‘Hara nafaqat faol filmga tushishni davom ettirdi, balki o‘zini yangi yo‘nalishlarda ham sinab ko‘rdi — masalan, ssenariynavis, rejissyor va dublyaj aktrisasi (“Jo‘ja Sipa”, “O‘rmon birodarligi”, “Parijdagi maxluq”, “Frankenvinlar” va “Addamslar oilasi” multfilmlari qahramonlariga ovoz bergan).

    2017-yilda O‘Hara Kanada ordeni ofitseri unvoniga sazovor bo‘ldi. 2021-yilda u “Shitts Krik” serialidagi roli uchun o‘zining birinchi “Oltin globus” mukofotini, shuningdek Aktyorlar gildiyasi mukofoti va “Emmi”ni qo‘lga kiritdi. “Uyda yolg‘iz” filmidagi o‘g‘li Makoley Kalkin esa uni hamon “oyijon” deb ataydi.

    Aktrisa hozirgi kunda ham kinoda faol suratga tushib kelmoqda.

    Devin Retrey

    • Qahramon: Bazz Makkalister, bosh qahramonning akasi
    • “Uyda yolg‘iz” filmini suratga olish paytida u 13 yoshda edi
    • Hozir 47 yoshda

    Aktyorlar oilasida tug‘ilgan (Piter Retrey va Enn Uillisning o‘g‘li) Retrey bolaligidan kinoda rol o‘ynay boshlagan. U 1990-yillarning boshlarida Makoley Kalkinning akasi Bazz Makkalister rolini o‘ynaganida mashhurlikka erishdi. U “Uyda yolg‘iz” filmining dastlabki ikkita filmida Bazz rolini o‘ynagan, keyin esa xuddi shu nomdagi 2021-yilgi remeykda ishtirok etgan.

    Retrey 2021-yilda ikkinchi marta mashhurlikka erishdi, o‘shanda aktyor uydagi zo‘ravonlik va kaltaklashda ayblanib, hibsga olingan. Uning sobiq ma’shuqasi Retrey mast holda Hayatt mehmonxonasining xonasida unga tashlanib, kaltaklaganini va bo‘g‘ganini aytadi. Jabrlanuvchi o‘zini himoya qilish doirasida erkakning qo‘lini tishlab, xonadan qochishga muvaffaq bo‘lgan. Keyinroq u politsiyaga murojaat qiladi.

    Avvaliga aktyor aybini rad etgan, ammo keyinchalik tan olgan. Ikki yildan ortiq davom etgan ish bo‘yicha majlis Oklahoma shtati sudlaridan birida bo‘lib o‘tadi. Natijada Retrey uch yillik sinov muddatiga hukm qilinadi. Shuningdek, uni zo‘ravonlikda ayblanganlar uchun maxsus kursdan o‘tish va alkogol hamda giyohvand moddalarni iste’mol qilish uchun test topshirishga majbur qilishadi.

    Jon Hyord

    • Qahramon: Piter Makkallister, Kevinning otasi
    • “Uyda yolg‘iz” filmini suratga olish paytida 44 yoshda edi
    • 2017-yilda 71 yoshida vafot etgan

    Jon Hyord 1970-yillarda kinoda debyut qilgan, shuning uchun “Uyda yolg‘iz” filmini suratga olish paytida u allaqachon yaxshi rollarni ijro etgandi. Xususan, u Peshi va O‘Hara bilan “Ishdan so‘ng” filmida Skorseze bilan birga ishlagan, shuningdek, Tom Henks bilan “Katta” komediyasida va “Qonun va tartib” teleserialida o‘ynagan. Ko‘pincha Hyord seriallarda rol o‘ynagan: uning asarlari orasida “Soprano urug‘i”, “Mayami jinoyat joyi”, “Qochish” va “Go‘zallar” bor. U “Soprano urug‘i” (1999) teleserialidagi korrupsioner politsiya detektivi roli uchun “Emmi” mukofotiga nomzod bo‘lgan.

    Umuman olganda, aktyor filmografiyasida 180 ta rol bor, ularning eng oxirgisi 2017-yilda ijro etilgan. Iyul oyida Hyord Kaliforniyadagi mehmonxonadan o‘lik holda topilgan, u yurak to‘xtab qolishidan vafot etadi. Hyord 3 nafar farzandning otasi edi.

    31.12.2024, 09:34   Izoh (0)   9675
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Gollivud#“Uyda yolg‘iz”#Yangi yil

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    56 yoshida chin muhabbatini topgan 4 farzandning otasi: “1+1” filmidagi falaj zodagon – Fransua Klyuzening hayoti va ijodi (foto)

    18.02.2021, 08:54

    Ekranlarda ko‘rinmay qolgan Gollivud yulduzlari (foto)

    25.12.2021, 16:56

    Yangi yil haqidagi sevimli filmlarda rol ijro etgan bolakay va qizaloqlar hozirda qanday ko‘rinishda?

    29.12.2022, 10:41

    Bayramona kayfiyat ulashuvchi Yangi yil haqidagi 5 ta film

    31.12.2022, 10:49

    Makoley Kalkin va Barbara Brilska: Yangi yilda hamma sevib tomosha qiladigan filmlar qahramonlari hozir qanday ko‘rinishda? (foto)

    31.12.2022, 16:48

    Bolaligidan filmlarda rol o‘ynashni boshlagan Gollivud aktyorlari (foto)

    07.02.2023, 21:51

    Turli sabablarga ko‘ra mashhur filmlardagi rolidan voz kechmoqchi bo‘lgan Gollivud yulduzlari (foto)

    15.02.2023, 11:15

    Muvaffaqiyatli karyeradan ko‘ra oilani afzal ko‘rgan yulduzlar

    04.04.2023, 18:39

    Ikki qadam uzoqlikdagi okean va mashhur qo‘shnilar: Garri va Megan qirollik saroyidan ketgach, qanday uyga ko‘chib o‘tgan?

    16.05.2023, 19:02

    Gollivud yulduzi Jennifer Lopes 323 gektarli uyini salkam 43 mln dollarga sotuvga qo‘ydi (foto, video) 

    19.05.2023, 11:30

    “Men esa yetarlicha qarib bo‘lganman. Endi ulg‘ayishim kerak…” — “Leon” filmi haqida

    16.09.2023, 22:46

    Bollivud yulduzi Karina Kapur 43 yoshda: Oilasidagi qarshiliklarga qaramay, orzusiga erishgan aktrisaning hayot va ijod yo‘li

    22.09.2023, 18:09

    Makoley Kalkin Gollivuddagi Shon-sharaf xiyobonida o‘z yulduziga ega bo‘ldi (video) 

    05.12.2023, 13:50

    “Ayoz bobo”, “Qor malikasi” kabi mashhur filmlardagi aktyor bolalar hozir qanday ko‘rinishda? (foto) 

    11.12.2023, 12:30

    Bir-biri bilan yoshligidan do‘st tutingan Gollivud yulduzlari (foto)

    19.01.2024, 14:50

    Gabriel Garsia Markes — “barcha davrlarning eng yaxshi romani” muallifi taqdiri

    17.03.2024, 10:05

    Jennifer Lopes, Bredli Kuper va boshqa mashhurlar ko‘rishni tavsiya qiladigan filmlar

    14.05.2024, 17:50

    Kim Kardashyan, Rianna va dahshatli o‘g‘rilik qurbonlari bo‘lgan Gollivud yulduzlari

    14.06.2024, 19:05

    2025-yilda Gollivudning Shon-sharaf xiyobonida o‘z yulduziga ega bo‘ladigan mashhurlar ismi tasdiqlandi 

    28.06.2024, 17:41

    Gollivud yulduzlarining sevimli sport mashg‘ulotlari (foto)

    02.07.2024, 14:47

    “Terminator”dan gubernatorgacha: Arnold Shvarsenegger otasining zulmi, hayotidagi eng katta xatosi va yolg‘iz yashashi haqida

    31.07.2024, 16:40

    Raj Kapurning nevarasi, Saif Ali Xonning rafiqasi, mahoratli aktrisa Karina Kapur 44 yoshda (foto, video)

    23.09.2024, 17:10

    “Sumerki”, “Temir odam” va boshqa mashhur filmlarda ijro etgan rollarini unutgan 6 ta aktyor

    02.12.2024, 15:59

    Aktyorlardan rejissorlargacha: Gollivudni ham zabt etgan hindistonlik kinoyulduzlar (foto)

    02.12.2024, 12:30

    Burak O‘zchivitning sevimli restorani, Kerem Bursin xaridlar qiladigan do‘kon: turk yulduzlarini uchratish mumkin bo‘lgan Istanbuldagi mashhur joylar

    29.11.2024, 15:56

    “Katta ajdarho”: qanday qilib Bryus Li Amerika kinosanoatini o‘zgartirib yubordi?

    30.11.2024, 18:30

    Qozog‘istonlik kinoijodkorlar suratga olgan eng yaxshi uchta film (treyler)

    02.12.2024, 16:43

    O‘z ampluasidan chiqa olgan: Turli obrazlarni mahorat bilan gavdalantira olishini isbotlagan kino yulduzlari (foto)

    13.12.2024, 10:40

    Hashamat ramzi: Dunyodagi eng qimmat tufli qanday ko‘rinishda va u qanchaga baholangan?

    10.12.2024, 12:25

    “23 yil avvalgi o‘zimga sen buni, albatta, uddalaysan, degan bo‘lardim”. Sheron Stoun hayotidagi qiyin kunlarni esladi

    17.12.2024, 18:40

    Taniqli aktyorlarning farzandlari suratga tushgan 10 ta film (treyler) 

    13.12.2024, 13:35

    Geymer bo‘lish shart emas: videoo‘yinlar asosida suratga olingan Gollivud filmlari

    16.12.2024, 19:25

    Aktyorlar rejissyor va prodyuserlar oldiga qo‘ygan kutilmagan noodatiy shartlar

    20.12.2024, 09:58

    Gollivud yulduzi Jim Kerri moliyaviy qiyinchiliklar tufayli 30 yil yashab kelgan uyini sotdi  

    19.12.2024, 10:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH hukumati muhojirlar haqida realiti-shou suratga olmoqchi

    Dunyo | 16 may, 23:55

    “Daryo” dayjesti: 16-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 16 may, 23:40

    Madura bo‘g‘ozi tubidan qadimgi hayot izlari topildi

    Dunyo | 16 may, 23:30

    Toshkentdagi go‘zallik salonida ayolning yuzi 80 foiz kuydirib qo‘yildi

    O‘zbekiston | 16 may, 23:16

    Superliga. “Surxon” o‘z maydonida “So‘g‘diyona”ni mag‘lub etdi

    Sport | 16 may, 23:06

    Dunyoning eng badavlat insonlarning rafiqalari qanday ko'rinishda?

    Layfstayl | 16 may, 23:05

    Fransiyada 200 dan ortiq fermer cheklovlarni bekor qilish uchun namoyishga chiqdi

    Dunyo | 16 may, 22:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.