• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl Shou-biznes

    Yaqin qarindosh ekanliklarini ko‘pchilik bilmaydigan mashhur aktyorlar (foto)

    Mazkur Gollivud aktyorlarini nafaqat birgalikda suratga tushgan filmlari, balki yaqin qarindoshchilik rishtalari ham bog‘lab turadi.

    Julia Roberts — Emma Robertsning xolasi

    Roberts — keng tarqalgan familiya bo‘lgani bilan kino muxlislari Emma va Juliya shunchaki bir xil familiyali ekanligini tan olishmaydi. Aslida “Go‘zal ayol” va “Notting Hill” filmlari yulduzi “Qichqiriq qirolichasi” seriali yulduzining xolasi hisoblanadi. E’tiborli jihati shundaki, aynan Juliya Emmada kinoga bo‘lgan muhabbatni uyg‘otgan. Bo‘lajak aktrisa doimo suratga olish ishlari bilan band bo‘lgan xolasi bilan vaqt o‘tkazardi. 

    Shu bilan birga, Emmaning onasi qizining bolaligidanoq hayotini ekran bilan bog‘lab qo‘yishidan xavotirda edi. Shuning uchun u Emmaning qiziqishi shunchaki oddiy hobbi bo‘lib qolishiga umid qilardi. Biroq onasining istagiga qaramay, Emma 9 yoshidan boshlab kinofilmlarda suratga tusha boshladi.

    Denzel Vashington — Jon Devid Vashingtonning otasi

    Denzel Vashington “Mashg‘ulot kuni”, “G‘azab”, “Gangster” va “Ilay kitobi” kabi filmlari bilan mashhur. “Malkolm Iks” filmida Denzel o‘g‘li Jon bilan rol o‘ynagan, ammo uni hech kim payqamagan, chunki u ommaviy sahnada ishtirok etgan. O‘shandan beri Jon haqida u futbolchi bo‘lganidan tashqari ko‘p narsa ma’lum emas edi. Ammo kutilmaganda 2017-yilda u kinoda rol o‘ynay boshladi va 2018-yilda Jon bosh rolni o‘ynagan mashhur “Qora klan” filmi ekranlarga chiqdi.

    Jeymi Li Kertis — Janet Li va Toni Kertisning qizi

    1951-yilda “Psixo” filmi bilan tanilgan Janet Li va “Jazda faqat qizlar” filmi bilan mashhur bo‘lgan Toni Kertis turmush qurishadi. Oradan 7 yil o‘tgach, ularning familiyasini olgan qizi Jeymi tug‘iladi. Jeymi maktabni tugatgandan ko‘p o‘tmay kinoda suratga tushishni boshlaydi va atigi 19-20 yoshida “Hellouin”da o‘ynab, tezda muvaffaqiyatga erishadi. O‘shandan beri u franshizaning ajralmas qismiga aylanadi, shuningdek, “Haqiqiy yolg‘on” va “Joy almashish” filmlarida rol o‘ynaydi.

    Uayatt Rassell va Keyt Xadson — opa-uka

    “Bort ortida” va “Qushcha” filmlarida rol o‘ynagan Goldi Xoun 1979-yilda musiqachi Bill Xadsondan qizi Keytni dunyoga keltiradi, u bir yil o‘tgach, romantik komediya filmlarida, xususan, “10 kun ichida qanday qutulish mumkin” va “Kelinlar jangi” filmlarida ishtirok etadi. To‘rt yil o‘tgach, Goldi Kurt Rasselga turmushga chiqadi va 1986-yilda unga o‘g‘li Uayattni dunyoga keltiradi. U ham xuddi opasi Keyt kabi ota-onasining izidan boradi, lekin qisqa vaqt ichida katta muvaffaqiyatga erishadi — 2021-yilda u Marvel kino olamining bir qismiga aylandi, bu esa uni aqlbovar qilmaydigan darajada mashhur qildi.

    Hyu Grant va Tomas Brodi-Sangster — xolavachchalar

    Garchi Hyu Grant va Tomas Brodi-Sangster 2003-yildagi “Haqiqiy sevgi” filmida birga ishtirok etgan bo‘lsa-da, ularning yana ba’zi umumiy tomonlari bor. Romantik komediyani suratga olish paytida Hyu yosh hamkasbi uning xolavachchasi ekanligini hatto xayoliga ham keltirmagan. Bu haqda Grantga Tomasning o‘zi gapirib beradi — uning buvisi va Hyuning katta buvisi opa-singil bo‘lganini bilardi. Shunday qilib, Brodi-Sangster Hyuning uzoq qarindoshi bo‘lib chiqdi.

    Tom Kruz va Uilyam Mapoter — amakivachchalar

    Tom Kruz va Uilyam Mapoter o‘rtasidagi aloqani aniqlash uchun Kruz Tomning yagona familiyasi emasligini bilish kifoya. Aslida uning ismi Tomas Kruz Mapoter IV. Tom Kruzning amakivachchasi bo‘lgan “Tirik qolish” serialidagi Uilyam ham xuddi shunday familiyaga ega. Qizig‘i shundaki, Tom va Uilyam bir necha bor birga ishlagan: ular “Asosiy fikr”, “Vanilrang osmon”, “Uddalab bo‘lmas topshiriq 2”, “Magnoliya” filmlarida birga rol o‘ynagan.

    Nikolas Keyj — Frensis Ford Koppolaning jiyani

    Ko‘pchilik Nikolasni Keyj familiyasi bilan biladi, lekin bu taxallusni u superqahramon Lyuk Keyjdan ilhomlanib olgan. Biroq karyerasining boshida Nikolas haqiqiy familiyasi — Koppola bilan o‘ynagan. Keyinchalik aktyor mashhur familiyasidan voz kechishga qaror qiladi, chunki o‘zini taniqli amakisi bilan taqqoslashlarini va hammasiga faqat familiyasi tufayli erishgani haqida gapirishlarini istamaydi.

    Oxir-oqibat Nikolas Frensis Ford Koppolasiz ham muvaffaqiyatga erisha olishini isbotlaydi, chunki Keyj bo‘lgach, u “Arvoh poygachi”, “Millat xazinasi”, “Yuzsiz” filmlarida ishtirok etadi.

    25.10.2024, 13:40   Izoh (0)   14708
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Gollivud#aktyorlar#qarindoshlar

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Anjelina Joli va Bred Pittning 16 yoshli qizi Vivyen Gollivudda ish boshladi

    02.08.2024, 16:25

    Ekranda sevishganlar rolini qoyilmaqom tarzda o‘ynagan bo‘lsa-da, real hayotda bir-biridan nafratlangan juftliklar

    08.08.2024, 13:40

    Gollivudni zabt etgan koreys aktyorlari (foto)

    11.08.2024, 12:50

    Kutilmaganda bir-biriga qarindoshligi ma’lum bo‘lgan mashhurlar  

    15.08.2024, 19:50

    Gollivudning eng boy aktyorlari beshtaligi: ular bu darajaga qanday erishdi? 

    20.08.2024, 17:30

    Bitta filmda suratga tushib, 100 mln dollardan ko‘proq pul ishlagan Gollivud aktyorlari

    11.09.2024, 15:57

    Gollivudning Shon-sharaf xiyobonida Betmenning yulduzi o‘rnatiladi

    18.09.2024, 18:05

    Leonardo Di Kaprio, Lyuk Besson va sayyoradagi ekologik vaziyatni yaxshilashga o‘z hissasini qo‘shayotgan mashhurlar

    20.09.2024, 13:32

    Raj Kapurning nevarasi, Saif Ali Xonning rafiqasi, mahoratli aktrisa Karina Kapur 44 yoshda (foto, video)

    23.09.2024, 17:10

    “Matritsa” filmi 25 yoshda: Neo, Triniti va filmdagi boshqa qahramonlar hozir qanday ko‘rinishda? (foto)

    27.09.2024, 10:45

    “Usta va Margarita”, “Chol va dengiz” . Gollivud aktyori Deniel Redkliffning boshqa sevimli kitoblari

    30.09.2024, 18:15

    Jonni Depp Ispaniyadagi bolalar kasalxonasiga kapitan Jek Chittak obrazida tashrif buyurdi (video)

    30.09.2024, 10:55

    “Bitta obrazda qolib ketgan”: filmlarda bir-biriga o‘xshash rollarni ijro etgan aktyorlar

    30.09.2024, 13:45

    Uzoq yillardan beri qalin do'st bo'lgan Gollivud yulduzlari (foto)

    12.10.2024, 14:57

    Anjelina Joli uning dunyoqarashini o‘zgartirib yuborgan roli haqida so‘zlab berdi

    02.10.2024, 14:49

    Eng ko‘p “o‘ladigan” aktyor: mashhur filmlardagi Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan g‘ayrioddiy holatlar

    03.10.2024, 15:40

    Nepotizm yoki iste’dod? Bitta sohada faoliyat yuritadigan Gollivud yulduzlari 

    04.10.2024, 09:45

    Keyt Uinsletning muvaffaqiyat tarixi: Doim to‘laligidan uyalgan qiz qanday qilib Gollivud yulduziga aylandi? (foto)

    08.10.2024, 09:50

    Gollivud tarixidagi kult filmlarning eng omadsiz sikvellari (treyler) 

    08.10.2024, 12:55

    Aktyor Kianu Rivz professional avtopoygada debyut qildi, ammo mashinasi trassadan chiqib ketdi (video)

    09.10.2024, 10:50

    Katta aktyorlarning kichik obrazlari: Filmlarda epizodik rollarni ijro etgan Gollivud yulduzlari (foto)

    15.10.2024, 14:10

    Hanuzgacha “Oskar”ga munosib ko‘rilmagan Gollivud yulduzlari

    17.10.2024, 14:50

    Jan-Klod Van Damm 64 yoshda: mashhur aktyor qaysi rusumdagi avtomobillarni boshqaradi? (foto)

    21.10.2024, 14:11

    Smartfonlardan umuman foydalanmaydigan mashhurlar (foto)

    22.10.2024, 13:35

    Oilasini karyerasidan ustun qo‘ygan Gollivud yulduzlari (foto)

    24.10.2024, 10:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    UNICEF: G‘azoda har uchinchi odam kunlarni ochlik bilan o‘tkazadi, bolalar esa halok bo‘lish xavfi ostida

    Dunyo | 3 avgust, 12:09

    Bolalar yerto‘lada yashirilgan: Toshkentda noqonuniy diniy ta’lim berilgan xonadonlar aniqlandi (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 11:42

    Rossiya Pokrovskni qurshab olishga urinmoqda – Britaniya razvedkasi

    Dunyo | 3 avgust, 11:30

    Putin politsiyaga bank hisoblarini sud qarorisiz muzlatish vakolatini berdi

    Dunyo | 3 avgust, 10:55

    Toshkentdagi Mangal fest’da bir guruh kishilar o‘zaro do‘pposlashdi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 10:35

    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim

    Reklama | 3 avgust, 10:30

    Sirdaryoda yong‘in va portlash xavfi sabab 4 ta zapravka vaqtincha yopildi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 09:48

    Andijonda o‘qituvchilar maktabni taʼmirlashga jalb qilingani nazoratga olindi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 08:42
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.