• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Makoley Kalkin va Barbara Brilska: Yangi yilda hamma sevib tomosha qiladigan filmlar qahramonlari hozir qanday ko‘rinishda? (foto)

    Yangi yil filmlari bayram oldidan shovqin-suronda yetishmayotgan o‘sha sehrli kayfiyatni yaratadi. Har yili sevib tomosha qilinadigan kartinalardan ba’zilari 18 yoshdan oshgan. Bolaligida suratga tushgan aktyorlar ulg‘aygan, kattalar esa tanib bo‘lmas darajada o‘zgargan yoki kasbini o‘zgartirgan. Yangi yil filmlarining yulduzlari qanday ko‘rinishda va ular hozir nima bilan shug‘ullanayotgani haqida quyidagi maqolada tanishib chiqing.

    Makoley Kalkin

    Albatta, hamma Makoley Kalkinni “Uyda yolg‘iz” filmi qahramoni sifatida eslaydi. Ushbu kartina 1990-yilda suratga olingan va hanuzgacha har yili qishki ta’til paytida namoyish etiladigan klassik film hisoblanadi.

    Komediya Kalkinning hayotini butunlay o‘zgartirdi: u chinakamiga mashhurlikka erishdi, istiqbolli yosh aktyor sifatida nufuzli kinomukofotlarga sazovor bo‘ldi va “Eng yaxshi bosh rol” nominatsiyasida “Oltin globus” mukofotiga nomzodligi qo‘yildi. O‘sib-ulg‘aygach, Makoley suratga tushishni xohlamasligini tushundi. U The Pizza Underground kaver-guruhiga asos soldi, uch yildan so‘ng guruh tarqalib ketdi va shundan so‘ng dijeylik faoliyatini boshladi. Aytgancha, Makoley Kalkinning giyohvandlikka moyilligi haqida ham mish-mishlar tarqaldi, ammo u bu muammoni yengishga muvaffaq bo‘ldi.

     

    Foto: Cosmopolitan

    Foto: Cosmopolitan

    Jo Peshi

    Kalkin ishtirokidagi “Uyda yolg‘iz” filmida salbiy qahramonlardan birini o‘ynagan Jo Peshini tanimaydigan odamni topish qiyin. Ilgari Peshi jangovar filmlar va dramalarda rol o‘ynagan, shuning uchun “Uyda yolg‘iz” oilaviy komediyasi uning uchun yangi tajriba bo‘ldi. Aytishlaricha, bu rol aktyor uchun oson bo‘lmagan: u doimo kichkina Makoleyni tuta olmaganda haqoratli so‘zlarni aytib yuborgan. Shundan so‘ng film rejissori Kris Kolumb Peshidan tiliga ehtiyot bo‘lishini maslahat bergan.

    76 yoshga kirgan Jo Peshi filmlarda rol o‘ynashda davom etmoqda, ammo u loyihalarni sinchkovlik bilan tanlab oladi. Aktyor suratga tushgan so‘nggi film “Irlandiyalik” bo‘lib, unda Robert De Niro va Al Pachino bilan birgalikda rol ijro etgan.

    Foto: Cosmopolitan

    Foto: Cosmopolitan

    Elison Porter

    Elison Porter 10 yoshida jingalak soch Syu rolini o‘ynadi. Film shu qadar mashhur bo‘ldiki, jingalak sochli barcha chaqaloqlar Syu deb atala boshlandi. Biroq suratga olish ishlari tugagandan so‘ng yosh aktrisa o‘z karyerasida tanaffus qildi, chunki u ta’lim olishi kerak edi.

    Maktabni bitirganidan so‘ng Elison kino emas, balki sahna uchun yaratilganligini tushundi. Keyinchalik u spirtli ichimliklar va giyohvand moddalar bilan bog‘liq muammolarga duch keldi, ammo Porter ular bilan muvaffaqiyatli kurashdi va 2016-yilda u Amerikaning “Golos” shousida ishtirok etdi. Kristina Agileraning jamoasiga qo‘shilganidan va shouning o‘ninchi mavsumida g‘alaba qozonganidan so‘ng, Amerikadagi eng mashhur vokalchilardan biriga aylandi. Elison hozir 37 yoshda, oila qurib, ikki farzandini tarbiyalab kelmoqda.

    Foto: Cosmopolitan

    Foto: Cosmopolitan

    Natalya Sedix

    Rejissor Aleksandr Rou tomonidan suratga olingan “Ayozbobo” ertak-filmi Sovet Ittifoqi yosh tomoshabinlari va ularning ota-onalari uchun eng sevimli Yangi yil filmlaridan biridir. Ushbu loyihada ishtirok etgandan so‘ng Natalya Sedix boshqa filmlarda rol o‘ynash uchun ko‘plab takliflarni oldi, ammo ularni rad etdi, chunki o‘qishi uning uchun birinchi o‘rinda edi.

    Boshni aylantiradigan darajadagi muvaffaqiyatga qaramay, aktrisa mashhurlik haqida o‘ylamadi. Uning xayoli faqat balet bilan band edi, o‘sha paytda u teatrda ishlar edi. Keyinchalik qiz kinodagi karyerasini yakunlashga qaror qildi va aktyorlar bazasidan olib tashlanishini so‘radi. Oradan biroz vaqt o‘tib, aktrisa epizod rollarni ijro etdi. 2007-yilda rejissor Svetlana Proskurina “Yilning eng yaxshi vaqti” dramasiga teatr sahnasini allaqachon tark etgan Sedixni bosh rolga taklif qildi. Sevgi uchburchagi haqidagi mazkur film Andrey Tarkovskiy nomidagi “Ko‘zgu” kinofestivalining tanlov dasturida ishtirok etdi. Endilikda Natalya filmlarda rol o‘ynamaydi, ijtimoiy tadbirlarda ham ko‘rinmaydi.

    Foto: Cosmopolitan

    Foto: Cosmopolitan

    Xyu Grant

    Yangi yil melodramasi sanalgan “Haqiqiy muhabbat” 2003-yilda chiqarilgan. Xyu Grant filmda o‘z kotibiga oshiq bo‘lgan bosh vazir rolini o‘ynadi. Shundan so‘ng uning faoliyatida tanaffus bo‘ldi. Uning ishtirokidagi o‘sha davr loyihalari orasida muvaffaqiyatli bo‘lmagan “Brijit Jonsning kundaligi” va “Musiqa va so‘z” (Music and Lyrics) romantik komediyasida Dryu Berrimor bilan birga rol ijro etdi.

    Hozir aktyor 59 yoshda, u teleko‘rsatuv va filmlarda 174 ga yaqin rol o‘ynagan. Uning so‘nggi ishi “Paddingtonning sarguzashtlari 2” filmidagi ishtiroki bo‘ldi. Endilikda Grant ko‘p vaqtini oilasiga bag‘ishlaydi.

    Foto: Cosmopolitan

    Foto: Cosmopolitan

    Barbara Brilska

    Barbara Brilska 1976-yilda “Taqdir hazili yoki qushdek yengil bo‘ling” deb nomlangan komediya orqali tanildi. Andrey Myagkov va Yuriy Yakovlev bilan birgalikda aktrisa ajoyib uchlikni tashkil etdi. Hozir ham oradan 40 yil o‘tib, film bayramona kayfiyat bag‘ishlamoqda. 78 yoshli Barbara Brilska nabiralari Shimon va Yakub bilan vaqt o‘tkazishni yaxshi ko‘radi va vaqti-vaqti bilan ekranlarda ko‘rinish beradi.

    Foto: Cosmopolitan

    Foto: Cosmopolitan

    Tim Allen

    1994-yilda Tim Allen “Santa Klaus” filmida Skott Kelvin rolini o‘ynadi. Aktyor 2002- va 2006-yillarda ushbu oilaviy komediya dramasining davomida ham ishtirok etgan. So‘nggi yillarda Allen filmlarda kamroq ko‘rinish bermoqda. Besh yil oldin u “O‘yinchoqlar tarixi” filmining dublyaj jarayonida ishtirok etgan. 2016-yilda u yana “So‘nggi haqiqiy odam” teleserialidagi Mayk Bakster qahramoni rolini ijro etdi. Aktyor oilaviy hayotida baxtli: uning ikki nafar – Ketrin va Elizabet ismli farzandi bor.

    Foto: Cosmopolitan

    Foto: Cosmopolitan

    Mavzuga doir:

    • Mashhurlar oilasida dunyoga kelganini ko‘pchilik bilmaydigan Gollivud yulduzlari (foto).
    • Farzandidan ayrilgan, 3 soat uxlagan, hojatxonada farroshlik qilgan: muvaffaqiyatga erishish yo‘lida turli qiyinchiliklardan o‘tgan yulduzlar (foto)
    • Roli sabab tomoshabinlar tanqidi va g‘azabiga uchragan mashhur aktyor va aktrisalar (foto
    • Filmning suratga olish jarayonida homiladorligini mohirlik bilan yashirgan aktrisalar (foto)
     

    31.12.2022, 16:48   Izoh (0)   18733
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    2022-yilda farzandli bo‘lgan shou-biznes vakillari (foto)

    31.12.2022, 14:51

    2022-yilda o‘z baxtini topib, oila qurgan o‘zbekistonlik mashhurlar (foto, video)

    31.12.2022, 12:50

    Bayramona kayfiyat ulashuvchi Yangi yil haqidagi 5 ta film

    31.12.2022, 10:49

    Instagram: Onasini Umra safaridan kutib olgan Ziyoda, Hosila Rahimova Yangi yilni Nyu-Yorkda qarshi oladi, Manzura hijobini yechgani haqidagi mish-mishlarga izoh b...

    30.12.2022, 23:05

    Chiqindixonadan topib olgan chaqaloqni o‘z farzandidek voyaga yetkazgan Mithun Chakraborti haqida

    30.12.2022, 19:40

    “O‘g‘lim otasi bilan ko‘rishib turadi”. Sitora Alimjonova farzandini futbolchi qilmoqchi ekanligi hamda hayotdagi armoni haqida (video)

    30.12.2022, 15:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Madagaskar yaqinida 300 yil oldin cho‘kib ketgan va dengiz qaroqchilari o‘ljasiga aylangan kema topildi

    Dunyo | 5 iyul, 23:55

    Buxoro va Qoraqalpog‘istonda “valyutchik”lar ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 23:30

    “Yevropa o‘tmishda Afrikani talagan” — JAR prezidenti

    Dunyo | 5 iyul, 23:15

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “PSJ” 9 kishi bo‘lib “Bavariya”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 23:06

    USAID faoliyati to‘xtatilishi tufayli nigeriyaliklarga ochlik xavfi tahdid solmoqda — OAV

    Dunyo | 5 iyul, 22:47

    Sirdaryoda 892 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik savdosi fosh etildi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 22:22

    Superliga. “OKMK” Muborakda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 22:20

    Isroil Eronning beshta harbiy obyektga zarba berganini yashirgani aniqlandi

    Dunyo | 5 iyul, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.