• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino Shou-biznes

    “Fantomas” 61 yoshda: dunyo tomoshabinlarining sevimli komediyasi qanday suratga olingan?

    Fransuz kinematografiyasi tarixida “Fantomas” trilogiyasi alohida o‘rin tutadi. 1964—1967-yillarda rejissyor Andre Yunebel tomonidan suratga olingan film o‘zining ajoyib syujeti, sarguzashtlarga boy sahnalari va aktyorlar mahorati bilan millionlab tomoshabinlarning qalbidan joy oldi. Ayniqsa, bosh rollarni ijro etgan Jan Mare va Lui de Fyunes loyihani unutilmas asarlarga aylantirdi.

    Foto: Dzen

    “Fantomas” g‘oyasi qanday paydo bo‘lgan?

    Foto: Dzen

    Fantomas aslida XX asr boshlarida yaratilgan fransuz adabiy obrazidir. Bir kuni Mare tasodifan o‘zining kitob javonida 1910-yillardagi shafqatsiz yovuz Fantomas (fransuzcha “sharpa”) haqida hikoya qiluvchi bir romanni ko‘rib qoladi. Natijada u Yunebelni 1960-yillarda zamonaviy Fransiyada film suratga olishga taklif qiladi — Fantomasning o‘sha paytgacha suratga olingan boshqa 5 ta filmidan farq qilishi uchun komediya yo‘nalishida ijod qilishga qaror qilishadi. Romandagi bosh qahramonlarning ismlarigina saqlab qolinadi — omadsiz komissar Jyuve, kuchli va jasur jurnalist Fandor, uning go‘zal qallig‘i Elen.

    Foto: Dzen

    Darvoqe, komissar Jyuve rolini o‘sha paytdagi yana bir buyuk fransuz komik aktyori Burvil o‘ynashi mumkin edi. Biroq sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar tufayli u rolini do‘sti Lui de Fyunesga beradi. O‘sha paytda Burvil allaqachon mashhur komedik aktyor edi.

    Foto: Dzen

    Shuningdek, Fantomas roli uchun aktyor Raymond Pellegrinni taklif qilish ham rejissyor rejasida bo‘lgan, u avval ham Jan Mare bilan birga rejissyor ishtirokida “Parij sirlari” filmida ishlagan. Ammo uning oriqligi tufayli bosh rolga tasdiqlanmagan. Qiziqarlisi, Pellegrin loyihadan chetda qolmadi, u Fantomas qahramoniga fransuz tilida ovoz berdi.

    Film qanday suratga olingan?

    Foto: Dzen

    1. 1960-yillarda maxsus effektlar hozirgidek rivojlanmagan edi. Shu bois filmda ko‘proq dekoratsiyalar, grim va aktyorlarning harakatlari orqali qiziqarli sahnalar yaratilgan. Buning uchun Jan Marening 2 soat bajariladigan grimga bo‘lgan sabr-toqati katta rol o‘ynagan, chunki u har safar turli niqoblarda ko‘rinish berar edi.

    “Bu sintetik niqob juda issiq va tor edi, quyoshda u toshdek qattiq bo‘lib qolardi. Natijada menda allergik reaksiya boshlandi, yuzim kun bo‘yi qichishardi, Fantomas rolini o‘ynashni davom ettirishdan bosh tortishimga sabablardan biri o‘sha dahshatli niqob edi”, degan aktyor.
    Foto: Dzen

    2. Jan Mare va Lui de Fyunes o‘rtasidagi munosabatlar suratga olish maydonchasida unchalik iliq bo‘lmagan. Jan Mare Lui de Fyunesning doimiy improvizatsiya qilish odatidan ranjigan, chunki u ssenariyga qat’iy amal qilish kerak, deb hisoblagan. Bundan tashqari, komissar Jyuveni ijro etgan Fyunes oxir-oqibatda Fandordan ko‘ra mashhurroq bo‘lib ketgani ham Jan Marega og‘riqli bo‘lgan.

    Foto: Dzen

    Jan Mare film reklamasidan ham, film ijodkorlari va Lui de Fyunesdan ham juda ranjigan. Chunki reklamada, go‘yoki Fyunes barcha xatarli tryuklarni o‘zi bajargandek ko‘rsatilgan edi. Aslida esa tryuklarning asosiy qismini aynan Jan Mare ijro etgan, Fyunes esa faqat ayrim sahnalarda ishtirok etgan xolos.

    Foto: Dzen

    3. Jan Mare faqat Fandor va Fantomas rollarini emas, balki jami 8 ta turli obrazni ijro etgan:

    • Fandor
    • Fantomas
    • Lord Shelton (1-film)
    • Qamoqxona noziri (1-film)
    • Professor Lefevr (2-film)
    • Markiz de Rastelli (2-film)
    • Gangster Juzeppe (3-film)
    • Uolter Braun (3-film)
    Foto: Dzen

    4. Filmning ikkinchi qismida Elenning ukasi rolini Lui de Fyunesning o‘g‘li — Olivye de Fyunes ijro etgan. Keyinchalik u otasi bilan yana bir necha filmda suratga tushgan. Olivye rolini mahorat bilan ijro etgan bo‘lsa-da, voyaga yetganida aktyorlik karyerasidan voz kechadi. U fuqarolik aviakompaniyasida uchuvchi bo‘lishni tanlaydi.

    Foto: Dzen

    5. “Fantomas g‘azabda” filmidagi parashyutdan sakrash sahnasi haqiqatan ham erkin qulash rejimida suratga olingan. Bu o‘sha davr uchun yangilik va katta xavfga ega sahna bo‘lgan.

    6. “Fantomas Skotland Yardga qarshi” filmi garchi syujet bo‘yicha Shotlandiyada bo‘lib o‘tsa-da, film asosan Fransiyada suratga olingan. Faqat kinoning eng birinchi sahnasi haqiqatan ham Shotlandiyada tasvirga olingan.

    Foto: Dzen

    7. Dastlab “Fantomas” kamida 10-12 qismdan iborat serial rejalashtirilgan edi. Xususan, Fantomas sarguzashtlarining 4-qismini suratga olish uchun Moskvada tayyorgarlik ko‘rish boshlanadi, u yerda Yunebelning o‘zi kinofestivalda qatnashishga muvaffaq bo‘ldi. To‘rtinchi epizod Fantomas à Moscou — “Fantomas Moskvada” deb nomlanishi kerak edi. Boshqa versiyaga ko‘ra esa Fantomas Rit — “Fantomas kulmoqda”. Film syujeti Fantomasning qizi bo‘lib chiqqan go‘zal Elenning (Milen Demongo) sarguzashtlari atrofiga qurilgandi. O‘sha paytlarda “Sovet ekrani” jurnali yaqinlashib kelayotgan to‘rtinchi qism haqida xabar ham bergan.

    Foto: Dzen

    Biroq fransuzlar Rossiya poytaxtida suratga olish juda qiyin va qimmatga tushadi degan qarorga keladi. Bundan tashqari Jan Mare ham Lui de Fyunes bilan umumiy til topisha olmay qoladi — komik aktyor tomoshabinlarning bor e’tiborini o‘ziga qaratib olganiga g‘ashi keladi. Aslida ham shunday edi.

    8. Fransiyaning o‘zida film kulgili komediya sifatida qabul qilingan, ammo milliy film sifatida tan olinmagan. Kartina hali ham vaqti-vaqti bilan fransuz televideniyesida namoyish etiladi. Ammo SSSRda loyiha eng mashhur jangovar film hisoblangan va birinchi yiliyoq 60 milliondan ortiq tomoshabin ko‘rgan.

    Foto: Dzen
    Foto: Dzen

    SSSR va Fransiyadan tashqari film AQSH, Italiya, Germaniya va Yaponiyaga ham chiqarilgan. Oxirgi 3 ta davlatda ham u juda mashhur bo‘lib, tomoshabinlarning sevimlisiga aylanadi.

    10 aprel, 15:40   Izoh (0)   2737
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Film#kino#fransuz#Fantomas

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ellik yoshida mashhur bo‘lgan kichkina odam — katta aktyor Lui de Fyunes haqida qiziqarli faktlar

    06.08.2020, 18:46

    Yuriy Yakovlev, Charli Chaplin va bir filmda bir nechta obrazlarni gavdalantirgan boshqa mashhurlar (video)

    19.07.2022, 20:44

    Mashhur filmda Fantomas obrazini gavdalantirgan aktyor hayotda qanday ko‘rinishga ega bo‘lgan? 

    05.08.2023, 14:35

    Afsonaviy trilogiya — “Fantomas” qanday suratga olingan va nega Lui de Fyunes filmning davomida rol o‘ynashdan bosh tortgan? 

    23.07.2024, 13:50

    Mashhur filmlar tufayli o‘sha davr odamlarining orzusiga aylangan buyumlar

    26.11.2024, 11:40

    Anjelina Joli va Bred Pittning olti nafar farzandi hozir qanday ko‘rinishda va nimalar bilan band?

    28.11.2024, 18:40

    Kattalar uchun: har qanday tomoshabinni sehrli olamga yetaklaydigan ertak-filmlar (treyler)

    11.12.2024, 15:45

    Yangi yil bayrami haqidagi eng yaxshi komediyalar (treyler) 

    16.12.2024, 12:30

    Turk aktyori Murat Yildirim va fransuz aktrisasi Yeva Grin Martin Skorsezening yangi filmida birga suratga tushadi

    24.12.2024, 16:40

    IMDb reytingi bo‘yicha kino tarixidagi eng yaxshi 10 ta komediya (treyler)

    26.12.2024, 09:56

    Plagiat emas, shedevr: “Kavkaz asirasi” va “Brilliant qo‘l” xorijiy filmlardan ilhomlanib yaratilganini bilarmidingiz?

    4 fevral, 15:30

    Bir necha yil oldin butun dunyoga mashhur bo‘lgan yulduzlar hozir qanday ko‘rinishga ega?

    27 fevral, 17:08

    Tarixda o‘chmas iz qoldirgan buyuk ayollar haqidagi eng yaxshi filmlar

    8 mart, 10:45

    “Oskar”ga nomzod bo‘lgan, lekin uni qo‘lga kirita olmagan qiziqarli multfilmlar (treyler) 

    13 mart, 13:04

    Turli sabablarga ko‘ra muxlislariga yolg‘on gapirgan Gollivud yulduzlari (foto)

    4 aprel, 18:45

    Otasidan erta ayrilgan, fransuz adabiyotiga qiziqqan, onasi sabab kinoga kirib kelgan mashhur koreys aktyori — Li Byon Xon haqida qiziqarli faktlar

    5 aprel, 12:43

    Gollivud aktyori Jud Lou “Kreml sehrgari” filmida Rossiya prezidenti Vladimir Putin rolini ijro etmoqda

    27 mart, 10:29

    Qaysi biri ko‘proq daromad keltiradi: remeyklar yoki original filmlarmi?

    4 aprel, 23:26

    Ayshvariya Ray birinchi o‘rinda emas: Bollivudning eng badavlat aktrisasi kim?

    3 aprel, 18:57

    Ulug‘bek Qodirov sevimli partnyorlari, avtomobili va so‘nggi qimmat xaridi haqida so‘zlab berdi 

    3 aprel, 11:47

    Mashhurlikda rafiqasidan o‘ta olmagan va mish-mishlar girdobida yashaydigan Bollivud yulduzi Ajay Devgan 56 yoshda

    3 aprel, 13:48

    Doramalar davri qanday boshlangandi? Dunyo tomoshabinlarini ekran qarshisiga mixlagan eng mashhur seriallar

    3 aprel, 16:52

    5 yil oldin qirollik vakolatlaridan voz kechgan shahzoda Garri va Megan Markl qanday kun kechirmoqda?

    4 aprel, 14:19

    “Gonorarim bir umr xotirjam yashashga yetmasdi”: “Uzuklar hukmdori”dagi Frodo — Elayja Vud loyihadan juda kam foyda olgani haqida so‘zlab berdi 

    5 aprel, 09:35

    Li Yon E — O‘zbekiston birinchi xonimidan minnatdorlik xatini olgan Tangem haqida nimalarni bilamiz?

    5 aprel, 14:06

    O‘rtoq Saaxovning shlyapasi, Jek Nikolsonning boltasi: auksionda rekord narxga sotilgan mashhur filmlar rekvizitlari

    7 aprel, 09:47

    Yaxshi aktyor, ammo yomon er: Jeki Chan nima sababdan farzandlaridan yuz o‘girgan?

    8 aprel, 12:57

    O‘zbek kinoijodkorlarining “Chimildiq” filmi Qozog‘iston va Ozarbayjon kinoteatrlarida namoyish etilmoqda

    8 aprel, 15:40

    Payqamagansiz ham: sevimli multfilmlarimizdagi yashirin ma’no va ishoralar

    9 aprel, 08:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.