Turkiyaning Konya shahrida yashovchi 67 yoshli erkak tizzasida amalga oshirilgan jarrohlik amaliyoti va arteriyada tromb hosil bo‘lishidan so‘ng o‘z ona tilini unutib, faqat dan tilida gapira boshladi. “Oxu.az” bu haqda Anadolu agentligiga tayanib xabar berdi.

Operatsiyadan keyin erkakning o‘ng qo‘li va oyog‘i zaiflashgan. Shifokorlar zudlik bilan angiografiya o‘tkazib, trombni olib tashlashgan. Biroq keyinchalik bemor faqat dan tilida so‘zlay boshlagan. Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, u Daniyada 20 yil yashagan, so‘ngra Turkiyaga kelib, 10 yil avval Konyada yashay boshlagan.
“Miyamda faqat dan tilida gaplar aylanmoqda, turk tilida esa hech narsa ayta olmayapman”, deya tarjimon orqali so‘zlashgan erkak.
Konya shahridagi Selyuk universiteti tibbiyot fakulteti doktori Gokxan O‘zdemirning ta’kidlashicha, arteriyada qon quyqasi hosil bo‘lganidan keyin bemorlarda tillarni unutish yoki ilgari bilmagan tillarda gapirish holatlari uchrab turadi. Shifokor turkiyalik bemorning tez orada yana ona tilida so‘zlab ketishi kutayotganini bildirgan.
Izoh (0)