UFC’ning yengil vazn toifasidagi sobiq chempioni Habib Nurmagomedov Ispaniya Kubogi finalida “Barselona”ga qarshi o‘yinda qizil kartochka olgan “Real” a’zosi Antonio Ryudigerni qo‘llab-quvvatladi.

Nurmagomedov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi “qaymoqranglilar” himoyachisi va jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelottining fotosuratini joylashtirdi.

Ryudiger finalning 120+3-daqiqasida o‘yindan chetlatildi. Sababi Antonio uchrashuv hakami Rikardo De Burgosning qaroridan norozi bo‘lib, unga muz bo‘lagini uloqtirgan. Bu harakat natijasida futbolchi maydondan chetlatildi.
Endi futbolchining harakatlari tegishli tashkilotlar tomonidan o‘rganib chiqiladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, nemis futbolchisi 4 o‘yindan 12 o‘yingacha diskvalifikatsiya qilinishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, finalda “Barselona” 3:2 hisobida g‘alaba qozonib, bosh sovringa ega chiqdi.
Izoh (0)