Shveysariyalik siyosatchi Mark Jasli onlayn do‘kondan pushti suvli to‘pponchalar sotib olgani uchun jarimaga tortildi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

Xabarga ko‘ra, Buhs shahri mahalliy kengashi a’zosi Jasli internet orqali o‘zining jiyanlariga sovg‘a sifatida ikkita pushti suvli to‘pponcha xarid qilgan. Biroq Shveysariya hukumati bu o‘yinchoqlar mamlakatning qurol to‘g‘risidagi qonunini buzishini ta’kidlagan.
Prokurorlar siyosatchini 6500 frank (7,390 AQSH dollari) miqdorida jarima to‘lashga majbur qilgan. Ularning fikricha, ushbu qonun hatto o‘yinchoq qurollarga ham tatbiq etiladi, chunki ularning tashqi ko‘rinishi haqiqiy o‘qotar qurol bilan adashtirilishi mumkin. Qonun himoyachilari o‘yinchoqlarning rangi pushti ekaniga qaramay shunday qaror qilgan.
Amaldorning aytishicha, u suvli to‘pponcha sotib olish qonunni buzishi mumkinligini bilmagan. Biroq u jazoga rozi bo‘lib, jarimani to‘lagan.
Izoh (0)