Samarqanddagi 35-maktabda o‘qituvchi darsga kech kelgan o‘quvchiga tashlanib, tazyiq o‘tkazdi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, maktabning 7-sinf, kimyo darsida o‘qituvchi Sh.M. 21-aprel kuni darsga kech kelgan va mashg‘ulotlarni o‘tishda xalaqit qilganligi vaji bilan o‘quvchi H.D.ga jahl bilan tashlanib, (uni go‘yoki direktor huzuriga olib bormoqchiligini aytib) bolaga nisbatan tazyiq va zo‘rlik harakatlarini qilgan.
23-aprel kuni maktab ma’muriyati tomonidan o‘z kasbiy vazifasiga zid bo‘lgan nomaqbul harakatlar sodir etganligi uchun o‘qituvchi M.Sh. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.
Holat yuzasidan hozirda tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Maktabdagi janjallar:
Sirdaryoda o‘qituvchi 1-sinf o‘quvchisini qo‘liga igna sanchish bilan jazolagani haqida xabarlar tarqalgandi. Surishtiruv davomida yuqoridagi holat tasdig‘ini topmagan.
Qashqadaryoning Shahrisabz tumanidagi maktabda o‘qituvchi 5-sinf o‘quvchisini urib jarohatladi. Qarshi shahridagi maktabda o‘qituvchi va o‘quvchi yoqalashgani tasvirlari tarqaldi. Algebra fani o‘qituvchisi va 10-sinf o‘quvchisi bo‘lgan ikki qiz o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik kelib chiqib, og‘zaki tortishib qolgan. Ularning xatti-harakatlariga chora ko‘rish uchun sudga berilgan.
Toshkentdagi maktabda ayol dastlabki ish kunida o‘quvchini kaltaklagani ham keng muhokamalarga sabab bo‘lgandi. Ayol jazolanib, maktab direktori ishdan olingandi.
Izoh (0)