Madridning “Real” klubi Ispaniya Kubogi finali oldidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan rasmiy tadbirlarni bekor qildi.

Maʼlumotlarga ko‘ra, madridliklar “El-Klasiko” oldidan o‘yin oldi matbuot anjumani, klub kechki ovqati, fotosessiya va rasmiy mashg‘ulotlarni bekor qilgan.
Madrid klubi finalda ishtirok etadigan hakamlarni almashtirishni so‘rayotgani aytilmoqda. Bunga o‘yindan avval hakamlar ishtirokidagi matbuot anjumanida aytilgan gaplar sabab bo‘lgan.
Jumladan, uchrashuvga belgilangan bosh hakam yig‘lab intervyu bergan. Shu bilan birga, VAR tizimida ishlaydigan hakamlardan biri ham hissiyotga to‘lab gapirgan.
Ushbu vaziyat “Real”ga yoqmagan hamda bu vaziyatni yon bosish yoki neytrallikdan qochish deb hisoblamoqda.
Izoh (0)