Ijtimoiy tarmoqlarda Sho‘rchi tumanida joylashgan “Bahor” umumiy ovqatlanish shoxobchasida tandir go‘shtda qurt borligi aks etgan videolavhalar tarqaldi. Sanepidqo‘mita holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, holat 2025-yilning 13-aprel kuni tushlik vaqtida sodir bo‘lgan. Sanepidqo‘mitaning Surxondaryo viloyati boshqarmasi Sho‘rchi tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan shu kunning o‘zida barcha turdagi oziq-ovqat mahsulotlaridan namuna olinib, sanitariya-gigiyenik va tibbiy profilaktik chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Umumiy ovqatlanish shoxobchasining jihozlari, oziq-ovqat mahsulotlaridan tegishli laboratoriya tahlillar uchun namunalar olindi va ish faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.
Bundan avval Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatda 32 nafar o‘quvchi zaharlangani haqida xabar berilgandi. Maktab internatga autsors xizmati ko‘rsatgan xususiy korxona tomonidan iste’molga yaroqsiz bo‘lgan mahsulotlardan sifatsiz oziq-ovqat tayyorlanishi oqibatida o‘quvchilar o‘tkir gastrit alomatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.
Izoh (0)