Qoraqalpog‘iston Respublikasida inson hayoti saqlab qolindi, deb xabar berdi FVV matbuot xizmati.
Maʼlum qilinishicha, Nukus shahrida joylashgan xonadonlarning birida yolg‘iz yashovchi fuqaro eshigini ochmayotganligidan xavotirlangan qarindoshi Qoraqalpog‘iston FVBga yordam so‘rab murojaat qilgan.
Xonadon eshigi ochib berilganda yolg‘iz yashovchi fuqaro qon bosimi ko‘tarilib ketganligi natijasida uning qo‘l va oyoqlari ishlamayotganligi ma‘lum bo‘ldi.
Qutqaruvchilar tomonidan fuqaroga birinchi yordam ko‘rsatilgan hamda tez tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan.
2023-yilning iyulida Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida uy ichida qolib ketgan yosh bola qutqarilgandi. 2025-yilning mart oyida Samarqandda uy ichida qulflanib qolgan qizaloq qutqarilgan edi.
27-mart kuni Qashqadaryoda qutqaruvchilar tomonidan lift ichida qulflanib qolgan bolalar sog‘-salomat qutqarilgan edi.
Izoh (0)