Daryo

Sirdaryoda o‘qituvchi 1-sinf o‘quvchisining qo‘liga igna sanchgani aytilmoqda

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda

1 daqiqa o‘qish8 350 ko‘rishlar0 izoh0

Ijtimoiy tarmoqlarda o‘quvchilar igna sanchish bilan jazolanayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan bolalar ombudsmani izoh berdi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Aniqlanishicha, 14-oktyabr kuni Andijon viloyati Mirobod tumanida yashovchi E.S. (erkak) IIB ga murojaat qilib, Sirdaryo tumanidagi 27-sonli maktabning 1-sinfida tahsil olayotgan qizi G‘.O. (2017-yilda tug‘ilgan)ni o‘qituvchisi A.G. (ayol) qo‘liga igna sanchgani va hojatxonaga chiqarmasdan ruhiy tazyiq o‘tkazganini bildirgan. 

Hozirda tuman IIB tomonidan holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Jarohat darajasini aniqlash uchun voyaga yetmagan G‘.O.ga nisbatan sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar