Toshkent viloyatining 37 ta yo‘l qismlaridagi ayrim aholi yashash hududlaridan tashqarida avtomobillar tezligi 100 km/soatdan 80 km/soatgacha pasaytirildi. Bu haqda viloyat hokimining tegishli qarori qabul qilindi.

Maʼlum qilinishicha, bu hududlardagi avtomobil yo‘llarida YTHlarning oldini olish, ayrim aholi yashash hududlaridan tashqarida avtomobillar tezligini kamaytirishga olib keladi.
Qaror bilan viloyat hududida joylashgan 37 ta yo‘l qismlaridagi ayrim aholi yashash hududlaridan tashqarida avtomobillar tezligi soatiga 100 kilometrdan 80 kilometrgacha kamaytiriladi.
Ushbu hududlardan tashqarida joylashgan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llariga 3.24 “yuqori tezlik cheklangan” yo‘l belgilarini 5 kun muddatda o‘rnatiladi.
Hukumat belgilangan tezlikdan yuqori harakatlanganda qo‘llaniladigan chegirmani oshirishga oid qonun loyihasini parlamentga kiritgani haqida xabar berilgandi.
Yo‘llarda bolalar o‘limi
2024-yil noyabr oyida Jizzax viloyatining Baxmal tumanida Cobalt katta tezlikda voyaga yetmagan ikki qizni urib yubordi. Shuningdek, Samarqandda avtobus maktab yaqinida yo‘lni kesib o‘tayotgan bolani urib yuborib, uning o‘limiga sabab bo‘lgandi. Surxondaryoda 1-sinf o‘quvchisi Nexia urib yuborishidan vafot etgandi.
Senat bergan ma’lumotga ko‘ra, 2024-yilning 5 oyi davomida jami 359 nafar o‘quvchi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan va 65 nafar o‘quvchi halok bo‘lgan, 294 nafar o‘quvchi esa turli darajada tan jarohatlari olgan. 2023-yilda bolalar bilan bog‘liq 1 794 ta YTH yuz berib, ularda 1 568 nafar bola jarohatlangan, 263 nafari vafot etgan.
Sentyabrda Toshkentda BYD 9 yoshli maktab o‘quvchisini urib yuborib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgandi. Xuddi shu kabi holat iyul oyida Navoiy viloyati Xatirchi tumanida sodir bo‘lgan. Katta tezlikda harakatlanayotgan BYD piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan 9 yoshli qizaloqni bosib ketgan. O‘sha oyda Samarqandda 7 yashar bola avtomobil urib ketishi oqibatida vafot etdi. Aprelda Jizzaxda sodir bo‘lgan YTH oqibatida ikki nafar maktab o‘quvchisi halok bo‘ldi.
Bolalar ishtirokida ayanchli YTHlar ko‘paygach, jamoat faollari yo‘llarda bolalar o‘limi uchun siyosiy javobgarlik bo‘lishi kerakligini aytdi.
Shu kabi holatlar:
- Andijonda Damas yo‘ldan yugurib o‘tayotgan 10 yoshli bolani urib yubordi
- Surxondaryoda Nexia “peshexod”dan o‘tayotgan 8 yoshli bolani urib yubordi
- Samarqandda mashinada daraxtga urilgan 11-sinf o‘quvchisi vafot etdi
- Toshkentda sodir bo‘lgan YTH oqibatida 10 yoshli o‘quvchi jarohatlandi
- Qoraqalpog‘istonda Cobalt haydovchisi maktab o‘quvchisini urib, qochib ketdi (video)
Izoh (0)