Olmaliqda ayol shirinliklarni ruxsatsiz yegan bolasining tana a’zolariga paxta tiqib, yoqqani haqida xabar berilgan edi. Holat yuzasidan sud ishi yakunlandi.
Sudda ma’lum bo‘lishicha, ayol bolasining barmoqlari orasi, burni, kindigi usti, oyoq panjalarini yoqqan. Bola ayolning yagona farzandi, turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgan.
2024-yil 30-oktyabr kuni 8 yoshli o‘g‘li B.A. (2016-yilda tug‘ilgan) uydagi shirinliklarni ruxsatsiz yegani sababli uni go‘yoki jazolash maqsadida barmoqlari orasi va boshqa tana a’zolariga paxta tiqib, yoqqani aytilgan edi.
Natijada bola tanasida 1- va 2-darajadagi kuyish yuzaga kelib, yengil jarohat olgan.
Ayol dastlab suddagilardan, so‘ng farzandidan kechirim so‘radi. Bolakay esa yig‘lab yuborgan. Sud hukmi bilan ayol 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
Sirdaryoda o‘qituvchi 1-sinf o‘quvchisini qo‘liga igna sanchish bilan jazolagani haqida xabarlar tarqalgandi. Surishtiruv davomida yuqoridagi holat tasdig‘ini topmagan. Sirdaryoda ikki o‘quvchi qiz o‘qituvchini urgani aks etgan video tarqaldi. Holat viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi va soha mas’ullari nazoratiga olindi.
Qashqadaryoning Shahrisabz tumanidagi maktabda o‘qituvchi 5-sinf o‘quvchisini urib jarohatladi. Qarshi shahridagi maktabda o‘qituvchi va o‘quvchi yoqalashgani tasvirlari tarqaldi. Algebra fani o‘qituvchisi va 10-sinf o‘quvchisi bo‘lgan ikki qiz o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik kelib chiqib, og‘zaki tortishib qolgan. Ularning xatti-harakatlariga chora ko‘rish uchun sudga berilgan.
Toshkentdagi maktabda ayol dastlabki ish kunida o‘quvchini kaltaklagani ham keng muhokamalarga sabab bo‘lgandi. Ayol jazolanib, maktab direktori ishdan olingandi.
Izoh (0)