Samarqandda Lacetti yo‘lni kesib o‘tayotgan bir guruh fuqarolarni urib yuborishi, davlat organlari va tashkilotlarining ochiqlik indeksi eʼlon qilinishi, sakkizta viloyatda eʼlon qilingan sel xavfi – “Daryo” nashri 25-aprelda eʼlon qilingan O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid eʼtiborga molik xabarlarni bir joyga to‘pladi.
Samarqandda Lacetti yo‘lni kesib o‘tayotgan bir guruh fuqarolarni urib yubordi (video)
Piyodalar shifoxonaga yetkazilgan, haydovchi qamoqqa olingan.
O‘zbekiston amaldorlar daromadlarini deklaratsiyalashga oid qonunni qabul qilishni tezlashtirishi kerak — XVJ
Xalqaro valyuta jamg‘armasi missiyasi korrupsiya va qonunbuzarlikning boshqa shakllari to‘g‘risida xabar beruvchilarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ham tezroq qabul qilishga chaqirdi.
Dam olish kunlari O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi
Ayrim joylarda 39 darajagacha issiq bo‘lishi kutilmoqda.
“Dubayda o‘zbekistonliklar qonunbuzarliklari ortgani vizasiz tartibga ta’sir ko‘rsatishi mumkin” — TIV vakili
Ushbu shaharda o‘zbekistonliklar o‘rtasidagi pichoqbozlik ortidan 15 kishi qo‘lga olindi.
O‘zbekistonda davlat organlari va tashkilotlarining ochiqlik indeksi eʼlon qilindi
Soliq qo‘mitasi, “O‘zavtosanoat”, Uzbekistan Airways yuqori o‘rinlarda qayd etilgan bo‘lsa, “Hududiy elektr tarmoqlari”, “Yo‘lqurilish”, Andijon viloyati hokimligi quyi pog‘onalarda.
O‘zbekistonda dollar kursi yana ko‘tarildi
Markaziy bank xorijiy valyutalarning kelasi hafta boshida amalda bo‘ladigan qiymatini eʼlon qildi.
Rossiyada mushkul ahvolda qolgan O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytarildi
Fuqaroning Novosibirskda dunyoga kelgan farzandiga tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma rasmiylashtirib berildi.
O‘zbekistonning sakkizta viloyatida sel xavfi eʼlon qilindi
Bunga 25 va 27-30-aprel kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sabab bo‘ladi.
O‘zbekistonda 2025-yilning dastlabki uch oyida YTH sodir etishi oqibatida 173 kishi ozodlikdan mahrum etildi
718 nafar fuqaroga esa ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlangan.
To‘rtta hududda jami 3,3 mlrd so‘mlik “svet” va gazdan noqonuniy foydalanildi
Holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.
Toshkentda sodir bo‘lgan YTH oqibatida yo‘lovchi jarohatlandi
Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Jizzaxda 40 sotix yerni 205 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Hozirda holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv tadbirlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston “Chashma” bulog‘idan birgalikda foydalanish bo‘yicha kelishuvga erishdi
O‘zbek-qirg‘iz davlat chegarasi orqali ayrim o‘tkazish punktlarning holati va ish tartibi bo‘yicha umumiy pozitsiyalar ham kelishib olindi.
Samarqandda darsga kech kelgan o‘quvchiga tashlanib, tazyiq o‘tkazgan o‘qituvchi ishdan bo‘shatildi
Holat yuzasidan hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Qoraqalpog‘istonda yolg‘iz yashovchi fuqaro qon bosimi ko‘tarilishi oqibatida uyida qolib ketdi (video)
Fuqaro eshigini ochmayotganligidan havotirlangan yaqin qarindoshining murojaatiga asosan qutqaruvchilar eshikni ochib berdi.
Izoh (0)