Jizzax viloyatida Tracker yuqori tezlikda kelib, do‘konga urildi. Viloyat YHXB holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Keltirilishicha, holat 24-aprel kuni soat 06:08 larda, Jizzax shahar hududida joylashgan O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali avtoturargohida sodir bo‘lgan. 1986-yilda tug‘ilgan haydovchi o‘ziga tegishli Tracker’ni boshqarib avtoturargoh yonidagi ko‘p qavatli uylarning birinchi qavatida joylashgan savdo do‘konining kirish joyiga urilgan.
Oqibatda ushbu avtomashina haydovchisi tan jarohatlari bilan Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam Jizzax filialining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jizzax shahar Ichki ishlar boshqarmasi tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mart oyida sodir bo‘lgan YTHlar:
Jizzaxda 13-mart kuni rulda uxlab qolgan Matiz haydovchisi yuk mashinasiga urilishi oqibatida halok bo‘lgandi. 12-mart kuni Toshkentda daraxtga urilgan Lacetti pachaqlanib ketdi. 7-mart kuni Navoiyda Damas va Cobalt to‘qnashishi oqibatida bir kishi jarohatlandi. 17-mart kuni soat 06:30 larda Toshkent—Bekobod avtomobil yo‘lida harakatlanib ketayotgan yuk mashinasi (dastlabki ma’lumotga ko‘ra haydovchisi uxlab qolishi natijasida) qarama qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, Isuzu avtomobili bilan to‘qnashgan.
Shuningdek, Toshkentda Lexus haydovchisi katta tezlikda kelib, yo‘l chetida turgan mashina va qariyani urib yuborgandi.
Aprel oyidagi YTHlar
- Samarqandda avtobus va yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
- Farg‘onadagi avtohalokatda Damas ikkiga bo‘linib ketdi (video)
- Namanganda ijaraga mashina olgan maktab o‘quvchilari avariyaga uchradi
Izoh (0)