Namanganda voyaga yetmaganlar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalarining oldini olish va ularning avtomobil boshqarishiga barham berish maqsadida kuchaytirilgan reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Davlatobod tumanida viloyat IIB YHXB xodimlari tomonidan tashkil etilgan navbatdagi reyd davomida voyaga yetmagan shaxs boshqaruvidagi Lacetti Gentra rusumli avtomashina to‘xtatildi.
Surishtiruvlar davomida 2008-yilda tug‘ilgan maktab o‘quvchisi ushbu avtomobilni bir soat uchun 200 ming so‘m evaziga ijaraga olgani maʼlum bo‘ldi.
.jpg?_t=1745425661)
O‘smir boshqargan avtomobil jarima maydoniga joylashtirildi. Avtomashinani ijaraga bergan shaxsga jarima rasmiylashtirildi.
Yo‘llarda bolalar o‘limi
2024-yil noyabr oyida Jizzax viloyatining Baxmal tumanida Cobalt katta tezlikda voyaga yetmagan ikki qizni urib yubordi. Shuningdek, Samarqandda avtobus maktab yaqinida yo‘lni kesib o‘tayotgan bolani urib yuborib, uning o‘limiga sabab bo‘lgandi. Surxondaryoda 1-sinf o‘quvchisi Nexia urib yuborishidan vafot etgandi.
Senat bergan ma’lumotga ko‘ra, 2024-yilning 5 oyi davomida jami 359 nafar o‘quvchi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan va 65 nafar o‘quvchi halok bo‘lgan, 294 nafar o‘quvchi esa turli darajada tan jarohatlari olgan. 2023-yilda bolalar bilan bog‘liq 1 794 ta YTH yuz berib, ularda 1 568 nafar bola jarohatlangan, 263 nafari vafot etgan.
Sentyabrda Toshkentda BYD 9 yoshli maktab o‘quvchisini urib yuborib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgandi. Xuddi shu kabi holat iyul oyida Navoiy viloyati Xatirchi tumanida sodir bo‘lgan. Katta tezlikda harakatlanayotgan BYD piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan 9 yoshli qizaloqni bosib ketgan. O‘sha oyda Samarqandda 7 yashar bola avtomobil urib ketishi oqibatida vafot etdi. Aprelda Jizzaxda sodir bo‘lgan YTH oqibatida ikki nafar maktab o‘quvchisi halok bo‘ldi.
Bolalar ishtirokida ayanchli YTHlar ko‘paygach, jamoat faollari yo‘llarda bolalar o‘limi uchun siyosiy javobgarlik bo‘lishi kerakligini aytdi.
- Namanganda 16 yoshli qiz boshqaruvidagi Spark kanalga tushib ketdi
- Yana Namangan: 4-sinf bola 10-sinf o‘quvchisi boshqaruvidagi Cobalt urib yuborishi oqibatida vafot etdi
- “Tormoz ishlamay qoldi”. Namanganda ikki sinfdosh ijaraga olingan mashinada YTHga uchradi (video)
Izoh (0)