Daryo

Toshkentdagi maktabda o‘qituvchi birinchi ish kunida o‘quvchini kaltakladi (video)

Voqea 6-sinf o‘quvchilari darsida sodir bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish31 680 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkentning Chilonzor tumanidagi 188-maktabda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi. Holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Foto: Videodan kadr

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, voqea 23-sentyabr kuni taxminan soat 15 lar atrofida ikkinchi smenada 6-“V” sinfida rus tili fani darsi mahalida sodir bo‘lgan.

O‘qituvchi R.O. ga o‘quvchi E.G. gap qaytargan va tortishib qolgan. So‘ngra o‘qituvchi o‘quvchini qulog‘idan cho‘zgan, o‘tirgan joyidan partasidan tortib olib chiqqan va o‘quvchining yuziga tarsaki tushirgan.

Qayd etilishicha, o‘quvchiga tan jarohati yetkazilmagan, salomatligi joyida.

Facebook’dagi “Potrebitel.uz” guruhida yozilishicha, o‘qituvchi rus sinfiga darsni o‘zbek tilida o‘tgan. O‘quvchi darsni rus tilida o‘tishni so‘ragan. Shundan so‘ng videoda aks etgan holat yuz bergan.

Voqeadan xabar topgan o‘quvchi E.G.ning ota-onasi o‘qituvchining bu xatti-harakati yuzasidan huquq-tartibot idoralariga murojaat qilgan. Ayni paytda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Xabarda qo‘shimcha qilinishicha, rus tili fani o‘qituvchisi R.O. sinov muddati bilan maktabga ishga taklif qilingan, rasman ishga qabul qilingani bo‘yicha hali buyruq chiqmagan va yuqoridagi voqea uning dastlabki ish kunida sodir bo‘lgan.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar