Avvalroq Madridning “Real” klubi Ispaniya Kubogi finali oldidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan rasmiy tadbirlarni bekor qilgani haqida xabar berilgandi. Klub matbuot xizmati rasmiy bayonot berdi.

Unda klub 26-aprelda bo‘lib o‘tishi mo‘ljallangan Copa de Rey finaliga tayinlangan hakamlar ishtirokidagi matbuot anjumanida aytilgan so‘zlarni nomaqbul deb hisoblashini maʼlum qilgan.
“Ertangi final hakamlaridan biriga qarshi 24 soat oldin tayyorlangan, so‘z erkinligi bilan himoya qilinadigan Real Madrid TV kabi ommaviy axborot vositasining videolariga to‘satdan eʼtibor qaratilgan bu noroziliklar, hakamlarning “Real Madrid”ga nisbatan ochiq va yaqqol dushmanligi hamda qarshi munosabatini yana bir bor namoyon etdi.
Yanada hayratlanarlisi, tahdidli ohangda qilingan va hakamlar o‘rtasida go‘yo birlik borligini anglatuvchi bayonotlar orqali qandaydir chora-tadbirlar yoki harakatlar eʼlon qilindi — bular esa butun dunyo bo‘ylab yuz millionlab muxlislar eʼtiborini tortuvchi futbol voqeasi oldidan ustuvor bo‘lishi shart bo‘lgan adolat, xolislik va betaraflik tamoyillariga mutlaqo ziddir.
Yuz bergan holatning jiddiyligini hisobga olgan holda, “Real Madrid” klubi Ispaniya futbol federatsiyasi (RFEF) va hakamlar hayʼati masʼullari o‘zlari vakillik qilayotgan tashkilotlari nufuzini himoya qilish uchun zarur choralarni ko‘rishlariga umid qiladi”, deyiladi klub bayonotida.
Ispaniya Kubogi finali 26-apreldan 27-aprelga o‘tar kechasi soat 01:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.
Izoh (0)