ZARMED Universiteti Samarqand va Buxoroda joylashgan bo‘lib, 10 dan ortiq xorijiy universitetlar bilan hamkorlik qiladi. Bu yerda zamonaviy laboratoriyalar, interaktiv ta’lim va xalqaro darajadagi malakali professorlar faoliyat yuritadi.
Bu yerdа tibbiyot, farmatsiya, stomatologiya, iqtisodiyot, arxitektura, psixologiya, IT, moliya, pedagogika va boshqa zamonaviy sohalar bo‘yicha tahsil olish imkoni bor.
ZARMED Universiteti 2025-yil holatiga ko‘ra, 10 dan ortiq nufuzli xorijiy universitetlar bilan qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘ygan.
Ular orasida:
- Temple University (AQSH): psixologiya, IT, moliya, iqtisodiyot, qurilish
- Joongbu University (Janubiy Koreya): arxitektura, biznes, qurilish muhandisligi, xalqaro savdo, IT
- Ada Kent va Selçuk University (Turkiya): davolash ishi, stomatologiya, farmatsiya, IT
- Tomsk, Tambov, Sankt-Peterburg, Moskva universitetlari (Rossiya): iqtisodiyot, qurilish, moliya
- Kirikkale University (Turkiya): maktabgacha ta’lim, pedagogika, qurilish muhandisligi
- Dastur formatlari: 2+2, 2+1+1, 4+1, 5+1 shaklida.
- Ta’lim tillari: o‘zbek, rus, ingliz, turk, koreys tillarida.
- Imtiyozlar: Ayrim universitetlar (xususan, Joongbu) tomonidan 10%–100% gacha grantlar ajratilgan.
Endi xorijlik professorlardan tahsil olish uchun o‘zga davlatlarga borish shart emas.
ZARMED sizga ikki diplomli ta’lim tizimi, ya’ni Dual degree dasturini taklif etadi va bu siz uchun jahonga keng imkoniyatlar eshigini ochadi.
Odatda barcha xususiy unversitetlarda grant o‘rinlari ajratilmaydi, ammo ZARMED bundan mustasno. 2025/2026-o‘quv yili uchun 200 ta grant ajratilgan. Bu bilimli talabalarning 4 yil davomida bepul tahsil olishi universitet tomonidan moliyalashtiriladi, degani. Ammo bu hali hammasi emas, yaxshi o‘qigan, ilg‘or talabalar 100 ta nomdor stipendiyalarni ham qo‘lga kiritsa bo‘ladi.
ZARMED sizga nafaqat o‘qishni, balki dunyoni kashf etishni ham taklif etadi.
Maxsus grantlar yordamida xorijda amaliyot o‘tash va ilmiy tadbirlarda qatnashish imkoniyati mavjud.
Qabul davom etmoqda!
O‘qish uchun arizalarni universitetning rasmiy sayti yoki aloqa telefonlari orqali qoldirishingiz mumkin.
Sayt: www.zarmeduniver.com
Telefon: +998 (55) 704-70-70
Havola orqali ariza qoldiring: https://admission.zarmeduniver.com/site/target?id=16
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)