Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumanida yana zapravka portlagani tasvirlangan videolar tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan viloyat FVB matbuot xizmati birlamchi maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, 5-avgust soat 22:30 lar atrofida Ko‘kdala tumani, “Ko‘kdala” MFY hududida joylashgan gaz to‘ldirish shoxobchasida yong‘in ro‘y berganligi to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, qutqaruv xizmatidan yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga yetib borib, hozirda yong‘inni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Maʼlumotlarga ko‘ra, voqea joyiga viloyat FVB va tuman FVB rahbar xodimlari yetib borgan.
Avvalroq 16-iyul kuni soat 14:40 da ham Ko‘kdala tumanida aholiga gaz to‘ldirish stansiyasi hududida yoqilg‘i saqlash rezervuarida chaqnash va undan so‘ng yong‘in sodir bo‘lgan edi. Hodisa oqibatida 4 nafar fuqaro vafot etgan.
Izoh (0)