Toshkent shahrida o‘tkazilgan tadbirlarda 1715 ta tig‘li vositalar aniqlandi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, o‘tkazilgan “Tig‘” maxsus profilaktik tadbirlarida 21 kun ichida poytaxt ko‘chalari va jamoat joylarida o‘tkir tig‘li ashyolarni noqonuniy ravishda olib yurgan 1631 nafar shaxs aniqlangan.

Ulardan 1715 dona sovuq qurollar olingan bo‘lib, ularning 1614 tasi pichoq, 17 tasi kastet, 19 tasi bita, 7 tasi pnevmatik qurol, 2 tasi elektroshoker, qolgan 56 tasi esa turli ko‘rinishdagi tig‘li jismlar bo‘lgan.
Taʼkidlash joiz, qonunga xilof ravishda sovuq qurol yoki sovuq qurol sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan ashyolarni olib yurish bazaviy hisoblash miqdorining 1 dan 5 baravarigacha jarima solinishiga, shuningdek, boshqa qonuniy taʼsir choralari qo‘llanishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Avvalroq Termiz shahrida qimor o‘yinlariga mukkasidan ketgan shaxs o‘zi qarzdor bo‘lgan ayolni pichoqlab o‘ldirgani to‘g‘risida xabar qilingandi.
Izoh (0)