Surxondaryo viloyatida joriy yilda 606 milliard so‘mlik soliq qarzdorliklari MIB orqali undirilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.
Maʼlumotlarga ko‘ra, 2025-yilda viloyatda soliq qarzdorligini undirishga oid jami 1,2 trillion so‘mlik 64 mingdan ortiq hujjatlar kelib tushgan. Shundan 606 milliard so‘mlik ijro hujjatlarining ijrosi amalda taʼminlangan.

Bunda qarzdorlarga tegishli 181 ta mol-mulklar xususan, 63 ta ko‘chmas mulk, 48 ta qishloq xo‘jaligi texnikalari, 61 ta avtotransport vositalari hamda 9 ta boshqa turdagi mulklar xatlovga olinib, shundan, 92 ta 122 milliard so‘mlik mol-mulklar realizatsiya qilish uchun auksion savdolariga chiqarilgan.
Shu kabi holatlardan birida “Surxon Ipagi” MCHJning o‘z vaqtida to‘lanmagan soliq qarzi uchun barcha mol-mulklariga taqiq o‘rnatilib, bank hisob raqamlariga inkasso topshiriqnomasi yuborildi hamda qarzdor jamiyatga tegishli bo‘lgan 1 ta issiqxona maʼmuriy, ishlab chiqarish sexi, omborxona va xo‘jalik binolari 7,1 milliard so‘m boshlang‘ich narx bilan onlayn savdoga chiqarildi.
Avvalroq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida ota farzandining 18 yoshiga qadar to‘lashi kerak bo‘lgan, 2,2 mlrd so‘m alimentini oldindan qoplab bergani to‘g‘risida xabar qilingandi. (https://daryo.uz/category/uzbekistan/uosyvqfebx1m?ysclid=mebi99f81d242212537)
Izoh (0)