• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12497.75
    • RUB156.79
    • EUR14658.61
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Isroilning yangi turar joylar qurish rejasi Falastin davlatini qiyin ahvolga solishi mumkin

    Quddus va Maale Adumim shaharlari orasidagi E1 deb nomlangan loyiha xalqaro miqyosda keskin qarshilik tufayli o‘n yillardan buyon muzlatib qo‘yilgan edi. Bu yerda qurilish olib borish G‘arbiy Sohilni bosib olingan Sharqiy Quddusdan de-fakto ajratib qo‘yadi. Bu esa Falastin davlatining hududiy yaxlitligiga jiddiy to‘sqinlik qiladi. Bu haqda BBC nashri xabar berdi.

    Isroil moliya vaziri Betsalel Smotrich so‘zlariga ko‘ra, bu reja Falastin davlati g‘oyasini barbod qiladi. Smotrich loyiha amalga oshsa, tan olinadigan davlat qolmasligiga ishonadi.

    Foto: BBC
    Foto: BBC

    Turar joylar xalqaro huquq bo‘yicha noqonuniy hisoblanadi. Biroq Isroil uy-joy qurilishi bo‘yicha xalqaro norozilik to‘lqiniga e’tibor bermaydi va ularning keltirgan vajlarini inkor etadi. Bu Isroil va Falastin o‘rtasidagi eng bahsli masalalardan biridir.

    Peace Now nomli Isroilning turar joylariga qarshi tashkilotiga ko‘ra, G‘arbiy Sohil va Sharqiy Quddusda qariyb 700 ming isroillik taxminan 160 posyolkada yashaydi. Bu yer Falastinliklar kelajakdagi mustaqil davlat uchun da’vo qilayotgan hududdir.

    “O‘n yillab davom etgan xalqaro bosim va muzlatishlardan so‘ng biz konvensiyalarni buzmoqdamiz va Maale Adumimni Quddus bilan bog‘layapmiz. Bu sionizmning eng yaxshi namunasidir — qurish, joylashish va Isroil yerida suverenitetimizni mustahkamlash,” degan moliya vaziri.

    Vazirning bunday bema’ni va kulgili bayonoti Falastin davlatining xalqaro miqyosda tan olinishi borasidagi fikrlar kuchaygani fonida yangradi. Chunki Isroil Falastinni tan olish borasidagi harakatlarni qoralab kelmoqda.

    BBC muxbiri Smotrichning bu rejalar Buyuk Britaniya va Fransiya kabi Falastin davlatini tan olishni rejalashtirayotgan davlatlarga qanday xabar berishini so‘raganda, u: “Bu sodir bo‘lmaydi. Tan olinadigan davlat bo‘lmaydi,” deb javob bergan.

    Peace Now tashkilotining bayonotiga ko‘ra, HAMAS ozodlik harakatini mag‘lub etishning yagona yo‘li Isroil bilan yonma-yon Falastin davlatini tuzishdir.

    “Netanyaxu hukumati har daqiqadan foydalanib, G‘arbiy Sohilni qo‘shib olishni chuqurlashtirmoqda va ikki davlat yechimi imkoniyatini yo‘q qilmoqda. Hamma yaxshi tushunadiki, mojaroga yagona yechim va HAMASni mag‘lub etishning yagona yo‘li — Isroil bilan yonma-yon Falastin davlatini tuzishdir. Isroil hukumati qon to‘kilishini to‘xtatish o‘rniga uni davom ettirishni tanlamoqda.”

    Falastin tashqi ishlar vazirligi yangi posyolka rejasini “genotsid, majburiy ko‘chirish va qo‘shib olish jinoyatlarining davomi” deb atagan.

    Isroil uzoq vaqtdan beri bunday ayblovlarni rad etib keladi. Biroq isroillik inson huquqlari bo‘yicha yetakchi tashkilotlar mamlakatning G‘azodagi harakatlarini falastinliklar ustidan genotsid ekanini ta’kidlaydi.

    Smotrich va milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir iyun oyida Buyuk Britaniya tomonidan G‘arbiy Sohilda falastinliklarga qarshi zo‘ravonlikka muntazam da’vat qilganlari uchun sanksiyaga uchragan.

    Ma’lumot uchun, E1 hududida 3 401 ta uy qurish 20 yildan beri muzlatib qo‘yilgan. Bu hududni rivojlantirish strategik joylashuvi sababli Falastin davlatini tuzish imkoniyatini amalda to‘sib qo‘yish deb qaraladi. E1 loyihasi Quddus janubidagi hududlarni shimolidagilardan ajratadi. Isroil bu loyihani amalga oshirsa, Ramallo, Sharqiy Quddus va Baytlahm kabi Falastin shaharlarini birlashtirish imkonsiz bo‘lib qoladi.

    2023-yil 7-oktabrda HAMASning Isroilga hujumidan so‘ng, Isroil G‘arbiy Sohildagi falastinliklarga bosimni keskin kuchaytirdi, buni qonuniy xavfsizlik chorasi sifatida izohladi.

    Xalqaro hamjamiyatning katta qismi turar joylarni xalqaro huquq bo‘yicha noqonuniy deb hisoblaydi. Bu pozitsiyani 2024-yili Xalqaro sudning maslahat xulosasi ham tasdiqlagan.

    14 avgust, 21:45   Izoh (0)   822
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?

     

    Tavsiya etamiz

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Namanganda 60 foiz qotilliklarga oilaviy nizolar sabab bo‘lgan — Senat

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:44

    “Bunday holatlar takrorlanmasligi uchun barcha choralarni ko‘ramiz” — Sherzod Kudbiyev aholidan asossiz yechib olingan soliqlar qaytarilgani haqida

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:22

    Hindistonlik ayol Labubuni xitoy ma’budi deb yanglishib, unga ibodat qila boshladi

    Dunyo | 14 avgust, 23:20

    Alyaska sammiti boshlanmasidanoq Putin global tartibni o‘z istagiga ko‘ra qayta shakllantirmoqda — The Washington Post

    Dunyo | 14 avgust, 23:10

    Barcha maktab va bog‘chalarda majburiy mehnat ustidan reydlar o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:00

    O‘zbekistonga olib kelingan falastinliklar uchun maxsus jamg‘arma tashkil etiladi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 22:48

    Qozog‘istonda sichqon hujayralaridan shuvoq changiga qarshi antitana yaratildi

    Dunyo | 14 avgust, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.