• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Aksilkorrupsiya agentligi bir portal uchun 1,5 mlrd so‘mdan ko‘proq pul sarfladi. Shartnomada qator qonunbuzilishlar mavjud

    O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi “E-anticor.uz” portalini texnik rivojlantirish bo‘yicha 990 million so‘mlik shartnoma tuzdi. Bu haqda davlat xaridlari portali ma’lumotlarida keltirilgan.

    Shartnoma nusxasi
    Foto: Davlat xaridlari portali

    Shartnoma 2024-yilning 30-sentyabr kuni Qashqadaryo viloyatida faoliyat yurituvchi “Ta’lim sifat invest” xususiy korxonasi bilan tuzilgan. 

    Shartnomaga ilova sifatida “E-anticor.uz” elektron tizimini takomillashtirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha ishlarni bajarishning kalendar rejasi hamda spetsifikatsiyasi tasdiqlangan.

    Kalendar rejaga muvofiq ishlar uch bosqichda amalga oshirilishi va 130 kun davomida buyurtmachiga topshirilishi belgilangan.

    Shartnoma ilovasi
    Foto: Davlat xaridlari portali

    Shartnomaning umumiy bahosi 2-ilovada ko‘rsatilgan narxlarni kelishish bayonnomasiga muvofiq qo‘shimcha qiymat solig‘i bilan jami 990 000 000 (to‘qqiz yuz to‘qson million) so‘mni tashkil qiladi.

    Bunda dastlabki loyihaviy yechimlarni ishlab chiqish (eskiz loyihasini amalga oshirish) va buyurtmachi bilan kelishish 25 million so‘m, loyiha dizayn maketlarini ishlab chiqish esa 95 million so‘m, elektron tizim va uning modullarini dasturlash ishlarini olib borish, ishlab chiqish, sozlash va o‘rnatish ishlarini amalga oshirish 775 million so‘mga baholangan.

    Foydalanish hujjatlarini ishlab chiqish, tizimni foydalanishga topshirish, qo‘llab-quvvatlash, qabul qilish, sinovdan o‘tkazish va kafolatli xizmat ko‘rsatish ishlari esa jami 95 million so‘mni tashkil etgan.

    Qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilgan bo‘lishi mumkin

    “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonun va davlat xaridlari sohasidagi boshqa qonunchilik hujjatlarining to‘g‘ri qo‘llanishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirishga vakolatli organ hisoblangan agentlikning o‘zi shartnoma bilan bog‘liq bir qator qonunbuzilishlarga ham yo‘l qo‘yganini ko‘rish mumkin.

    Misol uchun, qonunning 71-moddasida davlat buyurtmachilari to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar tuzilgani to‘g‘risidagi axborotni shartnoma tuzilgan paytdan e’tiboran uch ish kuni ichida maxsus axborot portaliga joylashtirishi shartligi, bo‘lmasa, ushbu shartnomalar bo‘yicha to‘lovlar amalga oshirilmasligi belgilab qo‘yilgan. 

    Lot haqida ma`lumot
    Foto: Skrinshot

    Shunday bo‘lsa-da, agentlik mas’ullari 30-sentyabr kuni tuzilgan shartnomani oradan o‘n ikki ish kuni o‘tib joylashtirgan.

    Bundan tashqari, shartnoma tuzilishidan avval muhokama qilish uchun tizimga joylashtirilgani, biroq jamoatchilik tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma tuzish bo‘yicha e’tirozlar tushmagani bildirilgan bayonnoma ilova qilingan. 

    Muhokama bayonnomasi
    Foto: Davlat xaridlari portali

    Qanday qilib imzolanganidan o‘n ikki ish kunidan keyin joylashtirilgan shartnoma jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilyapti?

    Agentlikning ushbu harakati prezidentning 2024-yil 10-iyuldagi “Davlat xaridlari tizimini takomillashtirish va unda kichik tadbirkorlik subyektlari ishtirokini rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 5-bandiga zid hisoblanadi.

    Nega shartnoma qonunda belgilangan muddatlarda joylashtirilmadi?

    Uch yilda jami 1,6 milliard so‘mlik uchta shartnoma

    Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va “Ta’lim sifat invest”xususiy korxonasi o‘rtasida shu kunga qadar uchta shartnoma tuzilgan.

    Birinchisi, tizimni funksional kengaytirish maqsadida 2022-yilning 22-iyul kuni tuzilgan bo‘lib, buning uchun jami 350 million so‘m mablag‘ ajratilgan. Biroq shartnoma davlat xaridlari elektron tizimiga joylashtirilmagan.

    2023-yilning 20-sentyabr kuni esa portalni texnik rivojlantirish maqsadida yana 300 million so‘mlik shartnoma imzolangan bo‘lib, shartnoma tuzilganidan 16 ish kuni o‘tib tizimga joylashtirilgan. Bunda yuqoridagidek qonunbuzarlikka yo‘l qo‘yilgan.

    2023-yilda tuzilgan shartnomaga ilova
    Foto: Davlat xaridlari portali

    Ma’lumot uchun, umumiy hisobda shu kunga qadar agentlik portal uchun jami 1 milliard 640 million so‘m mablag‘ sarflangan.

    Qisqacha tizim haqida

    “E-antikorrupsiya” ochiq portali bu O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining ichki elektron resurslaridan dolzarb ma’lumotlarni to‘plashga qaratilgan axborot resursi hisoblanadi.

    Portal Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi grantlari doirasida ishga tushirilgan bo‘lib, 2022-yilning 28-mart kungi Tovarlarni va bajarilgan ishlarni qabul qilish va topshirishning umumiy aktiga asosan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga topshirilgan.

    Portal bosh sahifasi
    Foto: Skrinshot

    Portalda 2022-yildan beri korrupsiyaga qarshi ishlar samaradorligining yillik reyting natijalari, shuningdek, davlat idoralari va tashkilotlarining har yili yangilanadigan korrupsiyaga moyil bo‘lgan munosabatlar va lavozimlar reyestri bilan tanishish mumkin.

    “Daryo” shu va mavzuga oid boshqa savollarga agentlik mas’ullaridan munosabat kutib qoladi.

    29.11.2024, 20:20   Izoh (0)   4564
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #korrupsiya#xarid
    Umidjon Mamarasulov

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “O‘zbekneftgaz” AJ Qarshi neft bazasida xato-kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan 6 nafar mansabdor ishdan ozod etildi

    22.11.2021, 18:30

    “O‘zavtosanoat” rahbari avtomobil sotib olishdagi navbatlarni sotish sxemasini oshkor qildi

    22.02.2022, 10:50

    “Uydagi oxirgi sigirni sotib, Parijga bilet olganmiz” — Fransiya hukumati nazariga tushgan o‘zbekistonlik tadbirkor ayol Bahor Budo

    13.03.2022, 09:05

    Didoks: korxonalardagi xaridlar va savdolarga oid muammolarning yangicha yechimi

    15.03.2022, 18:00

    “O‘zbekneftgaz”: Guliston neft bazasida manfaatlar to‘qnashuvi, mahsulotlarni noqonuniy yetkazib berish va neft mahsulotlarining kamomadi aniqlandi

    31.03.2022, 16:40

    Aravakash bolakaydan shokolad ishlab chiqaruvchi tadbirkorgacha — Saidakmal “Qand” Vahobovning bugungacha bosib o‘tgan yo‘li, qashshoqlik, boylik va biznesi haqida...

    29.04.2022, 19:33

    Akademik erkinlik qanday bo‘lishi kerak?

    13.06.2022, 15:29

    O‘zbekistonda 2022-yilning 6 oyida davlat xaridlarida mablag‘larni talon-toroj qilish bilan bog‘liq qancha jinoyat fosh etilgani ma’lum qilindi

    02.08.2022, 20:42

    Inqilobchi Che Geveraning qatl etilishi, Kremlni ta’mirlashda o‘marilgan millionlab dollar bo‘yicha “Mabetex ishi” va yaponlar tomonidan o‘ldirilgan Koreya qirolic...

    08.10.2022, 09:30

    O‘zbekistonda eng ko‘p manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilgan viloyatlar e’lon qilindi

    30.10.2022, 17:46

    “O‘zbekneftgaz”: Statistika va Soliq qo‘mitalari bilan integratsiya qilingan avtomatlashtirilgan “komplaens nazorat” dasturi orqali manfaatlar to‘qnashuviga chek q...

    01.11.2022, 17:00

    Toshkent xalqaro aeroportida ishga tushgan “aqlli” avtoturargoh qanday afzalliklarga ega?

    24.11.2022, 20:02

    O‘zbekiston bog‘chalarida ovqatlantirish bilan bog‘liq xarajatlarni elektron hisoblash yo‘lga qo‘yiladi 

    19.02.2023, 16:01

    O‘zbekistonda Tax Gap amaliyoti taqiqlandi

    08.09.2023, 13:30

    Bepul tibbiy xizmat tizimining 3 ta salbiy oqibatlari 

    02.08.2024, 21:20

    “Rosgvardiya” generali Mirza Mirzayev hibsga olindi

    04.11.2024, 13:55

    “Tanish-bilish o‘tmaydi” — Kadastr agentligi direktori fuqarolarga murojaat bilan chiqdi

    08.11.2024, 09:40

    Yaponiya bosh vaziri Sigeru Isiba qayta saylov uchun ovoz berish vaqtida uxlab qoldi

    12.11.2024, 19:17

    Shavkat Mirziyoyev JST bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashuv o‘tkazdi. Nimalar muhokama qilindi?

    13.11.2024, 18:22

    Yevropa ittifoqi Rossiyani moliyaviy “qora ro‘yxat”ga qo‘shishga chaqirdi  

    14.11.2024, 20:45

    “Aksariyat kishilar sovg‘a berishni korrupsiya emas, balki minnatdorlik deb tushunadi” — Kamila Muhamedxanova

    15.11.2024, 21:50

    “Fuqarolarning korrupsiya holatlariga duch kelganda xabar berish oqibatlaridan qo‘rqishi bizni xavotirga soladi” — Akmal Burhonov

    16.11.2024, 10:55

    Yevropa ittifoqi Rossiyaga ko‘rsatilayotgan harbiy yordam tufayli Eronga qarshi sanksiyalar kiritdi

    18.11.2024, 20:39

    Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi. Nimalar muhokama qilindi?

    21.11.2024, 18:48

    Elektrotexnika qimmatlashadi: Kompaniyalar elektrotexnikani sertifikatlash bilan bog‘liq muammolardan shikoyat qildi

    22.11.2024, 09:00

    Shavkat Mirziyoyev Suma Chakrabarti bilan O‘zbekistonning JSTga aʼzo bo‘lish jarayonidagi keyingi qadamlarni muhokama qildi

    22.11.2024, 21:44

    Samsung rahbari 5 yilga qamalishi mumkin

    26.11.2024, 17:05

    Xitoy mudofaa vaziri korrupsiyada gumon qilinmoqda

    27.11.2024, 17:46

    Xitoy TIV mudofaa vaziriga nisbatan tergov olib borilayotganini rad etdi

    27.11.2024, 19:41

    O‘zbekistonda korrupsiyadan xoli hududlar yaratiladi

    28.11.2024, 13:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Sistit — bu uyat emas!


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Futbol tarixidagi eng kuchli 10 ta futbol akademiyasi nomi e’lon qilindi

    Sport | 1 iyun, 21:47

    Isroil tanklari G‘azoda ovqat kutayotganlarga o‘t ochib, 32 kishini o‘ldirdi

    Dunyo | 1 iyun, 21:45

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 500 ta dron ishtirokidagi shou

    O‘zbekiston | 1 iyun, 21:00

    Qozog‘iston armiyaning tayyorgarligini tekshirish uchun mashqlar o‘tkazadi

    Qozog‘iston | 1 iyun, 20:40

    Mayda oylik inflyatsiya keskin oshdi. Qaysi hududlarda narxlar tez o‘smoqda?

    Iqtisodiyot | 1 iyun, 20:13

    Ukraina Rossiya harbiy aerodromlariga hujumga 1,5 yil tayyorgarlik ko‘rgan — OAV (foto)

    Dunyo | 1 iyun, 20:05

    Zinedin Zidan 100 mln yevrolik taklifni rad etdi

    Sport | 1 iyun, 19:40

    Pentagon rahbari Xitoyning Tayvanga hujumiga tayyorlanishga chaqirdi

    Dunyo | 1 iyun, 19:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.