Daryo

Xitoy mudofaa vaziri korrupsiyada gumon qilinmoqda

Dun Szyun korrupsiyada ayblanayotgan Xitoy mudofaa vazirlarining qatorasiga uchinchisi hisoblanadi

1 daqiqa o‘qish8 826 ko‘rishlar0 izoh0

2023-yil dekabrida Xitoy mudofaa vaziri lavozimiga tayinlangan Dun Szyun mamlakat armiyasidagi poraxo‘rlik ishi bo‘yicha tergov qilinmoqda.

Bu haqda The Financial Times nashri manbalarga tayanib yozdi.

Xitoy mudofaa vaziri Dun Szyun
Foto: Report.az

Unga ko‘ra, Xitoy yetakchisi Si Szinpin armiya rahbariyatiga nisbatan bir qator tekshiruvlarni boshlagan va Dun Szyun ismi-sharifi gumonlanuvchilar orasida bor.

Mudofaa vaziriga aynan qanday korrupsiya ayblovlari qo‘yilgani hozircha noma’lum. Xitoyning Vashingtondagi elchixonasi bu borada izoh berishdan bosh tortdi.

Dun Szyun korrupsiyada ayblanayotgan Xitoy mudofaa vazirlarining qatorasiga uchinchisi. Szyun bu lavozimda bor-yo‘g‘i yetti oy ishlab, keyin iste’foga chiqarilgan general Li Shangfu o‘rnini egallagandi.

 Li Shangfu ham korrupsiya ishi bo‘yicha tergov qilinayotgani haqida xabar berilgan.

Bank of China sobiq rahbari Lyu Lyanje
Foto: Report.az

Kecha 26-noyabr kuni Bank of China sobiq boshqaruvi raisi va partiya qo‘mitasi kotibi Lyu Lyanje poraxo‘rlikda ayblanib, o‘lim jazosiga hukm qilingani ma’lum bo‘lgandi.

Jazoning ijro etilishi ikki yil muddatga to‘xtatib turiladi. Shuningdek, Lyu Lyanje barcha siyosiy huquqlardan umrbod mahrum qilinadi hamda uning barcha shaxsiy mulklari musodara etiladi”, deyiladi  Xitoy Xalq Respublikasi Oliy xalq prokuraturasi xabarida.

Toshkentdanman. O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetini tamomlaganman. 20 yildan beri jurnalistika sohasidaman. “Daryo”da 2022-yildan beri ishlayman. Hozirda Tahlil va tarjima bo‘limi boshlig‘iman. Yoqtirgan kinoim: "Balamut". Kitoblardan esa O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari yoqadi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar