• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “O‘zbekneftgaz” AJ Qarshi neft bazasida xato-kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan 6 nafar mansabdor ishdan ozod etildi

    “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayevning topshirig‘iga ko‘ra, moliyaviy va komplayens nazorati yo‘nalishida korrupsiya, iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashishga, ularga kelgusida yo‘l qo‘yilishining oldini olishga qaratilgan profilaktik nazorat tadbirlari davom etmoqda.

    Navbatdagi o‘rganish “Qarshi neft bazasi” mas’uliyati cheklangan jamiyatida o‘tkazildi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, neft mahsulotlarining saqlanishi, iste’molchilarga yetkazib berilishi, debitorlik, kreditor qarzdorliklar bilan bog‘liq ko‘plab noo‘rin xarajatlar, shuningdek, amaldagi qonunchilikka rioya qilinmaslik holatlari aniqlandi.

    Jamiyat va uning filiallari rahbariyati hamda mutasaddi xodimlarining o‘z vazifalariga sovuqqonlik bilan yondoshuvi, shuningdek, mahsulotlarni amaldagi qonunchilikka zid ravishda to‘lovsiz berib yuborilishi oqibatida 2021-yil 1-yanvar holatiga nisbatan, jami debitor qarzdorlikning 21 milliard 213 million so‘mga ortishiga yo‘l qo‘yilgan.

    Xususan:

    • Qarshi neft bazasida (filiallarsiz) 9 milliard 257,4 million so‘mga oshgan;
    • Koson filialida 10 milliard 553,1 million so‘mga oshgan;
    • G‘uzor filialida 1 milliard 386,5 million so‘mga oshgan.
    “Qarshi neft bazasi” MChJga qarashli FYoTShlarda saqlanayotgan neft mahsulotlari xatlovdan o‘tkazilib, buxgalteriya qoldiqlari bilan solishtirilganda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-fevraldagi “Qishloq xo‘jaligida bozor mexanizmlarining keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 149-sonli qarorining bandlariga zid ravishda jami 9 ta FYoTShda 1 milliard 286 million so‘mlik 130 135 litr neft mahsulotlari istemolchilarga to‘lovsiz, ruxsatnomalar, hisob-ma’lumotnomalar rasmiylashtirmasdan yetkazib berilgan va kamomad holatiga yo‘l qo‘yilgan. O‘rganish davrida istemolchilardan pul mablag‘lari tushirilib, jami 895,7 million so‘mlik neft mahsulotlari qiymati qoplandi.

    Huddi shunday, Yakkabog‘ filialiga qarashli 3 ta FYoTShda jami 1 milliard 162 million so‘mlik 130 254 litr neft mahsulotlari istemolchilarga to‘lovsiz ruxsatnomalar, hisob-ma’lumotnomalar rasmiylashtirilmasdan yetkazib berilgan va kamomad holatiga yo‘l qo‘yilgan. Istemolchilardan pul mablag‘lari tushirilib, kamomad to‘liq qoplandi.

    Neft bazaning Koson filiali mahsulotlar omborida o‘tkazilgan xatlovda jami 80,5 million so‘mlik 11,0 tonna Ai-80 avtobenzindan kamomad aniqlanib, javobgar shaxs tomonidan qoplanishi ta’minlandi.

    Ushbu filialning FYoTShlardagi mavjud tovar moddiy boyliklari xatlovdan o‘tkazilganda, jami 16 ta FYoTShda 15,4 million so‘mlik tovar moddiy boyliklar yaroqsiz holatga keltirilganligi aniqlangan.

    Shuningdek, 2015—2017-yillarda xodimlarning xarid qilingan namunali uy-joylardan bo‘lgan 10,7 million so‘m qarzdorligining vaqtida undirish choralari ko‘rilmagan.

    Aniqlangan xato-kamchiliklarni bartaraf etish, ularga kelgusida yo‘l qo‘yilishini oldini olish maqsadida “O‘zbekneftgaz” AJning tegishli departamentlari va neft baza jamoasi ishtirokida “Qarshi neft bazasi” MChJda kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazilib, muhokama qilindi.

    O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, “Qarshi neft bazasi” MChJning xato-kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan jami 28 nafar mas’ul mansabdor shaxsga nisbatan qat’iy intizomiy choralar ko‘rildi, shundan 6 nafar xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilindi, 22 nafariga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanildi. Xatoliklarni bartaraf qilish, kelgusida yo‘l qo‘ymaslik, tegishli huquqiy baho berish va talon-tarojliklarni kamaytirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilandi.

    Qarshi neft bazasida aniqlangan qonun buzilish holatlari yuzasidan hujjatlar to‘planib, huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

    “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati

    22.11.2021, 18:30   Izoh (0)   14862
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qashqadaryoda obodonlashtirish xizmatini ko‘rsatuvchi tashkilotning 171 nafar xodimiga ish haqi to‘lanmay kelgani aniqlandi

    22.11.2021, 18:09

    O‘zbekistondagi birja savdolarida Ai-80 markali benzin narxi yana tushdi

    22.11.2021, 17:23

    O‘zbekiston Buyuk Britaniyaning GSP EF Kengaytirilgan sxemasiga qo‘shilgan birinchi mamlakatga aylandi

    22.11.2021, 17:08

    “Menga ‘hurmatli’ deya murojaat qilmanglar”. Zoir Mirzayev ilk “hokimlik soati”ni o‘tkazdi

    22.11.2021, 16:54

    Markaziy bank dollarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini e’lon qildi

    22.11.2021, 16:25

    O‘zbekistonda ochilmagan jinoyatlarni tadqiq etish bilan shug‘ullanuvchi institut tashkil etildi

    22.11.2021, 16:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00

    Ilk bor ota bo‘lgan erkaklar miyasidagi o‘zgarishlar olimlarni hayratga soldi

    Layfstayl | 23 avgust, 13:50

    “Tottenhem” “Manchester Siti” futbolchisi uchun 70 mln yevro taklif qilmoqchi

    Sport | 23 avgust, 13:42
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.