• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Inqilobchi Che Geveraning qatl etilishi, Kremlni ta’mirlashda o‘marilgan millionlab dollar bo‘yicha “Mabetex ishi” va yaponlar tomonidan o‘ldirilgan Koreya qirolichasi. Kun xronologiyasida 8-oktabr

    8-oktabr sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan inqilobchi Che Gevaraning o‘ldirilishi, Kreml rekonstruksiyasida millionlab dollar o‘marilgani bo‘yicha “Mabetex ishi”ning boshlanishi hamda Rossiyadan yordam so‘ragan Koreya qirolichasini o‘ldirgan yaponlarga oid faktlar o‘rin olgan.

    “Inqilob otishmasiz bo‘lmaydi!”

    1967-yilning 8-oktabrida Ernesto (Che) Gevara — Lotin Amerikasi va kubalik inqilobchi qatl etilgandi. Ernesto Gevara (to‘liq ismi — Ernesto Rafael Gevara de la Serna) Argentinadagi Rosario shahrida tug‘ilgan. Uning otasi arxitektor Ernesto Gevara Linch, onasi — Seliya de La Serna. Unga Misiones provinsiyasidagi plantatsiyasi meros bo‘lib qolgan, ammo yosh oila ishchilarning ahvolini yaxshilab, boshqa plantatorlarning g‘azabiga duchor bo‘lgach, ular Rosarioga ko‘chib o‘tgan va u yerda to‘ng‘ich farzandini dunyoga keltirgan.

    Foto: Getty Images

    Keyinroq oila tog‘li Kordova provinsiyasiga ko‘chib o‘tgan — Ernestoning bronxial astmasi bo‘lgan va tog‘ havosi unga foydali hisoblangan. Dastlabki vaqtlarda bolakay har kuni sodir bo‘ladigan xurujlardan aziyat chekkan, buning natijasida maktabga bora olmagan, ammo vaqt o‘tishi bilan ta’lim olishni boshlagan va 13 yoshida kollejga, keyinchalik Buenos-Ayres universitetining tibbiyot fakultetiga o‘qishga kirgan.

    Gevara universitetda moxov kasalligini o‘rganishga qiziqqan va u butun umrini kasallangan janubiy amerikaliklarni davolashga sarflashni niyat qilgan. 1952-yilda biokimyo doktori Alberto Granado bilan Chili, Peru, Kolumbiya, Venesuelani aylanib chiqqan. Bir safar Granado shunday degandi: “Qariya, kel shu yerda qolamiz. Obro‘li inklar avlodiga mansub qizga uylanaman, o‘zimni imperator deb e’lon qilaman va Peru hukmdoriga aylanaman. Seni esa bosh vazir etib tayinlayman va biz birgalikda ijtimoiy inqilobni amalga oshiramiz”. Gevara bunga javoban “Sen ahmoqsan, inqilob otishmasiz bo‘lmaydi!”, degan.

    Foto: Getty Images

    Safardan keyin Gevaraning o‘z oldiga qo‘ygan rejalari qat’iylashgan. Universitetda karyera qurish bo‘yicha takliflarni rad etib, kamida 10 yil amaliyotchi shifokor bo‘lishga qaror qilgan. U shifokor o‘zini keng jamoatchilik hayotini yaxshilashga bag‘ishlashi kerak deb hisoblagan. Gevara o‘sha vaqtlarda inqilobiy voqealar domida qolgan Lotin Amerikasining ko‘plab shaharlarida shifokor bo‘lib ishlagan. Gvatemalada u bo‘lajak rafiqasi Ilda Gadea va Fidel Kastroning tarafdorlari bilan tanishgan. 1954-yilda Gvatemala prezidenti Xokabo Arbensni ag‘darish uchun Gondurasdan qurollangan guruh bostirib kirgan. Gevara bosqinda havo hujumidan mudofaada ishtirok etib, qurollarni tashishda yordam ko‘rsatgan.

    U Arbens ag‘darilganidan keyin yo‘q qilinishi kerak bo‘lgan “xavfli kommunistlar” ro‘yxatiga kiritilgan. Argentina elchisi Gevaraga mamlakatni tark etib, Meksikaga ko‘chishiga yordam bergan.

    Gevara va Gadea u yerda oila qurgan, qiz farzandli bo‘lishgan. Aynan shu yerda oila Fidel Kastro bilan tanishgan, Gevara Che laqabini (do‘stona suhbatda sevinch hayqirig‘ini qo‘llaydigan argentinaliklarga xos so‘z) olgan.

    Foto: Getty Images

    Gevara Kubada qurolli inqilobni amalga oshirishga tayyorlanayotgan Kastro va boshqa inqilobchilarga qo‘shiladi. Jangchilarni tayyorlash ishlari mamlakatning turli qismlarida kichik guruhlarga bo‘lingan holda amalga oshirilgan, orolga yetib olish uchun esa “Granma” yaxtasi xarid qilingan.

    Kuba yo‘li ikki hafta vaqtni olgan. Qirg‘oqda 82 nafar isyonchidan iborat bo‘linmani 35 ming qurollangan askar, 78 ta samolyot, tanklar, harbiy kemalar va sohil xizmati qayiqlari kutib olgan. Bo‘linmaning yarmi halok bo‘lgan, 20 nafari asirga tushgan. Ammo isyonchilar dehqonlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan, ularning Gavana tomon harakatlanishiga imkoniyat yaratib bergan. 1958-yilning 28-dekabr kuni Santa Klara shahrida kurash boshlangan, 31-dekabr kuni shahar egallangan, bir kundan keyin Inqilob armiyasi Gavanaga kirgan. Inqilob g‘alaba qozongan, Kuba xalqining hayotida yangi bosqich boshlangan.

    Hukumatda Fidel Kastrodan keyingi ikkinchi odamga aylangan Che o‘ziga ishonib topshirilgan viloyatlarda pul va sanoat islohotlarini o‘tkazib, u yerdagi hayotni tezda o‘nglab olgan. 1959-yilda u inqilobchi Aleyde Marchga uylangan. U turmush o‘rtog‘i bilan Misr, Hindiston, Yaponiya, Indoneziya, Pokiston va Yugoslaviyaga borgan. Safardan qaytgach SSSR bilan shakar eksporti va neft importi bo‘yicha tarixiy bitimlarni imzolagan. Bu Kuba iqtisodiyotining AQSHdan mustaqil bo‘lishiga muhim qadam edi. Keyinroq SSSRga tashrif buyurgan Che sotsializm erishgan muvaffaqiyatdan hayratga tushganini aytgan.

    Foto: Getty Images

    Ammo davlat amaldori lavozimi Che Gevarani inqilobchalik o‘ziga qiziqtira olmagan. 1965-yilda u barcha yuqori martabali lavozimlardan, Kuba fuqaroligidan voz kechgan, yaqinlari bilan xayrlashib, jamiyat hayotiga qo‘shilib ketgan.

    U qanchadir vaqt Afrikada ham bo‘lgan, biroq u yerda xalqni ommaviy qo‘zg‘atishni tashkil etish amalga oshmagan. Shunda Che Lotin Amerikasiga yo‘l olgan, u yerda xalq Boliviyada inqilob uyushtirishga tayyorlanayotgan edi. Gevara Boliviyada partizanlik urushlariga kirishgan.

    Avvaliga Gevaraning bo‘linmalari muvaffaqiyat qozongan. Hukumat qo‘shinlari ustidan bir nechta g‘alabalarga erishilgan, boliviyalik shaxtachilar qurolli hujum tashkillashtirgan. Ammo u keskin bostirilgan va xalq tomonidan keng qo‘llab-quvvatlanmagan, Gevaraning paydo bo‘lganidan qo‘rquvga tushgan Boliviya hukumati esa AQSHdan yordam so‘ragan.

    “MRB Che Gevarachalik hech kimdan qo‘rqqan emas, chunki u Lotin Amerikasi mamlakatlaridagi an’anaviy hokimiyat ierarxiyasining siyosiy repressiyalariga qarshi kurashni boshqarish uchun zarur qobiliyat va xarizmaga ega edi”, — deb yozadi MRBning Kubadagi agenti Filip Eyji.

    Foto: Getty Images

    1967-yilning oktabrida maxsus xizmatlar yaralangan Che Gevara va uning do‘stlarini topishga muvaffaq bo‘ladi. 8-oktabr kuni ular yaqin atrofdagi qishloqlar uchun maktab vazifasini o‘tagan binoga olib kelinadi. Gevara boliviyalik ofitserlarning savollariga javob berishdan bosh tortib, faqat askarlar bilan gaplashadi va hatto o‘zining trubkasini olib qo‘yishga uringan ofitserlardan birini uradi, boshqasining yuziga tupuradi.

    O‘sha tunni Gevara o‘ldirilgan do‘stlari bilan birga polda o‘tkazadi. Soat 12:30 da yuqori qo‘mondonlikda topshiriq kelib tushgan — “Senyor Gevarani yo‘q qilishga kirishilsin”. Qatldan oldin boliviyalik askarlar Gevarani yana bir bor so‘roq qilib, qolgan isyonchilar makonini aniqlashga urinadi, ammo u hech qanday javob qaytarmaydi.

    “Meni o‘ldirgani kelganingni bilaman. Ot. Bu ishni bajar. Ot meni, qo‘rqoq! Sen faqat bitta odamni o‘ldirasan!”, — deydi Gevara jallod vazifasini bajargan serjantga. U Gevaraga to‘qqizta o‘q uzgan — avvaliga qo‘l va oyoqlariga, keyin esa ko‘kragiga. U mahalliy vaqt bilan soat 13:10 da vafot etgan.

    Foto: Getty Images

    Dushmanlarning o‘lgan Chedan ham qo‘rquvi shu qadar katta bo‘lganidan, u otib o‘ldirilgan uy yer bilan bitta qilingan va Gevara ko‘milgan joy sir saqlangan. 1997-yilning iyunida Argentina va Kuba olimlari afsonaviy komandantening qoldiqlarini topish va tanishga muvaffaq bo‘lgan. U Kubaga ko‘chirilib, 1997-yilning 17-oktabrida Santa Klara shahridagi mavzoleyga hurmat-ehtirom bilan ko‘milgan.

    Rossiyadan yordam so‘ragan Koreya qirolichasining o‘ldirilishi

    1895-yilning 8-oktabr kuni Chosonning 26-imperatori Kojonning rafiqasi, keng ta’sir doirasiga ega qirolicha Min o‘ldirilgan edi. Yapon diplomatlarining qirolichani o‘ldirilishiga aloqadorligi bo‘yicha dalillar ulardan biri o‘z vataniga yuborgan maktubda topilgan.

    Foto: Homsk

    Yaponiyalik diplomat Kumaiti Xorigutining yaqinda topilgan maktubida shunday so‘zlar bor: “Biz qirolichani o‘ldirdik”. Shundan keyin u qotillikka bog‘liq jarayonni batafsil izohlagan. Mazkur jinoyatda yaponiyalik ofitserlar, diplomat va oddiy fuqarolar ishtirok etgan.

    Bir guruh shaxslar Seuldagi Kenbokkun qirollik saroyiga 1895-yil 8-oktabr tongida hujum uyushtirib, qirolichani qilichdan o‘tkazgan. Uni o‘ldirib bo‘lgach, ustidan moy sepib, yoqib yubormoqchi bo‘lishgan.

    Qotillik qirolicha Rossiyadan Koreyada yapon ta’sirini bartaraf etish bo‘yicha yordam so‘raganidan keyin sodir etilgan. Bu Rossiya, Germaniya va Fransiyaning Shimonoseki shartnomasi shartlariga muvofiq diplomatik aralashuvi edi.

    Qirolichaga qarshi fitna uyushtirganlar

    Qirolichaga qarshi fitna uyushtirganlar
    Foto: Homsk

    Yaponiya Birinchi xitoy-yapon urushidagi g‘alabadan keyin Sin sulolasi bilan bitim imzolagan. Biroq Rossiyaning diplomatik aralashuvi Yaponiyani Lyaodun yarimorolini Sin sulolasiga qaytarishga majbur etib, mamlakatning Koreyadagi ta’sirini kuchsizlantirgan.

    Koreyadagi konsulning yordamchisi bo‘lib ishlagan Kumaita Xoriguti tomonidan yozilgan sakkizta maktub topilgan. U mazkur xatlarni Nakadoridagi yaqin do‘sti, Xitoy klassikasi ishqibozi bo‘lgan Teyse Takeisiga yo‘llagan. Xatlarga 1894-yil 17-noyabrdan 1895-yil 18-oktabrgacha bo‘lgan sanalar qo‘yilgan.

    Imperator Kojon

    Imperator Kojon
    Foto: Homsk

    Nagoyadagi markalar bo‘yicha ekspert Stiv Xasegava ushbu maktublarni noyob buyumlar sotiladigan bozordan xarid qilgan. “Koreya qirolichasining o‘ldirilishi va yaponlar” kitobining muallifi, tarixchi Kim Mun Ja maktublarni tahlil qilgan. Sakkizta maktubning oltinchisiga 1895-yil 9-oktabr sanasi tushirilgan bo‘lib, unda Xoriguti qotillik kunida nimalar qilganini batafsil so‘zlagan.

    Uning yozishicha, hujum uyushtirganlar guruhi saroyning g‘arbiy qismini egallab, qirolichani o‘ldirgan. “Qotillar orasida mening rolim kirishdan iborat edi. Devorga chiqdim… Qirollik qarorgohining g‘arbiy qismiga chiqib borib, qirolichani o‘ldirdik”, — deyiladi maktubda.

    Qirolicha Minning dafn marosimi

    Qirolicha Minning dafn marosimi
    Foto: Homsk

    U hatto jinoyatdan keyin nimani his qilganini ham yozgan: “Qotillik kutilmagan darajada oson bo‘lib chiqqanidan hayratda edik”.

    “Mabetex ishi” — zamonaviy Rossiyadagi eng shov-shuvli korrupsiya mojarolaridan biri

    24-yil oldin “Mabetex ishi” nomini olgan shov-shuvli korrupsiya mojarosi sodir bo‘lgandi. Unda Shveysariyaning Mabetex Engineering qurilish kompaniyasi, uning Merceta Trading & Engineering SA sho‘ba korxonasi va Rossiyaning birinchi prezidenti Boris Yelsin atrofidagilar ayblangan. Ish hujjatlari davomi davlat amaldorlari pora evaziga mazkur kompaniyalarga Kremlni restavratsiya qilish bo‘yicha manfaatli shartnomani taqdim etgani ma’lum bo‘lgan. Tergov bilan Rossiya, Shveysariya va Italiya prokurorlari hamda tergovchilari shug‘ullangan. 1998-yilning 8-oktabr kuni Rossiya bosh prokurorining ko‘rsatmasiga binoan prezident Ishlar boshqarmasi boshlig‘iga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

    Mojaro nimadan boshlangan edi?

    Barchasi 1998-yilning bahorida Shveysariyaning Banco del Gottardo banki maslahatchisi Filipp Turover restavratsiya ishlaridan keyin Kremlni qabul qilib olgan komissiya boshlig‘i Rossiya prezidentning ishlar boshqaruvchisi Pavel Borodinga qarshi ko‘rsatma bergan. Xususan, Shveysariya bosh prokurori Karl del Ponte bilan suhbatda u Rossiya prezidenti Ishlar boshqarmasi amaldorlari Mabetex firmasi bilan shartnoma imzolashda o‘z mansablarini suiiste’mol qilganini bildirgan. Ponte Moskvaga kelib, Rossiyaning o‘sha vaqtdagi bosh prokurori Yuriy Skuratov bilan uchrashgan va unga Turoverning ko‘rsatmalari haqida aytgan.

    Rossiya prezidenti Ishlar boshqarmasining sobiq boshlig‘i Pavel Borodin

    Rossiya prezidenti Ishlar boshqarmasining sobiq boshlig‘i Pavel Borodin
    Foto: Wikimedia

    Ish nimadan iborat edi?

    Turoverning Shveysariya prokuraturasiga bergan ko‘rsatmasida ta’kidlanishicha, Mabetex va Mercata firmalari vakillari Rossiyaning qator fuqarolari, jumladan, Rossiya prezidentining ishlar boshqarmasi boshlig‘i Pavel Borodinning hisob raqamiga 60 million dollarga yaqin mablag‘ o‘tkazib bergan. Shuningdek, u o‘tkazilgan mablag‘lar firmalarga Kremlni rekonstruksiya qilish bo‘yicha foydali shartnomalarni qo‘lga kiritish uchun “komissiya puli” ekanini ma’lum qilgan.

    1998-yilning oktabrida Skuratov Moskvada Turover bilan uchrashuvidan keyin o‘z maslahatchisiga mansab vakolatini suiiste’mol qilish bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atishni topshirgan. Ish tergovi davomida Kreml binosidagi restavratsiya ishlarining smetasi 30-60 foizga oshirib ko‘rsatilgani aniqlangan. Borodin va uning o‘rinbosari mazkur ishda asosiy gumonlanuvchiga aylangan. Shuningdek, Mabetex ofisida, keyinroq esa Rossiya prezidentining Ishlar boshqarmasida tintuv o‘tkazilgan. Mabetex rahbari Bexjet Patsollini shaxsan Karlo del Ponte so‘roq qilgan.

    Boris Yelsinning mojaroga munosabati

    1999-yilning 2-aprelda Rossiya prezidenti Boris Yelsin Skuratovni “o‘ziga qarshi qo‘zg‘atilgan jinoiy ish bo‘yicha tergov vaqtida” degan jumla bilan Rossiya bosh prokurori lavozimidan ozod qiladi (Borodin 2000-yilning yanvarida boshqa ishga o‘tkaziladi). Tergovni Rossiya bosh prokuraturasi o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tergov boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Georgiy Chuglazov davom ettiradi. Uning ko‘rsatmasi bilan Bosh prokuratura Moskva viloyati boshqaruvi organlariga Borodin, uning rafiqasi, yosh bolalari, qizi Yekaterina Sileskaya va kuyovi Andrey Sileskiyning ko‘chmas mulklari bo‘yicha so‘rov yuboradi.

    Yelsin va Borodin

    Yelsin va Borodin
    Foto: “Aif.ru”

    2000-yilning iyunida Shveysariyaning o‘sha vaqtdagi sud tergovchisi Deniel Devo Patsolliga nisbatan 4 million dollarni “yuvish” ayblovini e’lon qiladi. Ayblov matniga ko‘ra, Patsolli Rossiyada imzolangan shartnomalar bo‘yicha noqonuniy foyda ko‘rishni maqsad qilgan jinoiy guruh a’zosi sifatida keltirilgan. O‘sha oyda mazkur firmalar orqali 65 million dollar “yuvilgani” aniqlangan. Shveysariyada “pul yuvish” ishi bo‘yicha jami 14 kishiga, jumladan, Borodin, uning qizi va kuyovi, shuningdek, Mercata firmasi rahbari Viktor Stolpovskixga nisbatan tergov olib boriladi.

    Shveysariya prokuraturasining harakati

    Tergovga Shveysariya prokuraturasi ham qo‘shilgan. 1999-yilning 15-iyul kuni Jeneva prokurori tomonidan Borodinga nisbatan noqonuniy qo‘lga kiritilgan pullarni “yuvish” bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Shuningdek, matbuotga Shveysariya prokuraturasi Borodin va uning rafiqasini hisob raqamlariga hibs qo‘yilgani ma’lum qilingan.

    Foto: “RBK”

    Mazkur ish jamoatchilikning keskin noroziligiga sabab bo‘lgan. OAVlar Mabetex firmasi tomonidan Shveysariyada Boris Yelsin va uning ikki qizi nomiga hisob raqamlar ochilganini yoza boshlagan. Merceta va Mabetex firmalari bilan hisob-kitoblarni Rossiya moliya vazirining birinchi o‘rinbosari Mixail Kasyanovning shaxsan o‘zi tayyorlagani to‘g‘risida ma’lumotlar paydo bo‘lgan.

    Borodinning Shveysariyaga ekstraditsiyasi

    2001-yilning yanvarida Rossiya va Belarus Ittifoq davlatlari bosh kotibi bo‘lgan Borodin AQSH prezidenti Jorj Bushning inauguratsiyasiga kelishga taklifnoma oladi. Biroq AQSH elchixonasi vaqt kamligi sabab uning diplomatik pasportiga viza bosishdan bosh tortadi. Shu sababli u AQSHga oldinroq viza urilgan fuqarolik pasporti bilan uchishga majbur bo‘ladi. Nyu-Yorkka yetib kelishi bilan rossiyalik amaldorni FQB Shveysariya hukumatining so‘roviga ko‘ra hibsga oladi. Mart oyida Borodin Amerika sudidan garov evaziga qo‘yib yuborishlarini so‘raydi, ammo unga rad javobini berishadi. Rossiya Bosh prokuraturasining shveysariyalik hamkasblariga yo‘llagan xati ham yordam bermaydi.

    Foto: Wikimedia

    2001-yilning aprel boshida Borodin Shveysariyaga ekstraditsiya qilinadi. U Jenevadagi qamoqxonaga joylashtirilgan. U noqonuniy orttirilgan pullarni “yuvish”da ayblangan. Borodin barcha ayblovlarni to‘liq rad etgan.

    Italiya prokuraturasining tergovi

    Shov-shuvli ish tergoviga 2003-yilda Italiya prokuraturasi ham kelib qo‘shiladi. Ular Vigo-di-Fasa shahrida joylashgan Raiffeisen bank bo‘linmasi orqali amalga oshirilgan pul o‘tkazmasini aniqlaydi. Ushbu hisob raqam “Rosvorujeniye” kompaniyasi sobiq rahbarining rafiqasi Olga Annayevga tegishli bo‘lgan.

    2005-yilda Trento shahri prokuraturasi sakkiz nafar Rossiya fuqarosini, jumladan, Annayevani, Rossiya Davlat bojxona qo‘mitasi sobiq rahbari Anatoliy Kruglovning qarindoshlari hibsga olishga order bergan. Trento shahri prokurori Annayevni Raiffeise hisobiga kelib tushgan 2,7 million dollarni yuvishda ayblagan. Italiyalik tergovchilar gumonlanuvchilar Kremlni rekonstruksiya qilish shartnomalari uchun jami 62 million dollardan ortiq porani qo‘lga kiritganini aniqlagan.

    2001-yilning aprelida Borodin 5 million Shveysariya franki evaziga ozod etiladi va Rossiyaga jo‘nab ketadi. O‘sha oyning o‘zida unga qo‘yilgan ayblovlar olib tashlangan. 2001-yilda Borodin so‘roq uchun bir necha bor Shveysariyaga kelib-ketgan.

    Salkam bir yildan keyin Stoplovskix, Patsolli va Borodinga nisbatan jinoyat ishi to‘xtatilgan. Borodin 300 ming Shveysariya franki miqdorida jarimaga tortilgan.

    “Kun xronologiyasi” loyihasi doirasida har kuni ertalab soat 09:30 da ushbu sanaga bog‘liq eng muhim va qiziqarli voqealar yoritib boriladi.

    Mavzuga doir: Afg‘onistonda urush boshlagan AQSH, dispetcher xatoligi sabab qulagan samolyot va Putinning tug‘ilgan kunida o‘ldirilgan faol jurnalist. Kun xronologiyasida 7-oktabr

    08.10.2022, 09:30   Izoh (0)   62192
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qrim ko‘prigida portlash yuz berdi va yong‘in boshlandi (foto va video)

    08.10.2022, 09:30

    Rossiya hududlarida safarbarlik munosabati bilan Yangi yil tadbirlari va boshqa bayramlar bekor qilina boshlandi

    07.10.2022, 23:41

    Putin ham, Zelenskiy ham G20 sammitiga borishga rozilik bildirdi

    07.10.2022, 22:26

    “Putinning atrofidagi kishilardan biri unga Ukraina bilan urushdagi xatolar haqida aytgan” — AQSH razvedkasi

    07.10.2022, 21:59

    “Tinchlik mukofotini bir mamlakatga hujum qilgan ikki davlat vakillari oldi” — Zelenskiy ofisi Nobel qo‘mitasini tanqid qildi

    07.10.2022, 21:24

    Ukraina BMT va Yevroittifoqqa Rossiyaning jinoyatlari uchun xalqaro tribunal tuzishni so‘raydi

    07.10.2022, 21:18
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ishga borish taqiqlanadi: Isroildagi o‘zbekistonliklar yangi cheklovlar haqida ogohlantirildi

    O‘zbekiston | 22 iyun, 11:18

    Eron yadro obyektlaridagi ehtimoliy halokatning O‘zbekistonga ta’siri bormi?

    O‘zbekiston | 22 iyun, 10:54

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Inter” va “Fluminense”dan g‘alaba, Ramos boshchiligidagi “Monterrey” ikkinchi bahsda ham durang o‘ynadi (video)

    Sport | 22 iyun, 10:37

    AQSH Eronning uchta yadroviy obyektiga zarba berdi

    Dunyo | 22 iyun, 09:20

    O‘zbekistonda davlat organlari faolligining milliy reytingi joriy etiladi

    O‘zbekiston | 22 iyun, 09:05

    Tramp “Amerika ovozi”ning 639 nafar muxbirini ishdan bo‘shatdi

    Dunyo | 21 iyun, 23:50

    FVV aholiga soat 10:00 dan 17:00 gacha tik tushadigan quyosh nurlari ostida bo‘lmaslikni tavsiya qildi

    O‘zbekiston | 21 iyun, 23:30

    Braziliyada havo shari qulashi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 21 iyun, 23:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.