• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Uydagi oxirgi sigirni sotib, Parijga bilet olganmiz” — Fransiya hukumati nazariga tushgan o‘zbekistonlik tadbirkor ayol Bahor Budo

    Dunyoning turli nuqtalariga ishlash uchun ketib, keyinchalik ishbilarmonga aylangan o‘zbekistonliklar ko‘pchilikni tashkil etadi. Asli xorazmlik bo‘lgan Bahor Budo ham tadbirkor sifatida Fransiya hukumati nazariga tushgan vatandoshlardan. Uzoq yillardan beri Lion shahrida yashayotgan bu ayol turli loyihalari orqali ishsizlikka qarshi kurashmoqda. Muhim yumushi sabab O‘zbekistonga kelgan Bahor Budo bilan poytaxtdagi Amir Temur xiyobonida ko‘rishib, suhbatlashdik.

    — Xorazmning chekka bir qishlog‘ida tug‘ilgan ayolning Fransiyaga ketib, yashab qolishi ko‘pchilikka qiziq. Keling, suhbatimizni shundan boshlasak.

    — Xorazm viloyatining Gurlan tumanidagi Vazir qishlog‘ida tug‘ilganman. Oddiy baliqchining qiziman. Onam tikuvchi bo‘lgan. Mustaqil shaxs sifatida shakllanishim, jamiyatda o‘rnimni topishimda onam ko‘proq qo‘llab-quvvatlagan. Maktabda fransuz tili o‘qitilgani bois shu tilga qiziqishim kuchli bo‘lgan. Paxta dalalarida ham qo‘limda kitob olib yurardim.

    Foto: “Daryo” / Ilhom Xursanaliyev

    2000-yili O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining fransuz tili yo‘nalishiga shartnoma asosida o‘qishga kirganman, ammo o‘qimaganman. 2001-yilda ham kontrakt asosida talabalikka qabul qilindim. Lekin moddiy tomondan sharoitimiz yaxshi emasligi uchun bir yil tikish-bichish bo‘yicha ishladim, somsa sotish, lag‘mon qilish orqali pul topdim. Uchinchi yili yana kontraktga tushdim. Onam “Boshqa ilojimiz yo‘q, bu safar, albatta, o‘qiysan, ishonchimni oqlab, mustaqil bo‘lishining kerak”, deya meni Toshkentga tashlab ketgan. Ko‘rib turibsiz, poytaxt juda katta, bir qarashda odamni yutib ketadi (kuladi).

    Foto: Bahor Budoning shaxsiy arxividan

    Bir amallab, to‘rt yillik o‘qishni tamomlagach, negadir O‘zbekistonda o‘rnimni topishim qiyin bo‘ldi. Tanish-bilishim yo‘q edi, bunga balki korrupsiya ham xalal bergandir. Shundan so‘ng, 2007-yili madaniyat almashuv dasturi orqali Fransiyaga ketishga qaror qildim. Mazkur dasturda sizga talabalik maqomi beriladi, viza olasiz, fransuz oilasiga qabul qilinasiz. Ma’lum muddat o‘sha oilada yashab, bola parvarishi va boshqa ishlarga yordamlashasiz, shu vaqt ichida ham til, ham madaniyatni o‘rganasiz. Barcha xarajatlar bepul bo‘ladi. Shu tariqa Fransiyaga ketganman. Uydagilar oxirgi sigirni sotib, puliga bilet olib berishgan.

    — Fransiya va fransuzlarning yashash tarzi, qonun-qoidalari, urf-odatlari O‘zbekistondan butunlay farq qiladi. Yillar davomida qanday qiyinchiliklarni yengib o‘tishingizga to‘g‘ri keldi?

    — Fransuz tilini yaxshi bilaman, hammasi oson kechadi, qiynalmayman, degan o‘y bilan ketgandim. Ammo chuchvarani xom sanagan ekanman. Boy oilaga tushib qolganim uchun hamma o‘z ishini qilib, xonasiga kirib ketardi, bir-birimiz bilan o‘zaro aloqa yo‘q edi. Boshida fransuzlarning madaniyati, ishlash qoidalarini tushunmasdan ancha qiynaldim. Bir-birimizga yordam berish va bo‘ysunishga g‘ururim yo‘l qo‘ymasdi. To‘qqiz oy bir oilada yashagach, u yerdan ketdim. Chunki belgilangan muddat tugagan edi. Shu vaqt ichida taqdir ekan, parkda turmush o‘rtog‘imni uchratib qoldim.

    Bahor Budo farzandlari bilan

    Bahor Budo farzandlari bilan
    Foto: Bahor Budoning shaxsiy arxividan

    O‘sha paytlarda tikuvchilik bilan shug‘ullanish fikri tug‘ilib qoldi. Fransiyaga endi borgan davrimda qarzga tikuv mashinasi xarid qilgandim. Onam o‘rgatgan hunarni shu davlatda yanada rivojlantiraman, deya qaror qildim.

    2010-yili turmushga chiqdim, fransuzlardek yashash, karyera qilish huquqini qo‘lga kiritdim. Keyin “Bahor” nomli kichkina korxona ochdim. Ammo uning faoliyatidan u darajada qoniqmasdim, baribir qiynaldim. Yaqinlarimga yordam berish va moliyaviy tomondan mustaqil bo‘lish maqsadida qo‘shimcha ishlar bilan ham shug‘ullandim.

    — Turli millat vakillari bo‘lgan xotin-qizlarga hunar va til o‘rgatar ekansiz. Bu loyihani boshlashingizga nima sabab bo‘ldi?

    — To‘yimizdan so‘ng boshqa bir tumanga ko‘chib o‘tdik. U yerda 42 millat vakillari yashaydi, qiyin sharoitda yurgan muhojir ayollar ko‘pchilikni tashkil etadi. Bir kuni turmush o‘rtog‘im “Tikuvchilik bo‘yicha shu ayollar bilan biror loyiha qilsang bo‘lmaydimi? Sen ularga muhtoj, ular senga muhtoj. Bu sohada bir kishiga hamma ishni eplash qiyin”, deb maslahat berdi. Onam qishloq ayollariga o‘rgatgan hunarini Fransiyada ommalashtirishni niyat qilib yurgandim. Umr yo‘ldoshimning fikridan keyin olti oy davomida loyiha ustida ish olib bordim. Bu qaror orqali fransuz jamiyatidagi bir qator muammoga yechim topish ko‘zda tutilgan bo‘lib, “Bahor” brendi jamiyatga foydasi tegadigan korxona bo‘lishini istadim.

    Foto: Bahor Budoning shaxsiy arxividan

    2018-yilda “Eco Couture” assotsiatsiyasini tashkil etdim. Bu loyiha orqali immigratsiya orqali kelgan ayollarga til va tikuvchilikni o‘rgatamiz. Boshida suhbatlashamiz, tikishga qiziqishi bo‘lsa, jamoaga jalb etamiz. Zo‘ravonlikka uchragan, ishlash uchun ruxsat berilmagan ayollar moliyaviy mustaqil bo‘lish, o‘z o‘rnini topishga qaror qilib, bizga murojaat etishadi.

    Bugungi kunda o‘nlab ayollarni tadbirkorlikka ham tayyorlayapman. Rossiya, Checheniston, Turkiya taraflardan borgan ayollarda mustaqil bo‘lish, o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga intilish kuchli. Bu, albatta, yaxshi holat. Shuningdek, kollej talabalariga ham hunar o‘rgatamiz.

    Foto: Bahor Budoning shaxsiy arxividan

    Dizaynerlik maktablari bilan hamkorlikda ishlaymiz. Mustaqil faoliyat boshlagan ayollarga qiyin vaziyatlarda ham yordam beramiz. Ularga shunchaki til va tikishni o‘rganish bilan kifoyalanmaymiz. Kredit yoki boshqa masalalarda muammoga duch kelsa, albatta, yordam qo‘lini cho‘zamiz va birga hal qilamiz.

    — Ushbu loyihangiz Fransiya hukumati tomonidan qanday baholandi?

    — Mamlakat hukumati bu kabi ijtimoiy loyihalarga befarq emas, doim qo‘llab-quvvatlaydi. Mazkur loyiham 2018-yili Fransiyaning eng yaxshi olti loyihasidan biri sifatida e’tirof etildi. Iqtisodiyot va moliya vaziri Bruno La Mer bilan ijtimoiy tadbirkorlikni rivojlantirish, ularga yanada yordam berish masalasida bir soat muloqot qilganman. Ular bilan hozirgacha aloqadamiz, hisobot topshiramiz. Bundan tashqari, Mehnat, bandlik va intergratsiya vaziri, yirik bank rahbarlari ham loyihamizga qiziqish bildirgan.

    Fransiya Iqtisodiyot va moliya vaziri Bruno La Mer tadbirkorlar davrasida

    Fransiya Iqtisodiyot va moliya vaziri Bruno La Mer tadbirkorlar davrasida
    Foto: Bahor Budoning shaxsiy arxividan

    — O‘zbekiston hukumati kambag‘allikka qarshi kurashish maqsadida “temir daftar”, “ayollar daftari”, “yoshlar daftari”ni yo‘lga qo‘ydi. Bu qanchalik samara beradi, deb o‘ylaysiz?

    — Bularning barchasi ayollarning yashash tarzini o‘lchagan holda yo‘lga qo‘yilgan bo‘lishi mumkin. Bu loyihalarni batafsil o‘rganib chiqishga hali vaqtim bo‘lmadi. Ayollar muammosi bilan shug‘ullanish, yordam berish va qo‘llab-quvvatlash gapirilishi emas, qilinishi kerak bo‘lgan ish o‘zi. O‘zbekistonda bu qanday bo‘lyapti bilmayman, samarasini ham aytolmayman. Umid qilamanki, natijasi yaxshi bo‘ladi.

    — Fransiyaliklar O‘zbekistonni qay darajada biladi? Ular mamlakatni yaxshi bilishi uchun nimalar qilish kerak?

    Foto: “Daryo” / Ilhom Xursanaliyev

    — Men bilgan fransuzlarning barchasi O‘zbekistonga nisbatan ijobiy fikrda. Shu qadar mehmondo‘stmizki, bu ko‘p kamchiligimizni yopib yuboradi. Masalan, turmush o‘rtog‘im O‘zbekistonga kelib, yashashga ham rozi (kuladi).

    Mamlakatni yanada tanitish uchun xalqaro medialarga ko‘proq intervyular berish kerak, menimcha.

    Foto: Bahor Budoning shaxsiy arxividan

    — Yuqorida turli millat vakillari bilan bir hududda yashayman, dedingiz. Turfa sharoit va xarakterdagi odamlar orasida yashash sizni xavotirga solmaydimi?

    — Xavf hamma joyda bor, bugun kim qayerda o‘lishini bilmaydi. Lekin u jamiyat orasida o‘zimni xavf ostida, deb his qilmayman. Ular ham menda yomonlik yo‘qligini sezishadi. Hammamiz insonmiz, o‘zaro hurmat bilan yashashimiz kerak. Insonning millati yoki diniga qarab muloqot qilmayman.

    Foto: “Daryo” / Ilhom Xursanaliyev

    — Qanday paytlarda O‘zbekistonga butkul ko‘chib kelish fikri tug‘iladi?

    — Lionda uch-to‘rt kunlab quyosh chiqmagan paytlarda. Quyoshni sog‘inaman. Uxlashdan oldin ham, ertalab ham baribir qishlog‘imni eslayman. Chang bosgan ko‘chalar har doim xayolimda.

    — Shaxsiy hayotingizga ham to‘xtalib o‘tsangiz?

    — Turmush o‘rtog‘im fransuz, mening birinchi maslahatchim. U ham ijtimoiy muammolarga befarq emas. Hozir ikki farzandim bor. O‘g‘lim Yoqub, qizim Maryam o‘zbek va rus tillarini kam biladi. Lekin ular men ulg‘aygan joylarda katta bo‘lishini istayman. Ta’til paytlari O‘zbekistonga jo‘natib, qishloq ko‘chalarida yalangoyoq yurishlarini xohlayman.

    Loyihaning to‘liq variantini “Daryo”ning YouTube’dagi sahifasi orqali tomosha qilishingiz mumkin.

    Mirolim Isajonov suhbatlashdi.

    Tasvirchi va montajchi: Ilhom Xursanaliyev

    13.03.2022, 09:05   Izoh (0)   153322
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Soliq mobil ilovasida salkam 11 mln odam ro‘yxatdan o‘tgani maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 10 may, 14:15

    Bollivud qiroli Shohrux Xon Met Gala baliga 18 qirotli oltindan yasalgan hassa bilan tashrif buyurdi

    Layfstayl | 10 may, 13:40

    “Real”ning eng “qariya” futbolchisi — Arda Gyuler. Turkiyalik yarim himoyachining laqabini bilasizmi?

    Sport | 10 may, 13:20

    Shirinlik va zararli mahsulotlarga o‘chlikdan qutulish uchun ularning o‘rniga nima yeyish kerak?

    Layfstayl | 10 may, 12:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.