• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12497.75
    • RUB156.79
    • EUR14658.61
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Iqtisodiyot

    O‘zbekiston nega AQSHdan paxta import qilmoqchi?

    O‘zbekiston o‘zining yirik ishlab chiqarish hajmlariga qaramay, AQSHdan paxta xarid qilishi mumkinligi haqidagi xabar muhokamalarga sabab bo‘lgach, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Tashqi savdo departamenti rahbari Inomjon Abdurahmonov buning sababi haqida batafsil tushuncha berib, bu yerda gap O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlarining jahonning premium bozorlaridagi mavqeini mustahkamlashga qaratilgan strategik qadam haqida ketayotganini bildirdi.

    Foto: Cotton USA

    Inomjon Abdurahmonovning qayd etishicha, bu orqali mamlakat xalqaro brendlar bilan hamkorlik qilish imkoniyatini oshirib, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulot ishlab chiqarish va eksport hajmini kengaytirishni maqsad qilmoqda.

    Eksport uchun import qilinayotgan paxta

    Inomjon Abdurahmonovning bildirishicha, so‘nggi yillarda O‘zbekiston to‘qimachilik sohasida katta o‘sishga erishdi: paxta ipi, trikotaj mato va tayyor kiyim-kechak ishlab chiqarish bir necha barobar ko‘paydi, ichki qayta ishlash darajasi esa 100 foizga yetdi. O‘zbekiston to‘qimachilik fabrikalarining mahsulotlari hozirda 75 dan ortiq mamlakatga eksport qilinmoqda. Barcha imkoniyatlar xomashyoni yetishtirishdan tortib tayyor kiyim-kechak ishlab chiqarishgacha bo‘lgan to‘liq siklni rivojlantirishga qaratilgan.

    Shu bilan birga, bunday yutuqlar yangi vazifalarni ham yuzaga chiqardi. Endilikda O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati AQSH va Yevropa Ittifoqining premium bozorlarida o‘z o‘rnini mustahkamlashi lozim. Bu bozorlarda yuqori sifat standartlari, xomashyoning kelib chiqishini kuzatish imkoniyati (traceability) va ishlab chiqarishning ekologik barqarorligi muhim ahamiyatga ega. Bunday global brendlar talablariga mos kelish uchun faqat ichki imkoniyatlar yetarli bo‘lmasligi mumkin. Shu sababli maxsus navli paxtani import qilish zarurati yuzaga kelgan.

    Foto: Facebook / Inomjon Abdurakhmonov 
    “Ko‘pchilikda savol tug‘iladi: agar mamlakatda paxta yetarli bo‘lsa, nega uni import qilish kerak? Muhim jihati shundaki, import hech qachon mahalliy xomashyoni almashtirish uchun mo‘ljallanmagan. Aksincha, u faqat aniq buyurtmalarni bajarish uchun kerak bo‘ladigan joylarda uni to‘ldiradi. O‘zbekiston har yili 1–1,15 million tonna paxta tolasi ishlab chiqaradi va bu hajmning barchasi allaqachon mahalliy fabrikalarda qayta ishlanadi. Boshqacha aytganda, mahalliy paxta to‘liq ichki ehtiyoj uchun ishlatilmoqda”, deydi Inomjon Abdurahmonov.

    Import qilinadigan paxta faqat yuqori sifat va sertifikatlashning xalqaro standartlari talab qilinadigan ishlab chiqarish liniyalari va shartnomalarga yo‘naltiriladi. Shunday qilib, tashqi bozordan paxta xaridi mahalliy fermerlarga raqobat tug‘dirmaydi (ularning mahsuloti allaqachon to‘liq iste’mol qilinmoqda), balki sifatning yangi bosqichiga chiqish uchun maqsadli vosita bo‘lib xizmat qiladi.

    Jahon yetakchilari tajribasi

    Turkiya, Bangladesh, Vyetnam, Hindiston, Indoneziya, Kambodja, Meksika va hatto Xitoy har yili AQSH, Braziliya, Avstraliya va Afrika davlatlaridan katta hajmda paxta import qiladi. Bu ularga global moda bozori talablariga javob beradigan, sertifikatlangan va kuzatish imkoniyatiga ega (traceability) mahsulot ishlab chiqarish imkonini beradi. Ya’ni o‘z yengil sanoatini global mijozlar talablariga javob beradigan sifatli xomashyo bilan ta’minlaydi. O‘zbekiston ham Made with U.S. Cotton yorlig‘i orqali premium segmentga chiqishni rejalashtirgan.

    Amerika paxtasining afzalligi

    AQSH paxtasi tolasi barqaror yuqori sifati bilan mashhur bo‘lib, U.S. Cotton Trust Protocol — yetkazib berish zanjirini standartlashtirish va kuzatishning zamonaviy tizimiga mos keladi. Sertifikatlangan amerika xomashyosidan foydalanish yakuniy mahsulotni Made with U.S. Cotton degan nufuzli yorliq bilan belgilash huquqini beradi. Bir qator yirik brendlar uchun bu shunchaki marketing emas, balki hamkorlikning majburiy shartidir. Masalan, Levi’s, Ralph Lauren, PVH, Puma, Gap, Tesco kabi kompaniyalar kolleksiyalarning bir qismi ushbu dasturga kiruvchi paxtadan tayyorlanishini talab qiladi. Shunday qilib, Amerika paxtasini xarid qilish o‘zbek fabrikalariga ilgari imkoni bo‘lmagan global brendlar bilan shartnomalar tuzish yo‘lini ochadi. Sotib olinadigan xomashyo dunyoga mashhur Strict Middling paxta navi hisoblanadi. Bu navni O‘zbekistonda yetishtirishning hozircha imkoni yo‘q.

    AQSH paxtasini sotib olishning moliyaviy jihati

    Amerika paxtasini xarid qilish AQSH Qishloq xo‘jaligi vazirligining GSM-102 dasturi doirasida rejalashtirilmoqda. Bu kredit kafolatlari mexanizmi bo‘lib, unga ko‘ra o‘zbek korxonalari xomashyoni 12–18 oygacha to‘lovni kechiktirish sharti bilan olishi mumkin. Amalda, Amerika tomoni bitim summasining 98 foizigacha bo‘lgan qismini sug‘urtalaydi va ishlab chiqaruvchilarga paxtadan foydalanish, keyin esa kelajakdagi eksport tushumidan qiymatini to‘lash imkonini beradi. Bunday sxema rivojlanayotgan bozorlar uchun foydali va moslashuvchan bo‘lib, ko‘plab mamlakatlar tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini import qilishda keng qo‘llanadi. O‘zbekiston uchun GSM-102 da ishtirok etish kompaniyalar aylanma mablag‘lariga darhol yuklama tushirmasdan yuqori sifatli xomashyoga imtiyozli moliyaviy sharoitlardan foydalanishni anglatadi.

    Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Tashqi savdo departamenti rahbarining so‘zlariga ko‘ra, kiyim-kechak eksportchilari oldingi qatorlarida bo‘lish O‘zbekistonning eksport obro‘sini yuksalishiga olib keladi. Bu esa logistika va dizaynga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

    “Nike yoki H&M kabi brendlar uchun yetkazib beruvchi bo‘lish — bu ‘yuqori liga’da o‘ynash demakdir, va bunday darajadagi reklama juda katta ahamiyatga ega”, dedi u.

    Inomjon Abdurahmonov o‘z xulosasida rejalashtirilgan paxta importini majburiy choradan ko‘ra rivojlanishning puxta o‘ylangan strategiyasi sifatida ko‘rish kerakligini, O‘zbekiston sifat va obro‘ga investitsiya qilayotgani bu esa albatta o‘z samarasini beradigan sarmoya ekanligini aytdi.

    2024-yil fevralida “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi rahbariyati va AQSHning Cotton Council International kompaniyasi vakillari Toshkentda ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qilgandi. O‘shanda Amerika paxtasi afzalliklari sanab o‘tilgan va tomonlar paxta tolasini import qilishni tashkillashtirish hamda uni moliyalashtirish masalalarini ko‘rib chiqqandi.

    14 avgust, 14:58   Izoh (0)   2697
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit

     

    Tavsiya etamiz

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yaponiyada yangi tug‘ilgan chaqaloq hidiga o‘xshash atir yaratildi

    Ilm-fan | 14 avgust, 17:30

    Xalqaro sertifikati yo‘q o‘qituvchilarni ishdan bo‘shatish bo‘yicha ko‘rsatma berilmagan — vazirlik

    O‘zbekiston | 14 avgust, 17:17

    Peru sobiq prezidenti hibsga olindi

    Dunyo | 14 avgust, 17:15

    “Uenzdey” seriali mualliflari Addamslar oilasi haqida multfilm ishlab chiqaradi

    Kino | 14 avgust, 16:55

    Shavkat Mirziyoyev Fransiya elchisini “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 16:47

    Tramp Putinga tinchlik uchun tabiiy boyliklarni taklif etmoqchi — The Telegraph

    Dunyo | 14 avgust, 16:40

    UEFA Superkubogi bahsi oldidan G‘azodagi urushga qarshi banner namoyish etildi (foto)

    Sport | 14 avgust, 16:35

    Qirg‘iziston 3,5 tonna pistani O‘zbekistonga qaytarib yubordi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 16:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.