• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12915.9
    • RUB162.44
    • EUR14658.25
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev Suma Chakrabarti bilan O‘zbekistonning JSTga aʼzo bo‘lish jarayonidagi keyingi qadamlarni muhokama qildi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-noyabr kuni iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchi Suma Chakrabarti bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    “O‘zbekiston - 2030” strategiyasini joriy yilgi davlat dasturi doirasida amalga oshirishning holati hamda kelgusi yilda islohotlarni yanada ilgari surish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

    Davlat boshqaruvida kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

    Uchrashuvda O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga aʼzo bo‘lish jarayoni doirasidagi keyingi qadamlar muhokama qilindi. Milliy qonunchilikni JST qoidalari va talablari bilan uyg‘unlashtirishni jadallashtirish, shuningdek, mamlakatning global reytinglardagi o‘rnini yaxshilash bo‘yicha ishlarni davom ettirish zarurligi qayd etildi.

    Prezident rejalashtirilgan barcha loyihalarni o‘z vaqtida amalga oshirish, strategik islohotlar kun tartibini yangi tashabbuslar bilan, ayniqsa mamlakatimizda eʼlon qilingan Atrof-muhitni muhofaza qilish va “yashil” iqtisodiyot yilidagi vazifalarni hisobga olib yanada boyitish muhimligini taʼkidladi.

    O‘zbekiston nima uchun JSTga aʼzo bo‘lishi kerak?

    O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha ishchi guruh 1998-yilda tashkil etilgan edi. Keyingi yillarda ushbu ishchi guruh faqat uch marta uchrashdi va 2005-yillarning o‘rtalariga kelib bu borada xalqaro ekspertlar bilan uchrashuvlar to‘xtab qolgandi.

    2018-yili mustaqil ekspert, JST masalalari bo‘yicha huquqshunos Umida Haqnazar O‘zbekiston jahon savdo tashkilotiga kirishi xususida fikr bildirgan edi.

    “Jahon savdo tashkilotiga aʼzo bo‘lish ham bu borada muhim ahamiyat kasb etib, ishlab chiqarishni rivojlantirishda, eksportni o‘stirish va kengaytirishda, bozor islohotlarini davom ettirish barqarorligini taʼminlashda yordam berishi mumkin. Texnik tartibga solish, bojxona maʼmuriyatchiligi, xizmat sohasidagi qonunchilik bo‘yi­cha institutsional islohotlar ishlab chiqarish, ilmiy-texnik rivoj­lanishning dunyo miqyosidagi jarayoniga integratsiya­lashuv imkoniyatini tezlashtiradi va osonlashtiradi. Bu ishbilarmonlik va raqobat muhitining yanada yaxshilanishiga olib keladi. JSTga aʼzo bo‘lish alohida korxonalarga berilgan hammaga bir xil bo‘lmagan imtiyoz va tartiblarni bekor qilishni, korrupsiya darajasini kamaytirishni anglatadi. Xususiy sektor haqqoniy qoidalar bo‘yicha rivojlanadi”, degan edi u.

    O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoni 2020-yil iyul oyida bo‘lib o‘tgan ishchi guruhning to‘rtinchi yig‘ilishi bilan rasman qayta tiklandi. Shundan so‘ng 2022-yil iyun, 2023-yil mart va 2023-yil noyabr oylarida yana uchta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    Foto: Freepick

    2023-yil sentyabrida Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh assambleyasining 78-sessiyasi doirasida Jahon savdo tashkiloti (JST) bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashuv o‘tkazgandi. Unda JST bosh direktori O‘zbekiston tomonidan tashkilotga a’zo bo‘lish borasida ko‘rilayotgan choralarni yuqori baholagan. Ngozi Okonjo-Iveala JST kotibiyati O‘zbekistonning sa’y-harakatlarini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini aytgan hamda mamlakat yaqin kelajakda tashkilotga qo‘shilishiga ishonch bildirgandi.

    2024-yilning fevralida O‘zbekistonda 5 ta qonun JST bitimlariga uyg‘unlashtirilishi aytilgan edi. May oyi oxirida O‘zbekistonning JSTga aʼzo bo‘lishi yuzasidan ishchi guruhning Jenevada bo‘lib o‘tgan sakkizinchi yig‘ilishida mamlakatning ushbu tashkilotga qo‘shilish uchun zarur islohotlarni amalga oshirish borasidagi saʼy-harakatlari yuqori baholagandi.

    Shavkat Mirziyoyev 5-iyun kuni Jahon savdo tashkiloti bosh direktori doktor Ngozi Okonjo-Ivealani qabul qilgan edi. Unda JSTning ko‘magi bilan O‘zbekistonda Savdo siyosati bo‘yicha kompetensiya markazini tashkil etish taklif etilgan.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Shu kuni Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva “O‘zbekistondagi iqtisodiy islohotlar va Jahon savdo tashkilotiga aʼzo bo‘lish jarayoni” konferensiyasi doirasida JST bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashgandi. Suhbat chog‘ida O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishi davlat rahbari uchun o‘ta muhim ustuvor masala ekaniga alohida eʼtibor qaratilgan.

    JSTning yettinchi bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala tashkilotga aʼzolik haqida quyidagi fikrlarni bildirib o‘tgan edi:

    JSTga aʼzo bo‘lishning ko‘plab afzalliklari bor. Mamlakat qilishi kerak bo‘lgan narsa – bor imkoniyatlardan foydalanish. Tashkilot aʼzolari dunyo savdosining 98 foizini qamrab oladi va siz unga aʼzo bo‘lish orqali boshqalar bilan ishlash imkoniyatiga ega bo‘lasiz. JSTga aʼzolik O‘zbekiston ishlab chiqaruvchilariga jahon bozoriga chiqib, raqobatbardoshlikni oshirish imkoniyatlarini beradi. Tashkilotga aʼzo bo‘lgan mamlakatlar yuqoriroq iqtisodiy o‘sish surʼatlarini ko‘rsatmoqda.
    So‘nggi o‘n yilliklarda JSTga qo‘shilgan mamlakatlarda iqtisodiy o‘sish kuzatilmoqda. 2024-yil may oyida Jenevada JST aʼzolarini qiziqtirgan asosiy masalalar bo‘yicha muvaffaqiyatli muzokaralar o‘tkazildi.

    5-iyun kuni Jahon savdo tashkiloti, Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg‘armasi ko‘magida o‘tkazilgan yuqori darajadagi konferensiya prezident yordamchisi O‘zbekistonning JSTga qo‘shilish yo‘lidagi shahdam qadamlari yana bir bor namoyon bo‘lganini qayd etdi.

    Avvalroq “Daryo” O‘zbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YOII) yanada chuqurroq integratsiyalashuvi va Jahon Savdo Tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lish borasidagi sa’y-harakatlari murakkab dilemmani keltirib chiqarayotgani haqida maqola e’lon qilgan edi.

    Prezidentning JST bo‘yicha maxsus vakili Azizbek Urunov O‘zbekistonning JSTga aʼzo bo‘lishi bo‘yicha ishchi guruhning 9-yig‘ilishi 2024-yilning 5-6-dekabr kunlari Jeneva shahrida bo‘lib o‘tishini maʼlum qildi.

    22.11.2024, 21:44   Izoh (0)   3103
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Prezident#Shavkat Mirziyoyev#Suma Chakrabarti#JST

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev Suma Chakrabarti bilan O‘zbekistonni uzoq istiqbolda rivojlantirish yo‘nalishlarini muhokama qildi

    19.10.2020, 19:58

    Shavkat Mirziyoyev AQSh Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni Kennet Makkenzini qabul qildi

    20.10.2020, 19:57

    Shavkat Mirziyoyev iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Suma Chakrabartini qabul qildi

    02.03.2021, 16:48

    Shavkat Mirziyoyev Rossiya Senati raisi Valentina Matviyenkoni “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi

    28.08.2021, 16:15

    Shavkat Mirziyoyev o‘zining iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Suma Chakrabartini qabul qildi

    04.07.2022, 20:52

    Davlat boshqaruvi akademiyasi eng ilg‘or xorijiy tajribalar asosida transformatsiya qilinadi

    04.08.2022, 17:30

    Shavkat Mirziyoyev maslahatchisi Suma Chakrabartini qabul qildi (foto)

    20.09.2022, 20:47

    Shavkat Mirziyoyev maslahatchisi Suma Chakrabartini qabul qildi (foto)

    16.12.2022, 23:55

    Shavkat Mirziyoyev iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisini qabul qildi

    23.06.2023, 19:55

    Prezident Suma Chakrabarti bilan mamlakatni xalqaro reytinglardagi o‘rnini yuksaltirish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qildi

    15.12.2023, 20:50

    Shavkat Mirziyoyev maslahatchi Suma Chakrabarti bilan amaliy uchrashuv o‘tkazdi

    11.01.2024, 08:26

    Prezident iqtisodiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchi Suma Chakrabarti bilan uchrashuv o‘tkazdi

    06.03.2024, 22:00

    O‘quvchilar o‘rtasida kibersport, dron va robototexnika, kelajak o‘yinlari bo‘yicha tanlovlar o‘tkaziladi

    19.11.2024, 19:08

    Prezidentning Senat birinchi majlisidagi nutqi, Andijondagi Bobur haykalining ko‘chirilishi, Namangan va Buxoroda is gazidan besh kishining vafot etishi: 19-noyabr...

    19.11.2024, 22:50

    Shavkat Mirziyoyev bosh vazir lavozimiga Abdulla Aripov nomzodini ko‘rsatdi

    20.11.2024, 12:10

    O‘zbekistonda aholi jon boshiga daromad 3 ming dollarga yetishi kutilmoqda

    20.11.2024, 11:40

    O‘zbekiston Qurolli kuchlari jangovar salohiyati oshiriladi 

    20.11.2024, 13:04

    O‘zbekistonliklarga Qozog‘iston va Tojikistonga ham ID-karta orqali o‘tish imkoniyati yaratiladi

    20.11.2024, 13:25

    O‘zbekistonda 2025-yil “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili” bo‘ladi

    20.11.2024, 14:03

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasining bosh vazir nomzodini ko‘rib chiqishga bag‘ishlangan majlisi suratlarda

    20.11.2024, 21:05

    Bulung‘urda meva-sabzavot, to‘rtta tumanda uzum yetishtirish: prezident Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi 

    20.11.2024, 22:25

    “Tramp erasi”: AQSHning yangi prezidenti o‘z atrofiga kimlarni yig‘moqda?

    21.11.2024, 20:10

    Toshkentdagi International va Lotte mehmonxonalari sotildi

    21.11.2024, 17:10

    O‘zbekistonda har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi

    21.11.2024, 17:52

    Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi. Nimalar muhokama qilindi?

    21.11.2024, 18:48

    AQSH Senati Ukrainaning qarzidan kechishga qarshi rezolyutsiyani ma’qullamadi 

    21.11.2024, 21:50

    G‘ayrat Fozilov O‘zbekistonning Niderlandiyadagi elchisi etib tayinlandi

    21.11.2024, 21:22

    Tasdiqlangan vazirlar, Toshkentda sotilgan ikkita mehmonxona, tug‘uruqxonada vafot etgan 20 yoshli homilador ayol: 21-noyabrning eng muhim xabarlari 

    21.11.2024, 22:49

    Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi urush kuchaygani munosabati bilan shoshilinch topshiriq berdi 

    22.11.2024, 08:45

    Kim Chen In AQSH bilan termoyadro urushi xavfi borligini e’lon qildi

    22.11.2024, 09:15

    Vazirlik va idoralar prezident qarori ijrosini nega bajarmayapti?

    22.11.2024, 11:15

    Prezident Kubogi. Nodirbek Abdusattorov, Yakubboyev va Sindorov turnirni g‘alaba bilan boshladi

    22.11.2024, 10:23

    O‘zbekistonda hayvonot va o‘simlik dunyosi muhofazasi kuchaytiriladi

    22.11.2024, 15:28
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh atrofida Yerdan o‘n barobar katta “qush” ko‘rindi

    Dunyo | 26 may, 00:18

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 64-xalqaro gullar festivali boshlandi

    O‘zbekiston | 26 may, 00:06

    O‘zbekiston U-17 terma jamoasining Jahon chempionatidagi raqiblari ma’lum bo‘ldi

    Sport | 26 may, 00:02

    Iroqda suv zaxiralari rekord miqdorda kamaydi

    Dunyo | 25 may, 23:30

    Superliga. “Dinamo” kambek amalga oshirib, “Qizilqum”dan ustun keldi

    Sport | 25 may, 23:27

    Qoraqalpog‘istonda inspektor quvgan yigit maktab o‘quvchisi emasligi aniqlandi (video)

    O‘zbekiston | 25 may, 23:17

    APL. Abduqodir Husanov “Manchester Siti” bilan Angliya chempionati bronza medaliga ega chiqdi

    Sport | 25 may, 22:42
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.