• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Biznes

    Aravakash bolakaydan shokolad ishlab chiqaruvchi tadbirkorgacha — Saidakmal “Qand” Vahobovning bugungacha bosib o‘tgan yo‘li, qashshoqlik, boylik va biznesi haqida

    Ota-onasining puliga qurilgan yoki meros sifatida qoldirilgan biznes hikoyalarini ko‘p eshitganmiz. Ammo muhtojlik sabab boshlangan biznes haqida nimalarni bilamiz? Hech qancha pulsiz, kuchli ishtiyoq sabab paydo bo‘lgan biznes haqida-chi?

    Ushbu hikoya hozirda 20 kishidan iborat jamoani boshqarib, dunyoning 10 dan ortiq shahriga yetib borgan, oyiga qariyb 400 kilogramm elita shokoladi sotadigan, yoshligida esa aravakashlik qilgan yigit haqida.

    Hikoya biroz fantastik ko‘rinishi mumkin, chunki “Qand” brendi asoschisi va boshqaruvchisi Saidakmal Vahobov aslida shokolad ishlab chiqarish haqida hech qachon o‘ylab ham ko‘rmagan. Bolalik chog‘laridanoq onasi bilan bozorda ishlab, aviatsiya muhandisligi bo‘yicha ta’lim olgan. Ammo biznes haqidagi asl haqiqat ham aynan shu g‘ayritabiiylikda.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    — Saidakmal, bozorda aravakashlik qilib pul topgan bolakay qanday qilib shokolad biznesiga kelib qolgan? “Qand”ning yaratilish tarixi haqida gapirib bera olasizmi?

    — Men bu haqida bir-ikki marotaba gapirganman, аmmo keling bugungacha sir tutishga uringanlarim haqida ham gapirib bersam.

    Bu biznesga kutilmaganda “kelib qolganim” rost. Men hech qachon shokolad biznesini ochish haqida o‘ylamaganman. Hayot qiyinchiliklariga uchragan va 11 yoshidan boshlab bozorda arava tortgan chustlik bolakay bu haqida orzu ham qila olmasdi. 

    Tasavvurga sig‘dirish ham qiyin. Mening hikoyam bozordan emas, balki biroz avvalroq – Farg‘ona vodiysidan boshlangan.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    — Ya’ni bolalik davridanoq pul topish va ishlash nimaligini tushungansiz, shundaymi?

    — Ha, bularni bolalikdanoq tushuna boshladim. 1998-yil otamning vafotidan keyin yashash sharoitimiz og‘irlashdi. Muhtojlikdan ishlashni boshladim, onamni va o‘zimni boqishim kerak edi.

    Kichik yoshimdanoq mehnat qilish nimaligini bilganman. Yelib-yugurib, Chust bozorida bir nimalar sotardim. Kattalarga yordam berardim.

    Ammo bolaligim qishloq bolalariniki kabi hayotimning eng baxtli va quvonchli onlaridan biri bo‘lgan.

    2000-yil onam qo‘limdan tutib, Toshkentga olib keldilar. O‘sha paytlarda qarindoshimizdan biri bozorda ishlardi va oyimni birga ishlashga chaqirgan edi.

    Shunday qilib, yozgi ta’til payti birinchi marta Oloy bozorini ko‘rganman. U yerda bizning yana bir qarindoshimiz ishlardi. U men bilan tengdosh edi, lekin hamma narsani bilardi va tajribasi bilan o‘rtoqlashardi. Aynan u menga aravakashlik kasbini o‘rgatgan.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    — Katta shahar sizni cho‘chitmaganmi?

    — O‘sha paytlarda Oloy bozoridan tashqariga chiqmaganim uchun Toshkent men uchun katta shahar sifatida gavdalanmagan.

    — Ko‘chib kelishni istamaganmisiz? Poytaxtda yashash ko‘pchilikning orzusi-ku… 

    — Toshkentgami? Yo‘q, istamaganman. Biroq bu yerga kelganimiz uchun onamdan juda minnatdorman. 

    Agar bunday bo‘lmaganida, ehtimol, men Chustni muhojir sifatida tark etib, hozir Rossiyada ishlab yurgan bo‘lardim — bu biz tomondagilar uchun odatiy hol. Hozirgi darajagacha ham ko‘tarilmagan bo‘lardim. Oliygohda o‘qish, oliy ma’lumotli bo‘lish men uchun ushalmas orzu bo‘lib qolardi.

    Toshkentga birinchi kun ko‘chib kelganimizda maktabga borishim bilanoq do‘stlar orttira boshladim. Ular oliygohga kirish uchun tayyorgarlik ko‘rishayotganini ko‘rardim. Shunda meni ham oliygohga kirish istagi chulg‘ab oldi. Qo‘shimcha darslarga borishga ham o‘zim qaror qildim. Bu uchun pulni onamdan so‘ramasdan, o‘zim ishlab topa boshladim. Har kuni maktabdan keyin Oloy bozoriga borib, aravakashlik qilardim.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    — Bozorning o‘zida yashaganmisizlar?

    — Ha, yozgi ta’tilga chiqqanimda va ko‘chib kelganimizga ikki oy bo‘lib qolganida Toshkent maktablaridan birida o‘qirdim. Kunlar oddiy o‘tib borardi. Onam maktab kiyimlarimni hojatxonada yuvardilar, darslarimni rasta orqasida qilib, so‘ng maktabga ketardim.

    Sinfdoshlarim ko‘rib qolmasligi uchun maktabni atayin uzoqroqdan tanlaganman. Yozgi ta’tilda birinchi marta bu yerga ishlashga kelganimda qiyinchiliklar bo‘lgan, bu meni biroz esankiratib qo‘ygan edi. Chunki Chustda yashagan paytlarimiz do‘stlarim bilan bozorda ishlaydigan bolakaylarni ko‘rsak, ularning ustidan kulardik, aravakashlik qilish – uyatli ish edi biz uchun.

    Keyinchalik o‘rganib ketdim. Shundan pul topardim, axir. Bozorda o‘tkazgan birinchi yozgi ta’tilimda 35 ming so‘m ishlab topganman. Bu pullar bir bolakay uchun ko‘p edi. O‘z pullarimga Chustga qaytdim, kostyum-shim, oq ko‘ylak, barcha kerakli maktab qurollarini sotib oldim.

    Ya’ni o‘sha pullarga maktabga tayyorgarlik ko‘rdim. Bundan juda faxrlanganman o‘shanda. Yodimda: o‘zim uchun Armani kamarining soxta nusxasini qimmatga sotib olgandim. O‘sha kamar menga juda yoqib qolgandi.

    — Bundan kelib chiqadiki, 11 yoshda bolaligingiz tugagan. Shundaymi?

    — Ha, shunday. Mana hozir deyarli 11 yoshgacha boshimdan o‘tkazganlarimni eslasam, keyingi 20 yil ichidagi xotiralarim bunchalik chuqur iz qoldirmaganini anglayman. Biz ko‘chalarda chopib yurardik, urishardik, qo‘shni uyning hovlisidan dovuchcha o‘g‘irlab yerdik. Tom ustida yugurib yurardik. Bir marta kavsharlagich yoqiq qolgan bir uyni yoqib yuborishimga bir baxya qolgan.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    — Bu haqida nega kulib gapiryapsiz?

    Bu hikoyamning bir qismi-ku, axir. Men mana shularning barchasini ko‘rmaganimda, badavlat xaridorlar bozorida ishlamaganimda bugun Qand yaralmagan bo‘lardi.

    — Biror-bir yangilikni yaratishda o‘z muvaffaqiyatingizni nima bilan bog‘laysiz?

    — Bu, o‘ylashimcha qondan o‘tadi.

    — Otangizdanmi?

    Ha, buvamdan ham. Buvam Chustga gaz olib kirgan odam edi. U yerda avvallari gaz bo‘lmagan, buvam tufayli u hozir bor. Bilasizmi, noto‘g‘ri gaplar tarqalmasligi uchun u inson hatto o‘z uyiga gaz o‘tkazmagan edi o‘shanda.

    Bunday olib qaraganda, oilam tarixi juda ajoyib. Dadam ham, buvam ham omadli kishilar bo‘lishgan. Dadam Moskvada o‘qiganlar, Namangandagi universitetda dars berganlar, ilm-fan bilan shug‘ullanganlar. 1996-yili xorijiy kompaniyaga 5000 dollarga sotilgan texnologiyani yaratganlar.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    — Mana siz aytyapsizki, pul topish va kun kechirish uchun ishlashga ketgansiz. Erta katta bo‘lish va pul topishga majbur bo‘lish – bola uchun juda murakkab yo‘l.

    — O‘sha paytlar ishlaganimda bu haqida o‘ylab ham ko‘rmaganman. Men bu yo‘lni qiyinlashtirgan kattalardan ko‘proq ranjirdim. Masalan, bizning huquqlarimiz uchun “kurashgan”, ammo hamma pullarimizni bizdan tortib olgan o‘sha davrdagi militsiya xodimlari ishlaydigan yigitchalarga indamay ko‘z yumar edi.

    Bolalar nochor hayot tufayli ishlashga majbur bo‘lishi kundek ravshan-ku. Go‘yoki bizni himoya qilishni niqob qilib olgan bu korrupsiya meni juda tashvishga solardi. 11 yashar bolakayni yana kimdan himoya qilish mumkinligi tushunarsiz edi — bozordanmi yo militsiyadan… Biz ulardan qochardik, ular bizni tutib olishardi, keyin topgan pullarimizdan ayrilardik.

    — Demak, bozor siz uchun hayot maktabini o‘tadi… 

    — Albatta. Men aynan mana shu yerda ko‘pgina badavlat odamlarni ko‘rdim. Oloy bozori xaridorlarining asosiy qismi o‘ziga to‘q aholi qatlamidan iborat ekani hech kimga sir emas. Esimda: hatto hozirgi eng yuqori martabali  kishilar ham bizdan xarid qilardi. O‘zbek oilasi uchun bozor – bu shunchaki xarid joyi emas, balki u an’analarni, muloqotni aks ettiruvchi joydir.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    — Ya’ni badavlat kishilarni ko‘rgan kichik Saidakmal ham boy bo‘lishni istaganmi?

    — Ha. Bundan tashqari, bu yerda mahsulotlarni farqiga bora boshladim. Kuniga 6-7 ta xaridor bilan ishlardim, avvaliga ularning ortidan arava tortdim. Keyinchalik ularning o‘zlari xaridni yetkazib berishni menga ishonib topshirishdi.

    Mana shu mening birinchi biznesim — bozordan mahsulot sotib olib, uni yetkazib berishdan boshlangan. Men uni Instagram’ga, mashhur ilovalar paydo bo‘lmasidan va onlayn savdo urfga kirmasidanoq joylab bo‘lgandim.

    Menga shunchaki kerakli mahsulotlar ro‘yxatini jo‘natishardi, buyurtmachilarim ta’bini yaxshi bilib olgan edim. Kuniga 5 tagacha katta buyurtmalarni yetkazib berardim. Yangi yil arafasida 20 tagacha buyurtma tushardi. Yordamchilar oldim, ular hozir alohida jamoa va hozirgacha ishlashadi. Ammo men bu biznesga ko‘p aralashmayman.

    — Kambag‘al bo‘lib qolishdan qo‘rqasizmi?

    — Men buni istamasligim aniq. Ammo pulim tugab qolsa, nima qilaman deb hech qachon o‘ylab o‘tirmaganman ham — bankrot bo‘lishdan qo‘rqmayman, kerak bo‘lsa, hammasini boshidan boshlashga ham tayyorman.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    — Elita shokolad ishlab chiqarish g‘oyasi qanday paydo bo‘ldi?

    — Bunga bir kulgili hodisa sabab bo‘lgandi. Bozordan mahsulot sotib olib, uni yetkazib berish bilan shug‘ullanib yurgan vaqtimda bir buyurtmachi ayol mendan Patchi shokoladini topishimni iltimos qildi. Shahardan bazo‘r 900 grammini topdim.

    U menga tatib ko‘rishim uchun bir donasini berdi. Shokolad qadog‘ini ochar ekanman, uning sifatidan hayratda qolgandim. Tishlab ko‘rdim va bildimki, unga turshak va pista qo‘shilsa, yanada mazali bo‘lishi mumkin.

    Shu zahoti ijarachi odamlarga qo‘ng‘iroq qildim. Bir joyni ijaraga oldim, ta’mir ishlarini boshlab yubordim va 3-4 oydan keyin xuddi o‘sha Oloy bozoridagi kichik binoda O‘zbekiston quruq mevalari bilan shokolad ishlab chiqarib ko‘rdik. Hozirgi kunda u 10 nafar mutaxassis, shourumda ishlaydigan alohida jamoa bilan oyiga 500 kilogrammgacha mahsulot chiqara oladigan sexga aylandi.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    — Hozirda “Qand” shourumi shaharning o‘ta zamonaviy qismida joylashgan. Bu joyni qanday qo‘lga kiritgansiz? Tushunishimcha, u yerdagi ko‘chadan joy olish, biron-bir tanish-bilishsiz ish ochish biroz qiyinroq. Yaqinda velosiped yo‘lagi tufayli yo‘lning narigi tomonidagi restoranlarni buzmoqchi bo‘lganlarida janjal chiqqandi.

    — Bu menga qarashli joy emas. Biz ijarachimiz. Qurilishga keladigan bo‘lsak, ha, biroz qo‘rquv va tavakkal bilan qurilish ishlarini boshlagandik o‘shanda. Ko‘ndirish jarayoni uzoq davom etgan, oxir-oqibat yo‘lini topganmiz. 

    — Bu omadmi yoki tasodif?

    — Omad desak ham bo‘ladi.

    — Taniqli odamlar qachondan beri sizni tanishni boshlagan?

    — Bolaligimdan, Oloy bozoridan. Hozirda ularning ko‘pchiligi Qand’ning sodiq xaridorlari.

    — Bu yordam beradimi?

    — Albatta. Kimdir meni o‘z tanishlariga tavsiya qiladi, bugungi kundagi mijozlarimning ko‘pi tavsiya orqali xaridor bo‘lgan.

    — Demak, bu omad emas ekan-da?

    — Bu omadning o‘zi. Agar sizni kimdir tavsiya qilsa.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    — To‘g‘ridan to‘g‘ri bir savol beraman. Suhbatgacha biznes nuqtayi nazaridan sizni bir taniqli ayol qo‘llab-quvvatlagani haqida gapirgan edingiz. U sizga eng katta yordamni ko‘rsatgan ekan. Hozirda uning aloqalari yoki tanishlari sizga yordam beradimi?

    — U avvaliga yaqin aloqalar bilan emas, balki bilim va pul tomonlama yordam bergan. 2018-yili uskuna sotib olishim kerak edi. Hech narsasiz joyda sexni ishga tushirdim. U yerning ta’miriga ko‘p pul ketgan, bundan keyin nima qilish kerakligi haqida ham hech qanday rejam ham yo‘q edi. Uskuna 3 900 dollar turardi. O‘sha paytda buyurtmachilarimdan biri mendan 3 500 dollar qarz bo‘lib, qaytarib bermagan. Shundan so‘ng men o‘sha ayolga qo‘ng‘iroq qildim va bir odam mendan qarzdorligini, qaytarishi bilanoq unga berishimni aytdim. U rozi bo‘ldi. Undan pul olib, uskuna sotib oldim, joylashtirdim va olg‘a harakatlana boshladim.

    — Demak, Oloy bozorida orttirgan tanishlaringizdan yordam so‘ramadingiz? 

    — Biror nimaga tanishlar orqali erishish tushunchasi menda yo‘q, ammo biznes tuzilma qurish uchun tanishlarimdan maslahat oldim, ko‘pgina savollarimga javob topdim. Oloy bozori orqali tanishgan ko‘pchilik tanishlarim allaqachon o‘zining muvaffaqiyatli biznesiga ega edi. Ularning tajribalari menga juda katta yordam berdi.

    — Bir narsani tushunmoqchiman, xuddi sizdek elita biznesini, aytaylik, qandaydir Farhod ismli yigit tanishlarsiz va aloqalarsiz, pullarsiz va ma’lumotsiz yo‘lga qo‘yishi mumkinmidi? U nimalarga erishgan bo‘lardi?

    — Unga qiyin bo‘lardi, ehtimol. Ammo aloqalar bilan ham menda oson bo‘lmagan. 11 yoshimdan boshlab boshdan o‘tkazganlarim uchun taqdirimdan minnatdorman. Havas qilarli bolalik davrida yashamagan bo‘lsam ham u menga yaxshi hayot maktabini o‘tadi. Kichik yoshimdan boshlab muloqotlashishni va tanish orttirishni boshladim.

    Ehtimol, shu tufayli imkoniyatim kattaroq bo‘lgandir. Ammo men “Qand” tanish-bilishchilik orqali qurilgan degan fikrga mutlaq qo‘shilmayman. Hammasi mahsulotdan boshlangan. Ochilishgacha maxsus retseptni qayta-qayta qilaverib, tunlarni sexda o‘tkazardim.

    Mualliflik shokoladi — bu qunt va sabr bilan qilinadigan mehnatdir. Umuman olganda, men bu bo‘yicha hech qayerda o‘qimaganman, shunchaki o‘z sezgilarimga, hislarimga ishonib, bozorga biron-bir yangilik kiritishni istaganman.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    — Ammo pulni katta odamlardan olgansiz.

    — Bankdan kredit olishdan ko‘ra ulardan qarz olishim qulayroq edi.

    — Ya’ni ularning sizning biznesingizga hech qanday aloqasi yo‘qmi? 

    — Ha, mening biznesim badavlat kishilar uchun. Ammo men qachonlardir aloqalardan foydalanganim uchun u (biznesim) kimdandir qarzdor  emas.

    Agarda har qanday Farhod yoki Said o‘z ustida ishlab, o‘z mahsulotiga mas’uliyat bilan yondashsa, natijaga erishadi, albatta. Qat’iy ishonamanki, agarda u bozorga sifatli mahsulot bersa, tanishlari bormi yoki yo‘q, maqsadiga erishadi.

    — Agar shunday katta odamlardan biri ertaga o‘z ulushini talab qilsa nima bo‘ladi?

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    — Qat’iy talab qilsami? Buning iloji yoq, bizning shokoladimiz – bu mening mualliflik retseptim, g‘oyalarim. Tanlov huquqisiz bizni aktiv sifatida so‘raydigan bunday katta odamlar uchun manfaatli emasmiz. Franshiza yoki distribyutorlik bo‘yicha hamkorlikni taklif qilishsa, kelishuvlarga doim tayyorman.

    — Hayotingizda “bu ishni tashla, shug‘ullanma bunday ish bilan” deb hech aytishganmi?

    — Har doim aytishgan. Hamma do‘stlarim, hamma yaqinlarim. Senga kerakmi shu, nima qilyapsan o‘zi, pullaringni nimaga sarflayapsan, degan gaplar. Bu hali maktab paytlaridan, to‘garaklarga borganimdanoq boshlangandi.

    Uyimdagilar nima uchun u yerga qatnashimni tushunmasdilar. Keyin raqs bilan ham shug‘ullandim. Keyin esa birinchi biznesim. Ikkinchisi... “Qo‘y shuni, tashla bu ishni” deydigan kimdir har doim topilardi. 

    — Ya’ni siz butun umr qasdma-qasd ish ko‘rgansiz?

    — Men nimani xohlasam, nimani orzu qilsam va nimaga aniq ishonsam, shuni amalga oshiraman. 

    — O‘z biznesingizni boshlaganingizda hatto biznes rejangiz ham bo‘lmaganini aytgandingiz?

    — Bo‘lmagan. Shunchaki miyamda qayerga qarab o‘sishimiz kerakligi haqida aniq reja bor edi. Agar men o‘sha paytda biznes rejaga qattiq bosh qotirganimda hech narsani boshlamagan bo‘lardim. Ammo hozir buni hech kimga tavsiya qilmayman. 

    — Yomon tomonlaringiz bormi? 

    — Albatta. Mana, masalan, moliya borasida no‘noqroqman.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    — Dangasaman. Dangasalik o‘sishga xizmat qiladi deyish modaga aylandi, ammo u menga hech qanday yordam bermagan paytlar ko‘p bo‘lgan. 

    Yana men – biznes fanatiman. Va mening ba’zi qarorlarimni mantiqqa sig‘dirib bo‘lmaydi. Masalan, biz hozir shokolad uchun italyan folgasini sotib oldik, taxminan. 50 000 dollar pul sarflandi bunga. Shu bilan birga, narxlarni ikki karra oshirishni rejalashtirayotganimiz ham yo‘q. Bu sifat uchun kiritilayotgan sarmoyadir.

    Qaror oson qabul qilinmadi, ammo men bunday ishlarda juda qaysarman.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    — Aksincha, lyuks qimmatbaho tovarlar yuksak qadrlanadi-ku. Qancha qimmat bo‘lsa, shuncha yaxshi.

    — Ha shunday, men buni uzoq vaqt tushunmaganman va o‘zimga o‘zim zararga ishlaganman. O‘shanda bir kilogramm mahsulot 340 000 so‘m bo‘lib, narxni ko‘tarishga juda qo‘rqqanman. Summa tashvishlantirardi. Ziyonga ishladim. Oxirigacha narxlarni saqlab turdim.

    Keyin narxlarni ko‘tarishga to‘g‘ri kelganda xaridorlar soni ham ko‘paydi, oldingilari esa menga ko‘proq ishonishni boshladi.

    — Kuniga nechta odam xarid qiladi? Ko‘pincha sovg‘a uchun olishsa kerak?

    Keling, boshqachasiga aytaylik, nolga tushib qolishimiz uchun kamida 150 kilogramm sotishimiz kerak bo‘ladi. Hayratlanishingiz mumkin, ammo mahsulotlarimizni asosan uyga olishadi, bu shokolad ko‘rinishidagi o‘zgacha bir iltifot.

    O‘tgan yil noyabr oyida jami 500 kiloga yaqin mahsulot sotdik.

     

    Eng qizig‘i, men qancha daromad ko‘rishimni o‘zim bilmayman. Yashashga va jamoa uchun yetadi, qolgani biznes rivojlanishi uchun ketadi. Ammo birinchi million dollar daromad hali oldinda.

    — Shokoladingiz nechta mamlakatda bo‘lgan?

    — Hisoblamay qo‘yganman. Bizni O‘zbekistonni eslatib turadigan esdalik sifatida olib ketishlari meni baxtiyor qiladi va yanada ilhomlantiradi. 

    — Chust, Farg‘ona, Samarqand yoki biror-bir boshqa kichik shahardan kelgan bolakay o‘ziga qanday ishonishi kerak?

    — Shunchaki agarda sen o‘zingga o‘zing ishonmasang, senga hech kim ishonmasligini anglab yetishi va o‘z vaqtida harakat qilish kerak. 

    — Nima uchun O‘zbekistonda sifatli va hamyonbop shokolad yaratilmagan?

    — Yaratilgan, Craffers o‘z segmenti uchun juda yaxshi mahsulot. Mazali, sifatli shokolad qilish – qiyin, chunki xomashyo qimmat. Bundan tashqari, murakkab logistika va kadrlar yetishmovchiligi ham bor.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    — Patchi’dan ko‘chirganman, degan his o‘tganmi hech?

    — Men har doim ochiq gapiraman, men ulardan ilhom olaman. Ammo biz eng boshidanoq ulardan nusxa olmaganmiz. Mening maqsadim mashhurlik darajasiga va ushbu brendning tizimlashishiga erishishdir. Ularning natijasi esa meni hayratga soladi. “Qand” — bu Belgiya shokoladi va O‘zbekistonning saralangan quruq mevalaridan qilingan yirik mahsulot qatori.

    Ishonamanki, O‘zbekiston – quruq mevalar segmentida eng zo‘ri, bizning mahsulotlarda esa ikkala bozor va mamlakatning professionallari birlashgan.

    — Ko‘rsatkichlar nuqtayi nazaridan qanday rejalaringiz bor?

    — Joriy yilda – ko‘lamni kengaytirish. Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va optimallashtirish. Hozirda eksportga harakat qilishning ayni vaqti. Yangi bozorga chiqishning hozircha keragi yo‘q. Biz MDXni, keyin esa Yevropani qamrab olib, yana yangi mintaqalarga chiqishni istaymiz.  

    — Mahsulotlar qatorida yana nimalar o‘zgaradi? Shaxsan o‘zingizga yoqmaydigan, ammo yaxshi sotiladigan nimadir bormi?

    — Yo‘q, mahsulotlar menga to‘laqonli yoqadi, yo‘qsa u peshtaxtada turmagan bo‘lardi. Aksincha bo‘lgan mahsulotlar bor – menga yoqadigan, ammo kamroq talabdagi. Bunda men xaridorga quloq solishni, assortimentni kengaytirishni va auditoriya xohish-istaklarini hisobga olgan holda mahsulotni yanada yaxshilashni lozim topaman.

    — Bir kun kelib O‘zbekistondan ketish haqida o‘ylab ko‘rganmisiz?

    — Yo‘q. Men sayohat qilishni sevaman, ammo ketish haqida o‘ylamayman. Balki, franshizani yo‘lga qo‘ysak, bir necha mamlakatlarda yashab ko‘rarman. O‘zbekistondan tashqarida distribyutorlik ochish taklifiga doimo roziman. Yana menda arxitektura bilan bog‘liq bir orzu ham bor. Mana shu orzum sabab bir kun kelib butun dunyoni, albatta, aylanib chiqaman, ammo bu haqda gapirishga hali erta.

    Madina Ruzmatova suhbatlashdi

    29.04.2022, 19:33   Izoh (0)   39641
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Mark Sukerberg bir kunda 11 mlrd dollarga boyidi

    29.04.2022, 13:59

    KIA avtomobillari Rossiyada yig‘ilishda davom etayotgani haqida xabarlar rad etildi

    28.04.2022, 23:58

    “Ipoteka bank” xaridori Rossiya bozorini tark etmoqchi

    28.04.2022, 14:34

    “O‘zbekneftgaz”ning bir nechta yonilg‘i quyish shoxobchalari “Tatneft”ga beriladi

    27.04.2022, 22:57

    O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida yangi yo‘nalishdagi aviaparvozlar yo‘lga qo‘yiladi

    27.04.2022, 21:32

    Fix Price O‘zbekistonda 12 ta do‘konini yopdi

    27.04.2022, 15:05
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Hyundai Uzbekistan - foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati qaytdi!


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    Moliyaviy firibgarliklar: firibgarlar keksalarni qanday aldamoqda 


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    InfinBLACK - ortiqcha to‘lovlar talab qilmaydigan kredit karta


    Centrum Air yozgi yo‘nalish ochadi: Toshkentdan Issiqko‘lga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda Onix haydovchisi 13 yoshli bolani urib yubordi

    O‘zbekiston | 5 iyun, 00:00

    “Daryo” dayjesti: 4-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 4 iyun, 23:35

    “Do‘stlik” chegara bojxona postida 12,7 ming dollarni yashirincha olib chiqayotgan yo‘lovchi to‘xtatib qolindi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 23:30

    Jamoat tartibiga qarshi jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxs BAAdan ekstraditsiya qilindi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 23:10

    Dunyoning eng go‘zal 10 nafar ayol tennischilari

    Layfstayl | 4 iyun, 22:55

    Insofsiz raqobat yoxud ko‘chirmakash “Surxon oshpazi”: xorijiy kompaniya shikoyat bilan chiqdi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 22:50

    Samarqandda transformator yonib ketdi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.