AQSH prezidenti Donald Tramp 15-avgust kuni Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan Alyaskadagi uchrashuvda hududlar masalasini muhokama qilmaydi. Bu haqda manbalarga tayanib, NBC xabar berdi.

Tramp Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ham ishtirok etgan Yevropa yetakchilari bilan onlayn-konferensiyada shunday va’da bergan. U Putin bilan muzokaralarda “o‘t ochishni so‘zsiz to‘xtatish”ga erishmoqchi ekanini aytgan. AQSH prezidenti va Yevropa yetakchilari kelajakdagi hududlar hamda tinchlik shartlarini muhokama qilishda Ukraina ishtirok etishi kerakligiga kelishib olgan.
Ba’zi yevropalik yetakchilarda Tramp “Putin bilan uchrashuv natijalariga nisbatan unchalik optimist emas” degan taassurot paydo bo‘lgan. Manbalardan biriga ko‘ra, Tramp AQSH ishtirokida erishilishi mumkin bo‘lgan Ukraina xavfsizlik kafolatlarini qo‘llab-quvvatlagan.
Izoh (0)