Hindistonda futbol o‘yini paytida asalarilar galasi hujumi sababli o‘yin vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda “Sports.ru” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, turnirning 1/4 finalida “Inter Kashi” va “Mumbay Siti” klublari to‘qnash kelgan. O‘yinning 28-daqiqasida stadionda asalarilar galasi paydo bo‘lgan. Natijada o‘yin qisqa muddatga to‘xtatilgan. Biroq u davom ettirilishi bilanoq asalarilar qaytib kelib, muxlislar va hakamlar brigadasiga hujum qilgan.
Oqibatda futbolga kelgan muxlislar tezda tribunani tark etgan, hakamlar esa ho‘l sochiqlarni ensasiga tashlab, maysa ustiga yuztuban yotishga majbur bo‘lgan.
Ta’kidlanishicha, o‘yin hakamlar sariq libosni qora libosga almashtirganidan keyingina boshlangan. Yakunda “Mumbay Siti” “Inter Kashi”ni 1:0 hisobida mag‘lub etib, Superkubok yarim finaliga yo‘l olgan.
2024-yil ob-havo sharoiti tufayli Germaniya va Daniya terma jamoalari o‘rtasidagi 2024-yilgi Yevropa chempionati o‘yini to‘xtatilgan edi. Shuningdek, perulik 35 yoshli himoyachi futbol o‘yini vaqti yashin urishi oqibatida vafot etgandi. Fevral oyida esa Kolumbiyada futbol o‘yini davomida 4 kishi chaqmoq urishi oqibatida halok bo‘lgan.
Izoh (0)