Futbol bo‘yicha Saudiya Arabistoni superkubogi final uchrashuvi 17-avgust, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.
Unda “Al-Hilol” va “An-Nassr” jamoalari o‘zaro to‘qnash keldi. Uchrashuvning birinchi taym oxirgi daqiqalarida Krishtianu Ronaldu hisobni ochdi. Bo‘lim mezbonlarning kichik ustunligi bilan yakunlandi.
Ikkinchi bo‘limda “Al-Hilol” jamoasi katta kuch bilan hujumga o‘tdi. Natijada 4 ta gol urishga muvafaq bo‘ldi. “An-Nassr” ikkinchi bo‘limda gol ura olmadi. Shu tariqa “Al-Hilol” 5-bor mamlakat superkubogini qo‘lga kiritdi. “An-Nassr” esa qatorasiga 6-o‘yinda ashaddiy raqibini yengolgani yo‘q. Ular so‘nggi 6 o‘yinning beshtasida mag‘lub bo‘lgan, bir uchrashuv esa durang bilan yakunlangan.
Saudiya Arabistoni superkubogi
17-avgust, shanba
“An-Nassr”— “Al-Hilol” 1:4
Gollar: 1:0—Ronaldu (44), 1:1—Milinkovich-Savich (55), 1:2—Mitrovich (63), 1:3—Mitrovich (69), 1:4—Malkom (72).
“An-Nassr”: Bentu, Al G‘annam, Lajami, Laport, Telles, Al Haybari (Ali, 75), Otavio, Yahyo (G‘arib, 26), Taliska (An Naji, 75), Mane, Ronaldu.
“Al-Hilol”: Bunu, Abdulhamid, At Tambakti, Kulibali, Lodi (Ash Shahroni, 79), Milinkovich-Savich, Nevesh, Malkom (Kanno, 79), Mikael (Al Qahtoni, 90+3), Ad Dovsari, Mitrovich.
Ogohlantirishlar: At Tambakti (12), Malkom (28), Otavio (34), Ad Dovsari (77), Al G‘annam (87).
Izoh (0)