• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12305.8
    • RUB152.56
    • EUR14389.17
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +39°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Frenk Lempard uchun navbatdagi jiddiy sinov. “Liverpul”—“Chelsi” to‘qnashuvi haqida

    Bugun, 14-avgust sanasida ko‘hna va muhtasham Istanbul futbol bo‘yicha UEFA Superkubogi bellashuviga mezbonlik qiladi. Unda Angliyaning ikki jamoasi — “Liverpul” hamda “Chelsi” o‘zaro kurash olib boradi. Yurgen Klopp jamoasi ushbu o‘yinga Yevropa Chempionlar Ligasi musobaqasi g‘olibi sifatida yetib kelgan bo‘lsa, Mauritsio Sarridan ingliz futboli afsonalaridan biri Frenk Lempard qo‘l ostiga o‘tgan “Chelsi” esa Yevropa Ligasining bosh sovrini sohibi sifatida tashrif buyuradi. Biz esa Superkubok atrofida yuz bergan va berayotgan voqeliklarga to‘xtalib o‘tishni lozim topdik.

    Yevropa Superkubogi

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Istanbul mezbonlik qiladigan navbatdagi Superkubok bahsi hisob bo‘yicha 44 marta o‘tkazilmoqda. Ya’ni shuncha mavsumdan beri Chempionlar hamda Yevropa Ligasi g‘oliblari Superkubok uchun maydonga tushib kelmoqda. 2016-yil dekabrida UEFA ilk bor o‘z tasnifidagi musobaqalar mezbonini aniqlash uchun ochiq tender e’lon qildi. Musobaqa mezbonligini o‘zida qabul qilishga qiziqish bildirgan assotsiatsiyalar 2017-yil 6-iyuniga qadar ariza topshirishi kerak edi. 7-iyunda esa Albaniya (“Milliy stadion”), Fransiya (“Tuluza” stadioni), Isroil (“Sammi Ofer”), Qozog‘iston (“Ostona” arenasi), Shimoliy Irlandiya (“Uindzor Park”), Polsha (“PGE Arena”), Turkiya (“Vodafon Park”) mezbonlik ariza topshirgani ma’lum bo‘ldi.

    2017-yil 20-sentabrida esa UEFA Turkiyadagi “Vodafon Park”ni Yevropa Superkubogining mezboni sifatida e’lon qildi. Bu Turkiya mezbonlik qilayotgan ilk Yevropa Superkubok bahsi hisoblanadi. Shuningdek, 2005-yilgi Chempionlar Ligasi hamda 2009-yilgi “Otaturk” stadioni mezbonlik qilgan UEFA tasnifidagi musobaqalardan so‘ng uchinchisidir.

    “Beshiktosh” egalik qiladigan “Vodafon Park” 2016-yil 10-aprelida ochilgan. Arena o‘z bag‘riga 41 903 tomoshabinni sig‘dira oladi.

    “Liverpul”

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Yurgen Klopp shogirdlari mavsumni qaysidir ma’noda yaxshi va yana qaysidir ma’noda yomon boshladi. Xo‘sh, avval yaxshisi haqida gapiradigan bo‘lsak, jamoa o‘yini avvalgi mavsumdagi darajadan tushmagan. Angliya Superkubogi uchun bahsda “qizillar” “Manchester Siti”dan qolishmagan holda o‘yin namoyish etdi. Shuningdek, Angliya Premyer ligasi yangi mavsumini yirik hisobdagi g‘alaba bilan boshladi. Yomoni esa tushunganingizdek, chempionatda bo‘lgani singari yana bir sovrinni “Manchester Siti”ga boy berdi. “Liverpul” bugungi uchrashuv oldidan kadrlar bo‘yicha qator muammolarga ega. Eng katta yo‘qotish, shubhasiz, braziliyalik Alissonning jarohati. Alisson Premyer liga 1-turidan o‘rin olgan “Norvich”ga qarshi o‘yinda jarohat olib, kamida 6 haftaga safdan chiqdi. Mersisaydliklar uning o‘rnini esa Adrian bilan bildirmaslikka harakat qiladi. Biroq unda katta o‘yinlar tajribasi kamligini ham hisobga olish lozim. Shunga qaramay “Vest Hem” sobiq posbonida “Chelsi”ga qarshi o‘ynash tajribasi yetarlicha. Bundan tashqari jarohat sabab Deyan Lovren, Nataniel Klayn hamda Nabi Keytalar Superkubok bahsida “Liverpul”ga yordam bera olmaydi.

    Qayd etish joiz, ingliz klublari ichida “Liverpul” hozircha Yevropa Superkubogining so‘nggi g‘olibi bo‘lib turibdi. Mersisayd klubi 2005-yil Moskvaning SSKAsini mag‘lub etib, kubok sohibi bo‘lgandi.

    “Chelsi”

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Yangi bosh murabbiy Frenk Lempard qo‘l ostiga o‘tgan “Chelsi” uchun bu mavsum oson o‘tmasligi avvaldanoq taxmin qilingandi. Ne baxtki, taxminlar ham Angliya Premyer ligasining 1-turidanoq oqlandi. “Chelsi” safarda “Manchester Yunayted”ga 0:4 hisobida yutqazdi. “Aristokratlar” musobaqa tarixida “Yunayted”ga bunchalik yirik hisobda yutqazmagan edi. Shuning o‘ziyoq Lempard oldida juda qiyin yo‘l kutib turganini ko‘rsatib berdi. To‘g‘ri, London klubi eng asosiy yulduzi Eden Azar, jamoa himoyasi tayanchlaridan biri David Luisdan ajraldi. Ammo Frenk endi jamoani ularsiz o‘ynashga o‘rgatishi lozim. Shuning uchun ham Lempard jamoaga olib kelingan, nazarimizda. “Liverpul”ga qarshi o‘yin esa nafaqat Lempard, balki butun “Chelsi” uchun ham katta sinov vazifasini o‘taydi. Bu sinovdan o‘tish orqali esa jamoa o‘z o‘yinini bir muncha tartibga keltirib, “rels”ga tushib olishga ko‘mak beradi. Jarohatlar haqida gap ketadigan bo‘lsa, Kallum Hadson-Odoi hamda Ruben Loftus-Chik o‘yinni o‘tkazib yuborishi aniq. Jarohatdan to‘liq tiklanib ulgurgmagan, ammo o‘yin qaydnomasidan o‘rin olgan Antonio Ryudiger hamda Villian esa bahsni zaxira o‘rindig‘idan boshlashi kutilmoqda. Bundan tashqari eng katta yo‘qotishlardan biri Ngolo Kantening ham maydonga tushishi hamon so‘roq ostida.

    O‘yindan oldingi fikrlar

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter
    UEFA Superkubogi — bu sifat belgisi. Agar sen unda ishtirok etmayotgan bo‘lsang, demak sen o‘z finalingni yutmagansan. Men avval Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasi finallarida mag‘lub bo‘lganman. Bu safar esa boshqacha. Men bu o‘yinni intizorlik bilan kutmoqdaman. Bu top darajadagi o‘yin bo‘ladi.Yurgen Klopp, “Liverpul” bosh murabbiyi

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter
    Bu — men uchun murabbiy sifatidagi yevroarenadagi ilk o‘yinim bo‘ladi. Har bir o‘yinchi bu uchrashuv ikkala klub uchun ham qanday ahamiyat kasb etishini tushunishi lozim. Futbolchilar maydonda bor kuchini berishi kerak bo‘ladi. Bizni oldinda jiddiy sinov kutmoqda.

    Frenk Lempard, “Chelsi” bosh murabbiyi

    Taxminiy tarkiblar

    “Liverpul”: Adrian — Trent Aleksander-Arnold, Joel Matip, Virjil van Deyk, Endryu Robertson — Fabinyo, Jordan Henderson, Jeyms Milner — Muhammad Saloh, Roberto Firmino, Sadio Mane.

    “Chelsi”: Kepa — Kurt Zuma, Andreas Kristensen, Markos Alonso, Sezar Aspilikueta — Jorjinyo, Kovachich, Meyson Maunt — Kristian Pulishich, Pedro Rodriges, Olivye Jiru.

    Yevropa Superkubogi

    14-avgust, chorshanba

    “Liverpul” — “Chelsi” 00:00

    Bosh hakam: Stefani Frappar

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

    14.08.2019, 15:01   Izoh (0)   52360
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Valeriy Karpin: Eldor Shomurodov Rossiyaning top-klubiga o‘tganidan ko‘ra, Yevropaga ketgani yaxshiroq

    14.08.2019, 11:24

    “Real” darvozaboni La Liganing boshqa klubiga o‘tdi

    14.08.2019, 10:52

    Yevropa Chempionlar Ligasida pley-off juftliklari ma’lum bo‘ldi

    14.08.2019, 10:42

    AQShdagi o‘zbekistonliklar “Paxtakor-79” xotirasiga bag‘ishlab, Nyu-York jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi

    13.08.2019, 18:11

    Habib Nurmagomedov va Alisher Usmonov Rossiyaning eng nufuzli musulmonlari ro‘yxatidan o‘rin oldi

    13.08.2019, 16:05

    Shomurodov yana qahramon, “armiyachilar” autsayderni yuta olmadi, “Zenit”da esa g‘alaba. RPL 5-turi tafsilotlari

    13.08.2019, 15:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    TENET: O‘zbekiston Mustaqilligi kuni sharafiga Stellar Residence apartamentlariga eksklyuziv shartlar 


    Kredit olish kerakmi: moliyaviy yordam yoki qarz tuzog‘i?


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    “Dunyodagi eng ingichka 3D egri ekranli smartfon” unvoniga ega Ginnes rekordchisi: O‘zbekistonda rasman taqdim etildi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    APEX — moliyaviy boshqaruv uchun qulayliklar bitta ilovada 


    Soy Bo‘yi: Orzular ro‘yobga chiqadigan sohil bo‘yidagi uy 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Beeline Uzbekistan Farg‘ona vodiysidagi yuzlab aholi punktlarini yuqori tezlikdagi aloqa bilan ta’minladi

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikistondagi xususiy maktablarda o‘qish narxi qancha?

    25 avgust, 18:35

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Isroil “Hizbulloh”ni qurolsizlantirishda Livanga yordam bermoqchi

    Dunyo | 26 avgust, 13:40

    “Dunyodagi eng ingichka 3D egri ekranli smartfon” unvoniga ega Ginnes rekordchisi: O‘zbekistonda rasman taqdim etildi

    Reklama | 26 avgust, 13:30

    Mo‘ynoqdagi quduqdan gaz otilib chiqishi bir oydan so‘ng “jilovlandi”

    O‘zbekiston | 26 avgust, 12:55

    Kaskadyorga ehtiyoj yo‘q: xavfli tryuklarni ham dublyorsiz bajaradigan Gollivud aktyorlari

    Kino | 26 avgust, 12:55

    Hindistonda er o‘z ayolini tiriklayin yoqib yubordi

    Dunyo | 26 avgust, 12:49

    Iordaniya podshohi Samarqandda tantanali kutib olindi (foto)

    O‘zbekiston | 26 avgust, 12:36

    “Barselona” futbolchisi La Liganing boshqa klubiga o‘tishi mumkin

    Sport | 26 avgust, 12:34

    Sankt-Peterburgda millatni aniqlovchi kameralar ishga tushdi

    Dunyo | 26 avgust, 12:28
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.