UEFA Superkubogi o‘yini uchun chiqarilgan chiptalar savdosining ikkinchi bosqichi ham omadsizlikka uchradi, deb xabar beradi “Olamsport.com”.
Chiptalar har ikki bosqichda onlayn rejimda sotuvga chiqarilgan edi. Bu bilan Gruziya UEFA Superkubogi uchun chiqarilgan chiptalarni onlayn rejimda sota olmagan ilk davlat sifatida tarixga kirdi.
Eslatib o‘tamiz, UEFA Superkubogi uchun bahs 11-avgust kuni Tbilisi shahrida bo‘lib o‘tadi. Endi Gruziya futbol federatsiyasi chiptalarni kassalar orqali sotishni yo‘lga qo‘yadi.
Superkubok uchun Ispaniyaning ikki klubi “Barselona” va “Sevilya” maydonga tushadi.
Izoh (0)