“Fenerbahche” Turkiya Superkubogi doirasida “Galatasaroy”ga qarshi o‘yinni buzish niyatida.
Fenerbahche o‘yin uchun U19 jamoasidan to‘qqiz nafar futbolchini maydonga tushirishini, shundan so‘ng futbolchilarning uch nafari maydonni tark etishini e‘lon qildi.
“Galatasaroy” bilan o'yinda 9 nafar futbolchi ishtirok etadi. Ulardan 3 nafari turli sabablarga ko‘ra maydonni tark etadi va o‘yin to‘xtatiladi, — dedi Fenerbahche boshqaruvi a’zosi Erol Biletsik.
Qolaversa, “Fenerbahche” ustozi Ismoil Kartal “Galatasaroy” bilan o‘yin oldidan matbuot anjumaniga kelish niyatida emas. “Galatasaroy” o‘yin uchun to‘liq tarkibni maydonga tushirish niyatida.
Eslatib o‘tamiz, “Trabzonspor” muxlislarining “Fenerbahche” futbolchilariga qilgan hujumidan so‘ng Istanbul klubi Turkiya chempionatini tark etish haqida o‘ylagan, ammo keyinchalik qarorni uch oyga kechiktirgan edi.
Turkiya Superkubogi uchun “Fenerbahche” – “Galatasaroy” uchrashuvi 7-aprelga belgilangan.
Izoh (0)