Superkubok uchrashuvining qayerda o‘tkazilishi masalasi fevral oyida bo‘lib o‘tgan Liga Ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishida ham muhokama qilingandi.
Qarshi va Toshkent o‘rtasida Superkubok uchrashuvini qabul qila oladigan yagona stadion “So‘g‘diyona” bo‘lib, mazkur arena bir yil muqaddam unga mezbonlik qilgandi. Ayni vaqtda Buxoro, Navoiy, Samarqand, Guliston shaharlarida bunday nufuzdagi uchrashuvni qabul qila oladigan stadion mavjud emas. Qarshi esa O‘zbekiston Kubogining 2023-yilgi final uchrashuvini o‘tkazdi.
Shu tariqa Liga Toshkentdagi “Bunyodkor” arenasini maqbul variant deb topdi. Lokatsiya masalasida Toshkent “Nasaf” uchun vodiydagi stadionlarga nisbatan qulayroq. Muxlislarning o‘yinga tashrifi masalasida ham “Bunyodkor” Superkubok ishtirokchilari uchun yaxshi variant.
Superkubokda qatorasiga to‘rtinchi bor “Paxtakor” va “Nasaf” to‘qnash keladi. Bungacha ular Samarqand, Yaypan va Jizzaxdagi Superkubokda uchrashgan bo‘lib, mos ravishda dastlabki ikki shaharda “Paxtakor”, Jizzaxda esa “Nasaf” sovringa ega chiqqan.
Toshkentdagi bellashuv 29-may kuni bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)