Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superkubogida “Nasaf” “Paxtakor”ni mag‘lub etdi.
Uchrashuvdan so‘ng “sherlar” ustozi Maksim Shatskix matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Hammaga o‘yin yoqdi deb o‘ylayman. Final o‘z nomi bilan final. Yigitlarning o‘yinidan qoniqdim, ular borini berishdi. Darvozamizga urilgan golni o‘zimizga olib keldik. Futbolchilarimning harakatlari ma’qul keldi.
O‘yin payti yutib keta olishimiz ham mumkin edi. Zaxirada o‘yinga tushirishga hech kim yo‘q edi. Zaxirada, shunchaki 18-19 yoshli bolalar o‘tiribdi. Ba’zi futbolchilar “Bunyodkor” stadionini birinchi marta ko‘rdi.
Penaltiga keladigan bo‘lsak, kim tepishini yigitlarning o‘zlari hal qildi.
“Paxtakor”dan ketishni xohlaydiganlarni ushlab turmaymiz. Eski “Paxtakor”ni unuting, joriy yildan boshlab, jamoa o‘zgaradi.
Mutasaddilar jamoadan rozi. Ular o‘yin uchun minnatdorchilik bildirdi.
Maksim Shatskix, “Paxtakor” bosh murabbiyi
Izoh (0)