• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Vadim Abramov: “Gana garchi milliy chempionatda o‘ynayotgan futbolchilarni olib kelgan bo‘lsa ham juda kuchli jamoa”

    O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov Gana terma jamoasiga qarshi kechadigan o‘rtoqlik o‘yini oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda “Championat.asia” xabar qilmoqda.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”
     Gana terma jamoasi asosiy tarkibi bilan kelmagani haqida

    Albatta, kuchliroq jamoa bilan o‘ynashni xohlaymiz. Karantin tufayli hozir barchaga juda qiyin. Yevropada JCh—2022 saralash bahslari start oldi va u yerdan raqib topib bo‘lmasdi. Gana — kuchli jamoa, uning qaysi jamoasi bo‘lsa ham kuchli deb o‘ylayman. Biz ham oldingi yig‘inlarda legionerlarsiz ishtirok etdik va terma jamoamizni B yoki V deb atamadik. Shu bois Gana milliy chempionatida o‘ynayotgan futbolchilardan iborat terma jamoaga qarshi o‘yin ancha qiyin bo‘ladi. Sababi ular top-klublarga o‘tishni xohlaydi. Tojikiston yoki Qirg‘iziston bilan o‘ynasak, nima uchun kuchliroq jamoa bilan o‘ynamaymiz deyishadi. Gana kelsa, undan ko‘ra Tojikiston bilan o‘ynaganimiz yaxshi edi deyishadi. O‘FAga Gana bilan o‘yinni tashkil qilib bergani uchun rahmat aytaman.

    Terma jamoa murabbiylar shtabidagi o‘zgarishlar borasida

    Bunga asosiy sabab: terma jamoa murabbiylari klubda ishlashi mumkin emas deyildi. Kapadze terma jamoa shtabini tark etdi. Jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha Antonio Sariogluni taklif qildik. Anvar G‘ofurov yaqinda futbolchilik faoliyatini tugatdi va uni terma jamoaga taklif qildim. Undan yaxshi murabbiy yetishib chiqadi deb o‘ylayman.

    JCh—2022 saralash bahslari Saudiya Arabistonida o‘tishi haqida

    O‘yinlar Saudiya Arabistonida o‘tishi haqida nima deyishim mumkin? Yozda u yerda ob havo qanday bo‘lishini men bilaman. Shunchaki tribunada o‘tirsangiz terlab ketasiz, maydonga tushib, 90 daqiqa o‘ynashni aytmay qo‘yaqolay. Yozda Saudiya Arabistoni milliy chempionat o‘yinlarini ham o‘tkazmaydi. Biroq OFK baribir Saudiya Arabistonini tanladi. Agar bittagina o‘yin bo‘lsa tushunardim, ammo qisqa vaqt ichida uchta o‘yin o‘tkazishimiz kerak. Janubiy Amerikadagi qaysidir davlat Boliviyadagi tog‘da futbol o‘ynaganda, barcha shovqin ko‘targandi. Ammo Osiyoda hech kim issiqda futbol o‘ynashga qarshi emas.

    O‘yin amaliyotisiz qolayotgan Odil Ahmedovning o‘rinbosari haqida

    Ha, bu ham muammolarimizdan biri. Chunki Odil Ahmedov anchadan buyon rasmiy o‘yinlarda ishtirok etmayapti. Eshitishimga qaraganda Ahmedov yangi klub bilan shartnoma tuzdi va umid qilamanki, yozgacha o‘yin amaliyotiga ega bo‘ladi. Agar yozgacha baribir u yetarli formada bo‘lmasa tarkibda Odilning o‘rnini bosa oladigan futbolchilar bor. Ikrom Aliboyev operatsiya stoliga yotdi va “Seul”dan ketdi. U Koreya birinchi ligasi klubiga ko‘chib o‘tmoqda. Yozgacha u ham ko‘proq o‘ynasa yaxshi bo‘lardi. Jamshid Iskandarov ham o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti. Aziz G‘aniyev afsuski, jarohat tufayli yarim yilga safdan chiqdi. Muammolarni ijobiy hal qilishga urinamiz.

    Husniddin Aliqulovning terma jamoaga chaqirilmagani haqida

    O‘tgan yig‘inda uni terma jamoaga chaqirgandik. “Shaxtyor Soligorsk” klubiga qarshi bahsda debyut qilgandi, tan olish kerak, debyut u qadar muvaffaqiyatli chiqmadi. Ayni paytda O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Turkiyada xalqaro musobaqada qatnashmoqda va Aliqulov o‘sha jamoada o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishini to‘g‘ri deb topdik. Uning harakatlariga baho beramiz. Milliy terma jamoaga yangi ikki markaziy himoyachini jalb qildik. Husniddinni chaqirib, zaxirada o‘tirishini noto‘g‘ri deb hisobladik.

    O‘zbekiston terma jamoasining FIFA kunlaridan boshqa paytlarda yig‘in o‘tkazishi haqida

    Menga bundan oldin qachon FIFA kunlari bo‘lmagan paytda yig‘ilganimizni ayta olasizmi? Faqat pandemiya vaqtida chempionat to‘xtatilgan paytda yig‘ilgandik. Agar reglamentni o‘qib ko‘rsangiz u yerda milliy chempionat milliy terma jamoa manfaati yo‘lida tashkil etiladi deb yozilgan. Barchasi terma jamoa muvaffaqiyatli to‘p tepishi uchun qilinmoqda. Agar FIFA kunlaridan tashqari yig‘inlar qilmasa, PFL bu bilan kuchayib qoladimi? Reglamentni ochib birinchi sahifani o‘qib ko‘ring.

    Abramov Superliganing markaziy o‘yinlari qolib, “Bunyodkor” ishtirokidagi uchrashuvlarga tushayotgani haqida

    Bilasizmi, Samarqandda Superkubok o‘yini bo‘ldi u yerda “Nasaf” — “Paxtakor” uchrashuvini tomosha qildim. Ikki kundan keyin yana shu jamoalar o‘ynadi, yana qanday yangilikni ko‘rishim mumkin? “Bunyodkor”da yo‘qman, agar bu terma jamoaga xalal berayotgan bo‘lsa uyimda ham yashamasligim mumkin.

    Jasur Jaloliddinovning mojaroli transferi haqida

    Futbolchilar maslahat so‘rasa, albatta, maslahat beraman. Ammo ular ko‘pincha quloq solmaydi. Mana Jaloliddinov: u “Lokomotiv M”ga ketganida kam pulga sotildi deb jar solishdi. Moskva klubida o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmasa “Bunyodkor”ga qaytib, maoshni “Lokomotiv”dan olishi va “Bunyodkor”da o‘ynashi kerak edi. Ammo o‘sha paytda turli mish-mishlar chiqa boshladi va futbolchi transfer oynasi yopilguniga qadar qayta olmadi. “Tambov”ga bordi va o‘ynay olmadi. Sababi Rossiyada jismoniy futbol namoyish etiladi. Undan keyin Ispaniyadan taklif bo‘lgandi, ammo Jasurning o‘zi “Andijon”ni tanladi. Men unga “Andijon”ga o‘tishini maslahat bergan deb o‘ylaysizmi? Yo‘q, unga Ispaniyaga borishini maslahat bergandim. Endi u Turkiyaga bormoqchi, menimcha, Turkiyaga borib birinchi ligasida o‘ynaydi. Bu chempionatda ham oson bo‘lmaydi. Bizda pul topish oson. Hozir hatto jurnalistlar ham agentlik bilan shug‘ullanmoqda.

    Yegor Krimets terma jamoa yig‘inlaridan oldin tarkibda tushib qolishi haqida

    Balki, Yegor intervyuda aytgan gapimdan xafadir, ammo u bilan gaplashib olganman. Yegor terma jamoada o‘ynashni istamayman demagan. Shunchaki jarohat olmoqda va biz jarohat olganlarni chaqira olmaymiz-ku.

    Haqiqatdan ham markaziy himoyada muammo bor. U doim bo‘lgan. Hozir Azim Ahmedovni chaqirdik. “Navbahor”dagi o‘yinda tomosha qildim. “Nasaf” va “Lokomotiv” bilan o‘yinlarda kuzatdim. Milliy terma jamoa darajasida uni sinab ko‘rishni xohladim. Agar Azim bundan foydalana olsa terma jamoa uchun ham foyda bo‘ladi.

    Vadim Abramov, O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi

    O‘zbekiston va Gana terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 26-mart, juma kuni Namangandagi “Markaziy” stadionida bo‘lib o‘tadi.

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    25.03.2021, 15:05   Izoh (0)   21349
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston futbol bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi U-20 Osiyo Kubogi—2022 musobaqasiga mezbonlik qiladi

    25.03.2021, 14:02

    Luka Modrich Xorvatiya terma jamoasida Dario Srnaning rekordini takrorladi

    25.03.2021, 13:01

    Premyer Liganing eng qimmat futbolchilari va eng qimmat tarkibga ega klublari reytingi e’lon qilindi

    25.03.2021, 12:03

    Manba: “Real” Krishtianu Ronalduni ortga qaytarmoqchi emas

    25.03.2021, 11:00

    Hamzat Chimayev UFC’ga qaytishini ma’lum qildi

    25.03.2021, 10:02

    JCh—2022 yo‘lida. Portugaliya, Belgiya va Rossiyada g‘alaba, Fransiyada durang, Xorvatiyada mag‘lubiyat, Chexiya esa 6 ta gol urib g‘alaba qozondi

    25.03.2021, 03:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Ukraina hududlarini berish — Rossiyaning tuzog‘i” — YI oliy vakili

    Dunyo | 23 avgust, 19:00

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40

    Turkiya birinchi xonimi Melaniya Trampga G‘azodagi vaziyat borasida maktub yo‘lladi

    Dunyo | 23 avgust, 18:25

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.